Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish (vizual usuli).
5
6 7 8 9 10 Muxokama uchun savollar: 1. Kartoshkaning qanday nav belgilarini bilasiz? 2. Tuganak shakli va gul tuzilishigakoʻra kartoshka navlari bir biridan qanday faq qiladi? 39 KARTOSHKA URUGʻCHILIGIDA O`TKAZILADIGAN TAXLILLAR. Darsning maqsadi:Talabalarga kartoshka urugʻlik paykallarida oʻtkaziladigan laboratoriya taxlillari bilan tanishtirish. Topshiriq: 1.Serologik analiz usullari bilan tanishish. 2. Immunoferment analiz usullari bilan tanishish. Sogʻlomlashtirilgan oʻsimliklarni qaytadan kasallanishdan saqlash birlamchi urugʻchilikning asosiy vazifalaridan biridir. Bu ko`proq viruslarni aniqlashda qo`llaniladigan usullarga bog`liq. Urugʻchilikda kasallangan oʻsimliklar va tuganaklar quyidagi usullar bilan aniqlanadi: Kuzatish (vizual usuli). Bu usul asosan oʻsimlik o`suv davrida (uch marta unib chiqish, gullash va xosilni yigish oldidan) oʻtkaziladi. Birinchi va ikkinchi kuzatishda asosan rangdorlik kasalliklariga, oxirgisida esa koʻproq barg buralish kasalligiga e‘tibor qilinadi. Bu kuzatishlar xavo bulutli kunlarda o`tkazilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki, bunday vaqtda kasallik belgilari yaqqol koʻrinadi. Shuni ham xisobga olish kerakki, ba‘zi navlarning morfologik belgilari (barglarning tuzilishi, rang va x.k) ba‘zi virus kasalliklariga o`xshab ketadi. Bundan tashqari, ayrim kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan oʻsimliklarda ham virus kasalliklariga oʻxshash belgilar paydo bo`lishi mumkin. Masalan, ba‘zi oʻstiruvchi moddalar yoki gerbitsidlar sepilganda barg buralishi, harorat va tuproq namligining keskin oʻzgarishi, tarkibida koʻp xlor boʻlgan oʻgʻitlarning ishlatilishidan yoki tuproqda azot va marganesning yetishmasligidan kelib chiqadigan oʻsimlikdagi xloroz belgilari, pastki barglarning nam yetishmasligidan yoki tuproqning kuchli zichlashib ketishidan paydo boʻladigan oʻsimlik barglarining buralishi, oʻsimlikning rizokitonioz va boshqa kasalliklar bilan kasallanganligi sababli buralishi kabilar. 40 Shuning uchun ham urugʻchilikda oʻsimliklarni kuzatish ishlarini joyning tuproq – iqlim sharoitini, nav va kasallik belgilarini bilgan mutaxassis oʻtkazishi lozim. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling