Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


–jadval  Ikki hosilli ekin asosida kartoshkani yangi navlarini yaratishning


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

12–jadval 
Ikki hosilli ekin asosida kartoshkani yangi navlarini yaratishning 
jadallashgan jarayoni. 
Yil 
Odatdagi usulda 
nazorat) 
Yil 
Jadallashgan jarayon 
Ekish 
muddati 
Birinchi 
yil 
Birinchi yil urugʻ 
koʻchati. 
Birinchi
Birinchi 
yil 
urugʻ 
koʻchati 
Bahorda 
Ikkinchi
yil 
Seleksion pitomnik 
(1- 
tuganak 
reproduksiyasi) 
Ikkinchi
Birinchi seleksion 
pitomnik
Birinchi tuganak 
reproduksiyasi 
Bahorda 
Uchinchi
yil 
Kontrol pitomnigi 
– ― –
Ikkinchi 
seleksiya 
pitomnigi 
Ikkinchi 
tuganak 
reproduksiyasi 
Yozda 
Turtinchi 
yil 
Dastlabki 
nav 
sinash
Uchinchi
Birinchi kontrol 
pitomnik 
Uchinchi tuganak 
reproduksiyasi 
Bahorda 
Beshinchi 
yil 
Konkurs nav sinash
– ― –
Ikkinchi kontrol 
pitomnik 
Turtinchi 
tuganak 
Yozda 


67 
reproduksiyasi 
Oltinchi 
yil
Konkurs nav sinash Turtinchi
– ― –
Dastlabki nav sinash 
Birinchi yil konkurs 
nav sinash 
Bahorda
Yozda 
Yettinchi 
yil 
Konkurs nav sinash 
va ishlab chiqarish 
nav sinashi
Beshinchi 
– ― –
Ikkinchi yil konkurs 
nav sinashi
ishlab chiqarish nav 
sinashi 
Bahorda 
Yozda

↓ 
Davlat nav sinashi 
Davlat nav sinashi 
Respublikamizda kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligini samarali tashkil 
etishning ilmiy, amaliy va tashkiliy zamini yaratilgan. Koʻp yillik oʻtkazilgan 
tajribalar natijasida SamQXI (sobiq) negizida kartoshkachilik sohasida katta ilmiy 
maktab yaratilgan. Unda chunonchi, kartoshkaning serhosil, tezpishar, kasallik va 
zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish, birlamchi va umumiy urugʻchilik 
tartibi, seleksiya va urugʻchilikni jadallashgan usuli, yozda yangi kovlab olingan 
tuganaklardan foydalanib, bir yilda ikki marta hosil olish texnologiyalari ishlab 
chiqilgan. Olimlar Rossiya, Belorussiya, Gollandiya, Germaniya, Isroil, 
Qozogʻiston va boshqa mamlakatlar ilmiy tadqiqot muassasalari bilan kartoshka 
seleksiyasi sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. 
Jumladan Samarqanddagi qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy ta‘lim 
muassasalarida 25 ta mamlakatdan keltirilgan va seleksiya usuli bilan yaratilgan 
1250 ga yaqin kartoshka namunalarining genofondi toʻplangan. Bular 520 nav 
namunasi, 3 diploid turi, 345 duragay populyasiyalari, 156 turlararo duragaylari, 
250 ta oʻzidan changlangan liniya va 20 ta klon avlodlaridir. Mazkur ekin 
genofondini boyitish yulida kolleksiyaga yangi xil nav, duragaylari, klonlari 
qoʻshilishi davom etmoqda. Yuqori hosilli, qulay sharoitlarga, xususan 
kasalliklarga chidamli, sifatli, hamda bir yilda ikki hosil beradigan kartoshka 
navlarini yaratish uchun ilmiy saloxiyat mavjud. Lekin faqat yangi navlarni 
yaratilishi bilangina kartoshkachilik muammolarini yechib boʻlmaydi. Yaratilgan 


68 
navlarni katta maydonlarga ekish uchun sharoitlarni hisobga olgan holda 
urugʻchilik tizimini to`g`ri yoʻlga qoʻyish lozim. Afsuski, hozircha 
Respublikamizda urugʻchilik asosi – birlamchi – elita va ommaviy urugʻchilik 
tizimi tashkil etilmagan. Urugʻlik kartoshka tanqisligini bartaraf etish maqsadida 
keyingi yillarda respublikamizga xorijiy 
mamlakatlardan yangi navlar 
keltirilmoqda. Hozirgi kunda Davlat reestriga kiritilgan navlar soni 116 ta, shundan 
faqat 10 tasidan ortig`i O‘zbekiston sharoitida yaratilgan, qolgan 100 dan ortig`i 
Rossiya, Germaniya, Gollandiyadan keltirilgan. Bizning fikrimizcha koʻp 
miqdordagi, ayniqsa bizning sharoitimizda yaratilmagan navlarni ekish zaruriyati 
yoʻq. Chunki turli xil navlarni ekish ekinning urugʻchilik sifatini nazorat qilishini 
qiyinlashtiradi, ular aralashib ketishiga olib keladi va urugʻlik rivojini 
murakkablashtiradi. 
Olimlarimiz tomonidan kartoshkaninng birlamchi urugʻchilik masalalari
serologik analizlariga asoslangan yakka va ommaviy tanlash, uchki meristema 
usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan foydalanish, botanik urugʻlardan 
urugʻbop va iste‘mol qilinadigan kartoshka yetishtirishning samarali 
texnologiyalari ishlab chiqilgan. 
Mamlakatimizning kartoshka ekish uchun qulay boʻlgan xududlarida elita 
yetishtiradigan va navdor urugʻliklarni koʻpaytiradigan xoʻjaliklarni tashkil etish 
lozim. Buning uchun urugʻchilikka Toshkent, Jizzax, Samarqand, Namangan va 
Qashadaryo viloyatlarining dengiz satxidan 800 m dan baland boʻlgan togʻ va togʻ 
oldi xududlarida tashkil etish zarur. Shuning bilan birga ushbu mintaqalarda 
joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarini kartoshka urugʻchiligiga 
ixtisoslashtirib, urugʻlik kartoshka yetishtirishni tashkil qilish maqsadga muvofiq 
boʻladi.
Kartoshkaning navdor I va II reproduksiyali urugʻlarini faqat urugʻlik 
maqsadida foydalanishni qat‘iy nazorat qilish va boshqa maqsad uchun 
ishlatilmaslik lozim.
Respublikamizda qishloq xoʻjalik ekinlari seleksiyasini va urugʻchiligini 
yanada rivojlantirish, yangi yuqori hosilli, yaxshi sifatli, noqulay sharoitlarga, 


69 
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mexanizasiya usullarini qoʻllashga mos, 
intensiv tipdagi navlarni yaratish va urugʻliklar bilan qishloq xoʻjaligini ta‘minlash 
maqsadida birlamchi va ommaviy urugʻchilikni tashkil qilishda koʻp tadbirlar 
qatorida asosiylaridan biri shu soha mutaxassislarini tayyorlashni son va sifatini 
oshirish lozim. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling