Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
F.A.Oblokulov Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Oʻsimlikshunoslik kafedrasi dotsenti, PhD TAQRIZCHILAR: M.K.Abduraximov - SamDU Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi professori, q.x.f.d. Sh.Jabborov - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stantsiyasi direktori, q.x.f.n. S.T.Sanayev - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Agrotexnologiya kafedrasi mudiri, q.x.f.d., dotsent ISBN 978-9943-6672-7-3 © SamarqandDavlatUniversiteti, 2021 3 MUNDARIJA Kirish.………….…………………………..…………….………… 4 1. Seleksiya urugʻchilik ekinzorlarda oʻtkaziladigan fenologik kuzatishlar… 8 2. Kartoshkada chatishtirish oʻtkazish tartibi……………………………... 12 3. Kartoshka seleksiyasida qoʻllaniladigan seleksiya usullari……….…… 21 4. Seleksiya jarayonining texnologiyasi va seleksion materialni baholash usullari…………………………………………………………………. 29 5. Kartoshka nav belgilarini oʻrganish……………………………………. 35 6. Kartoshka urugʻligida o`tkaziladigan taxlillar… 39 7. Urugʻlik maydonlarda aprobatsiya oʻtkazish tartibi……………………. 46 8. Kartoshkaning virussiz birlamchi urugʻchiligini tashkil etish………… 50 9. Davlat reestriga kritilagan kartoshka navlarni tavsifi………………….. 62 10. Oʻzbekistonda tarqalgan kartoshkaning asosiy virus va mikoplazma kasalliklari……………………………………………………………… 79 11. Kartoshka virus kasalliklarining tarqalishi va zarariga agrobiologik omillarning ta‘siri………………………………………………………. 81 12. Bahorgi kartoshkani yetishtirish texnologiyasi………………………… 91 13. Yozgi muddatda ekib kartoshka oʻstirish texnologiyasi……………….. 99 14. Ikkihosilli ekin sifatida kartoshkani oʻstirish texnologiyasi.................. 102 15. Virussiz asosdagi kartoshka urugʻchiligi uchun botanik urugʻlaridan yetishtirib dastlabki material yaratish.................................................... 107 16. Uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan elita ko`chatlar yetishtirish texnologiyasi........................................................ 125 Xulosalar 135 Glossari ………………………………………………………………… 137 Fan boʻyicha testlar…………………………………………………….. 141 Nazorat uchun savollar……………………………………………….. 159 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati….……….......…..………………… 162 Ilova 164 4 KIRISH Kartoshkani yuqori hosildor, sifatli mahsulot beradigan, noqulay sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlaridan (duragaylardan) foydalanish sohaning rivojlanishini ta‘minlovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. Respublika aholisini yil davomida kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun barcha toifada 150 ming gektar maydonlarga, shundan fermer xoʻjaliklarida 60 ming gektar maydonlarga kartoshka ekiladi. Oʻrtacha hosildorlik bir gektar maydondan 180-200 sentnerni tashkil etib jami 2,8-3,0 mln tonna atrofida kartoshka yetishtiriladi. Ushbu maydonlarni sifatli urugʻlik kartoshka bilan ta‘minlash uchun har yili 450 ming tonna urugʻlik talab etiladi. Kartoshka urugʻligini yangilash maqsadida respublikaga har yili valyuta evaziga katta miqdorda urugʻlik kartoshka import qilinadi. Jumladan, 2017 yilda 22,3 ming tonna 15,2 mln AQSh dollarlik, 2018 yilda 34,2 ming tonna 20,2 mln AQSh dollarlik urugʻlik kartoshka import qilingan boʻlsa, 2019 yilda 12,0 ming tonna urugʻlik Belarussiya, Germaniya, Eron, Irlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Gollandiya, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Fransiya kabi mamlakatlardan kartoshka urugʻligi import qilingan. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini tizimli ravishda kartoshka urugʻliklari bilan ta‘minlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Buning asosiy sabablari esa quyidagilar: - kartoshka oʻsimligi 37 xildagi virusli kasalliklar bilan zararlanishi hisobiga hosildorlik koʻrsatkichlari yildan yilga tushib ketishi; - urugʻlik kartoshkani koʻpaytirishning yagona hamda ishonchli usuli bu virussiz asosdagi in-vitro usulidan foydalanishdir, respublikamizda kartoshka urugʻchiligida ushbu usuldan deyarli foydalanilmaydi hamda ushbu sohada mutaxassislar yetarli emas; 5 - mamalakatda yaratilgan hamda respublika tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan navlarning urugʻchiligi deyarli mavjud emas, bu esa mamlakatda urugʻchilik sohasida xorij urugʻchilik sanoatining dominantligiga hamda urugʻlikning qimmatlashiga olib kelgan. Respublikamizda keyingi yillarda qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish va katta maydonlarga joriy etish uchun seleksiya va urugʻchilik ishlarini yaxshilashga alohida e‘tibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida‖ va ―Urugʻchilik toʻgʻrisida‖gi qonunlariga muvofiq, bu ishlarni yuqori darajada tashkil etish talab etiladi. Bu ishlar esa joylarda seleksiya va urugʻchilik ishlarini samarali tashkil eta oladigan mutaxassislar orqali amalga oshiriladi. Soʻngi yillarda mamlakatimizda kartoshka ekinini yetishtirish va uning seleksiyasi hamda urugʻchiligiga katta e‘tibor berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-mayda ―Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-4704-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligivazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yeregalari kengashi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klast yerlari va kooperatsiyalarini tashkil etish va uning quyidagi vazifalari belgilab berilgan: Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste‘mol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish; urugʻlik kartoshkaning superelita va elita avlodlarini yetishtirishni kengaytirish, urugʻliklar tayyorlash hamda zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etish; iste‘mol va urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ichki bozor talabini qondirish, shuningdek, uning eksportini kengaytirish; 6 kartoshka ekish uchun moʻljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida urugʻlik kartoshkaning superelitava (yoki) elita avlodlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish; urugʻlik kartoshkani saqlash, saralash, yetkazib berish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish; kartoshkachilik sohasiga ilgʻor texnologiyalar, innovatsion yechimlar (nou- xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2018 yil 29 mart ―Oʻzbekiston respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PF-5388-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabr ―Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PQ-3978-son, 2019 yil 14 mart ―Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-4239-son, 2019 yil11 dekabr ―Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PQ-4549-son Qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevral 102- sonli ―Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarorlari bunga yaqqol misol boʻla oladi. Qishloq xoʻjaligi oliygohlarida sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga doir oʻquv rejasida ―Kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligi‖ fanini oʻrganish rejalashtirilgan. Amaliy mashgʻulotlarida talabalar kartoshka ekinining biologik xususiyatlari, ularni yetishtirish texnologiyasining ba‘zi elementlari, seleksiya usullari, yaxshi navlarning urugʻlarini nav va ekish sifatlari, virussiza sosidagi urugʻchilik, urugʻchilikning jadallashgan usullari, urugʻlik maydonlarda aprobatsiya oʻtkazishtartibi bilan tanishadilar. Bu mashgʻulotlar boʻlgʻusi 7 mutaxasislariga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ularni amalda qoʻllashga yordam beradi. Mashgʻulotlarda talabalarga kartoshka ekinining belgilari, ularning oʻzgaruvchanligi va unga ta‘sir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisida, uning tuzilishi, chatishtirish texnikasi va tartibi, izolyasiya usullari, seleksion materialni baholash uslublari, seleksion jarayon haqida, Davlat nav sinashi va yangi navlarni Davlat reyestriga kiritish tartibi, urugʻ va nav nazorati, urugʻlarning nav va ekish sifatlari, urugʻlarni yetishtirish hamdaurugʻlikvanavmateriallariningxujjatlari toʻgʻrisida ma‘lumotlar beriladi. Mualliflar ushbu oʻquv qoʻllanmada talabalarning kartoshaka seleksiyasi va urugʻchiligi ishlarining mohiyatini chuqur tushinishga va mustahkam bilim olish uchun oʻquv jarayonida foydali qoʻllanma boʻladi deb umid bildiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling