Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Igel – Lange anatomik usuli
Immunferment analizlar (I.F.A). Bu analizlar oʻsimlik yer ustki qisimlari
bilan birgalikda tuganaklardagi viruslarni ham aniqlash imkonini beradi. Analizlarni o`tkazish jarayoni quyidagicha: Mikroplitalarga u yoki bu virusga moslab olingan antitelalar qoʻyiladi, ustiga analiz qilinishi kerak boʻlgan oʻsimlik yoki tuganak sharbati quyiladi. Ma‘lum vaqtdan keyin mikroplatalar tingan (oqimsiz) suvda yuviladi. Bu bog`lanmagan kompanentlarni toʻkib tashlash uchun qilinadi. Keyin shu mikroplatalarga fermentlar bilan belgilangan antitellalar qoʻshiladi (koʻpincha immunopiroksidaza konyugati). Reaksiyaga kirishmagan ortiqcha konyugat yuvib tashlanadi. Reaksiyaga kirishgan konyugatning miqdori ferment rangining oʻzgarishi bilan aniqlanadi. Buni aniqlash uchun boshlang`ich kon‘yugat miqdoriga proporsional ravishda qoʻshilgan substrat yordam beradi. Mikroplankalardagi xosil boʻlgan ranglar bilan maxsus ranglar shkalasi solishtiriladi. Immunoferment analizlarning serologik analizlarga qaraganda bir qancha qulayliklari bor. Bunday analizlarning yuqori aniqligi, serologik usulda aniqlash mumkin boʻlmagan viruslarni, jumladan barg aralash kasalligini ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari, serologik analizlarda U va A viruslarini yuqori aniqlik bilan tortib bo`lmaydi, lekin IFA juda aniqlik bilan bu toʻgʻrisida xulosa qilish imkonini beradi. Immunoferment analizlarda tuganaklardagi va hatto sogʻlomlashtirib probirkada oʻstirilayotgan oʻsimliklardagi viruslarni ham aniqlash imkonini beradi. Analizlarda maxsus asboblar yordamida oxirgi natijalarni olish 42 koʻz bilan chamalab olinadigan (serologik analizlardagi kabi) xulosalardagi ba‘zi bir kamchiliklarga yo`l qoʻymaydi. Igel – Lange anatomik usuli tuganaklardagi «Barg buralish» virusini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu usul rezorsin ta‘sirida tuganak floemasidagi tursimon trubkalarning moviy rangga bo`yalishiga asoslangan. Buning uchun tekshirilayotgan tuganaklar analiz o`tkazishdan ikki xafta oldin 18–20 0 C haroratdagi xonaga qoʻyiladi, tuganakning stolon qismidan 2 sm kesib olinadi, stolon izidan 1 sm masofada eni 0,5–1 sm boʻlgan 2–3 ta kesiladi, kesmalar 10 min. davomida rezorsin eritmasiga solinib, distillangan suvda yuvilib, mikroskopda (50–70 baravar kattalashtirib) qaraladi. Rezorsin eritmasi analizlardan 2 xafta oldin tayyorlanadi. Buning uchun 1 gramm rezorsin 100 ml distillangan suvda eritilib, konsentrasiyasi 35% lik 1 ml ammiak suvi qoʻshiladi va yorug` joyda kislorod bor joyga qo`yiladi. Floemadagi kalleza qoldiq hosil bo`lish darajasi olti ballik shkala bilan baholanadi: 0 – floema xujayralari normal holatda, kundalang to`siqlarda kengayish yo`q. 1 – toʻrsimon plastinkalarda kuchsiz kolleza qoldiqlari bor 2– sogʻlom oʻsimlik xujayralariga nisbatan tursimon plastinkalarda kalleza qoldiqlari 2 – 4 marta kattalashgan. 3 – kalleza qoldiqlari 5 marta kattalashgan, kam kattalashgan holatda ham toʻsiqlar koʻrinadi. 4 – toʻsiqlar yaxshi koʻrinadi, tez – tez uchraydi (mikroskopda koʻrinib turgan joyda, 4 ta va undan ham koʻp) 5 – toʻsiqlar uzun, tursimon, trubkalarni deyarli tuldirib turadi, kamroq kattalashtirib qaralganda ham ular moviy yoki koʻk rangdagi uzun ipsimon boʻlib koʻrinadi. Igel – Lange usulining aniqligi 80 – 85% boʻlib, bu usul bilan dastlabki materialni turli xil funksional va virus kasalliklardan tozalash imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling