Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Paraseksual duragaylash. Adabiyotlarda Solanaceae oilasiga mansub
kartoshkadan tashqari boshqa ekinlarda paraseksual duragaylash natijalari toʻgʻrisidagi koʻplab ma‘lumotlar mavjud. Protoplast toʻqimalarni somatik duragaylash ishlari steril barg toʻqimalari xujayralari devorlarini buzish bilan boshlanadi. Protoplastlar manfiy zaryadga ega boʻlgani sababli ularning oʻzaro qoʻshilishi qiyin boʻlib rN ning yuqori normasida zaryad kamayadi. Muhitga kalsiy va polietilenglikolning qoʻshilishi protoplastlarning qoʻshilishini tezlashtiradi. Bunda dinarionning hosil boʻlishi bilan yadrolar oʻzaro qoʻshilib sinkarion hosil boʻladi. Bu jarayonda koʻplab protoplastlar nobud boʻlib, faqat ulardan bor yoʻgʻi 3% ga yaqini qoʻshilishi kuzatiladi. 27 Duragaylashning ikkinchi fazasi, ya‘ni organogenez bosqichiga erishish qiyin hisoblanadi. Embrionlardan har xil shakllar – diploidlar, tetraploidlar, aneuploidlar hosil boʻlishi mumkin, faqat tetraploidlar haqiqiy qoʻshilishi mahsuli (geterofuzionlar)boʻlib, boshqalari esa gomokariotik qoʻshilish (gomofuzionlar) yoki xromasomalarning ikki karra oshishi bir onalik oʻsimliklar prototlastlarining oʻzaro qoʻshilishi tufayli sodir boʻlishi mumkin. Somaklonal hujayralarini duragaylashda ota-ona juftlari protoplastlari bir- biridan qimmatli belgi-xususiyatlariga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, ota-ona juftlarining qimmatli genlari yuqori kombinatsion qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Protoplastlarning qoʻshilishida yadro DNKsi (genom) plastidalarning (plastom) va mitoxondriyalar (xondriom) ning DNKsi qoʻshiladi. Bunda eng oddiy qoʻshilishda ota-ona xromasomalarining qoʻshilishi yuz bersa, ba‘zan genom xromasomalarining eliminasiyaga uchrashi yuz berishi mumkin. Bunday protoplastlarning assimetrik duragaylari oʻsimliklarning oʻzaro chatishmaslik holatlari yoki oʻzak shakllarni duragaylarini olib boʻlmagan hollarda (ularning oʻsimliklari chatishmaganda) yuz beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, somatik duragaylar hujayralarning faqat yadrosini emas, balki sitoplazmasining ham qoʻshilishidan hosil boʻladi. Plazmon esa xondriom bilan birga qoʻshiladi. Bunday duragaylarda koʻpincha erkak sterillik uchraydi va avlodlarda belgilar boʻyicha ajralish yuz berish hollari uchraydi. Kartoshka birinchi somatik duragaylari Melxers tomonidan olingan. Keyinchalik, Shepard (Shepard va boshqalar 1983), Binding (Binding va boshqalar 1982) tomonidan ham bunday duragaylar olingan. Butenko va Kuchkolar tomonidan (19800 kartoshkaning Priyekulskiy ranniy navi bilan S. Chacoense (2n=24) turlarining duragaylari selektiv muhitda olingan. Bu duragaylarda geterozis holati aniqlangan. Kartoshkani somatik duragaylarining olinish usullarining, jumladan protoplastlarini olish ularning oʻzaro duragaylash usullarini ishlab chiqilishi, bunday duragay oʻsimliklarda genetik oʻzgarishlarga uchrashi ekin seleksiyasida 28 biotexnologik usullar yordamida dastlabki material yaratishning samarali usuli boʻlib xizmat qilishi mumkinligini isbotlaydi. Bunday usullardan foydalanish kartoshka seleksiyasida kerakli yoʻnalishlar boʻyicha katta imkoniyatlar ochib beradi. Ulardan samarali foydalanish esa seleksiya usullari ishlab chiqilgani bilan bogʻliq. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling