Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Immunferment analizlar (I.F.A). Bu analizlar oʻsimlik yer ustki qisimlari 
bilan birgalikda tuganaklardagi viruslarni ham aniqlash imkonini beradi. 
Analizlarni o`tkazish jarayoni quyidagicha: 
Mikroplitalarga u yoki bu virusga moslab olingan antitelalar qoʻyiladi, 
ustiga analiz qilinishi kerak boʻlgan oʻsimlik yoki tuganak sharbati quyiladi. 
Ma‘lum vaqtdan keyin mikroplatalar tingan (oqimsiz) suvda yuviladi. Bu 
bog`lanmagan kompanentlarni toʻkib tashlash uchun qilinadi. Keyin shu 
mikroplatalarga fermentlar bilan belgilangan antitellalar qoʻshiladi (koʻpincha 
immunopiroksidaza konyugati). Reaksiyaga kirishmagan ortiqcha konyugat yuvib 
tashlanadi. Reaksiyaga kirishgan konyugatning miqdori ferment rangining 
oʻzgarishi bilan aniqlanadi. Buni aniqlash uchun boshlang`ich kon‘yugat 
miqdoriga proporsional ravishda qoʻshilgan substrat yordam beradi. 
Mikroplankalardagi xosil boʻlgan ranglar bilan maxsus ranglar shkalasi 
solishtiriladi. 
Immunoferment analizlarning serologik analizlarga qaraganda bir qancha 
qulayliklari bor. Bunday analizlarning yuqori aniqligi, serologik usulda aniqlash 
mumkin boʻlmagan viruslarni, jumladan barg aralash kasalligini ham aniqlash 
mumkin. Bundan tashqari, serologik analizlarda U va A viruslarini yuqori aniqlik 
bilan tortib bo`lmaydi, lekin IFA juda aniqlik bilan bu toʻgʻrisida xulosa qilish 
imkonini 
beradi. 
Immunoferment 
analizlarda 
tuganaklardagi 
va 
hatto 
sogʻlomlashtirib probirkada oʻstirilayotgan oʻsimliklardagi viruslarni ham aniqlash 
imkonini beradi. Analizlarda maxsus asboblar yordamida oxirgi natijalarni olish 


42 
koʻz bilan chamalab olinadigan (serologik analizlardagi kabi) xulosalardagi ba‘zi 
bir kamchiliklarga yo`l qoʻymaydi. 
Igel – Lange anatomik usuli tuganaklardagi «Barg buralish» virusini 
aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu usul rezorsin ta‘sirida tuganak floemasidagi 
tursimon trubkalarning moviy rangga bo`yalishiga asoslangan. Buning uchun 
tekshirilayotgan tuganaklar analiz o`tkazishdan ikki xafta oldin 18–20 
0

haroratdagi xonaga qoʻyiladi, tuganakning stolon qismidan 2 sm kesib olinadi
stolon izidan 1 sm masofada eni 0,5–1 sm boʻlgan 2–3 ta kesiladi, kesmalar 10 
min. davomida rezorsin eritmasiga solinib, distillangan suvda yuvilib, 
mikroskopda (50–70 baravar kattalashtirib) qaraladi. 
Rezorsin eritmasi analizlardan 2 xafta oldin tayyorlanadi. Buning uchun 1 
gramm rezorsin 100 ml distillangan suvda eritilib, konsentrasiyasi 35% lik 1 ml 
ammiak suvi qoʻshiladi va yorug` joyda kislorod bor joyga qo`yiladi. 
Floemadagi kalleza qoldiq hosil bo`lish darajasi olti ballik shkala bilan 
baholanadi: 
0 – floema xujayralari normal holatda, kundalang to`siqlarda kengayish 
yo`q. 
1 – toʻrsimon plastinkalarda kuchsiz kolleza qoldiqlari bor
2– sogʻlom oʻsimlik xujayralariga nisbatan tursimon plastinkalarda kalleza 
qoldiqlari 2 – 4 marta kattalashgan. 
3 – kalleza qoldiqlari 5 marta kattalashgan, kam kattalashgan holatda ham 
toʻsiqlar koʻrinadi. 
4 – toʻsiqlar yaxshi koʻrinadi, tez – tez uchraydi (mikroskopda koʻrinib 
turgan joyda, 4 ta va undan ham koʻp) 
5 – toʻsiqlar uzun, tursimon, trubkalarni deyarli tuldirib turadi, kamroq 
kattalashtirib qaralganda ham ular moviy yoki koʻk rangdagi uzun ipsimon boʻlib 
koʻrinadi. 
Igel – Lange usulining aniqligi 80 – 85% boʻlib, bu usul bilan dastlabki 
materialni turli xil funksional va virus kasalliklardan tozalash imkonini beradi. 


43 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling