45
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, tog` oldi xududida
yengil formadagi virus
kasallik belgilari ko`proq ko`rinadi, pastki xududda esa ularning turidan qat‘iy
nazar, kasallik belgilari yaqqol namoyon bo`ladi. Serologik analizlarning
tasdiqlashicha, yetishtirish mintaqasidan qat‘iy nazar oʻsimliklar
yashirin xoldagi
viruslar bilan deyarli bir xil zararlangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, tog` oldi
sharoitlari kartoshka oʻsish va rivojlanishi uchun qulay imkoniyat boʻlganligi
sababli kasallik belgilari yashirin xolga oʻtadi.
Ma‘lumki, oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishining yashirin
(yaqqol belgilari paydo bo`lmasdan) holdagi shakli ham mavjud. Ba‘zi
mualliflar
bu xolat oʻsimliklarning infeksiya tushgan dastlabki bosqichi bilan bog`lashsa,
boshqalari kasallik belgilarining paydo bo`lmasligini navning chidamlilik
xususiyati bilan bog`lashadi. Lekin har ikki
xolda ham bunday shakldagi
kasallanish kartoshka uchun xavfli xisoblanadi. Ya‘ni, birinchidan,
latent xoldagi
zararlanishda xam xosildorlikning pasayishi kuzatilsa,
ikkinchidan viruslarning
keyingi tarqali uchun «o`choq» boʻlib xisoblanadi.
Tajribalarimizning ko`rsatishicha, yashirin shakldagi viruslar bilan
oʻsimliklarning zararlanish darajasi va keltiradigan
zarari tuproq iqlim sharoiti,
nav xususiyatlari va qo`llaniladigan agrotexnik tadbirlarga bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: