Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indeks usuli.
Indikator usuli. Bu usul ba‘zi viruslarni aniqlash uchun «to`ldiruvchi» usul
boʻlib, asosan barg buralish virusini aniqlashda Igel – Lange usuliga qo`shimcha xisoblanadi. Metod juda sermehnat indikator oʻsimliklarni o`stirish uchun va virus tashuvchi hashoratlarni koʻpaytirish uchun qo`shimcha xona va jixozlar talab qiladi. Bu metod bilan uchki meristema uslida tozalangan va tanlab olingan oʻsimliklarni L va U viruslari bilan zararlanganligini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Barg buralishi kasalligi uchun eng yaxshi indikator oʻsimliklar boʻlib, bangidevona (Datura stramonium) va fizalis (Physalis floridana) hisoblanadi. Tekshiriladigan oʻsimlik bangidevonaga payvanddek qilib bog`lab qo`yiladi. Agar tekshirilayotgan oʻsimlik kasallangan bo`lsa, indikator oʻsimlik barglarida xloroz barg buralishi va o`sishdan orqada qolishi kuzatiladi. Fizalisga infeksiya shaftoli biti orqali oʻtadi. Shuning uchun tekshirilayotgan oʻsimlikka 20 dona shu bitdan oziqlanishi uchun 3 kun davomida quyiladi. Keyin ular fizialis oʻsimligigaoʻtkaziladi. (Bunda har bir oʻsimlikka kamida 5 dona bit toʻgʻri kelishi kerak), 3 kundan keyin bitlar afisidlar yordamida yo`qotiladi va oʻsimliklarni normal yorug`lik sharoitida o`stirish davom ettiriladi, har 7 – 14 – 21 kunda kuzatishlar olib boriladi. Agar tekshirilayotgan oʻsimlikda infeksiya bo`lsa, fizalisda xloroz, barg buralish kuzatilib, kasallangan oʻsimliklar o`sishdan orqada qoladi va nobud bo`ladi. Oʻsimlik bargidagi U va A viruslari A – 6 kartoshka duragayi va TE – 1, TE – 2 raqamli Solanum chacoense yovvoyi kartoshka formalari yordamida aniqlanadi. Analizlar indikatorlarning 5 – 7 kundan keyin qora yoki to`q qo`ng`ir rangdagi nekrozlar xosil qilishi bilan belgilanadigan ta‘sirchanligiga asoslangan. Analizlar quyidagicha olib boriladi: tekshirilayotgan oʻsimlikning sharbati olinib, indikator oʻsimlikning bargiga so`riladi. Buning uchun oldindan indikator oʻsimlik bargi karborundning M-5 markadagi kukunidan ozgina sepilgan bo`ladi. Bunday barglar namli kameralarga (Petri chashkalari, shisha bilan yopilgan kyuvetlar) solinib 2000 lyuks yorug`likka ega boʻlgan joyda 22 – 23 0 C haroratda saqlanadi. Gotika va tuganaklarning yoysimonligi kasalliklari indikator usul bilan Xitoy skopoliyasi (Scopia sinensis) o`simligi yordamida aniqlanadi. Infeksiya 44 borligi 7 – 14 kundan keyin indikator o`simligi barglarida koʻng`ir dog`lar paydo boʻlishi bilan belgilanadi. Oʻsimliklarning stolbur bilan kasallanganligini shu kasallikka ta‘sirchan boʻlgan pomidor navlariga (Talalixin navi) payvand qilib bilish mumkin. Agar tekshirilayotgan oʻsimlik kasallangan bo`lsa, pomidor oʻsimliklari qoʻpollashadi, xloroz kuzatilib, gullari xam yashil tusga kiradi. Indeks usuli. Bu usul urugʻlik materialning kasalliklarini qish vaqtida qo`shimcha ravishda tekshirib ko`rish uchun qo`llaniladi. Indeks – bu tuganak oʻrta qismidan 2 sm diametrda o`yib olingan ko`zchadir. Analiz uchun olingan indekslar issiqxonalarda va zonalarga ekiladi. Unib chiqqan oʻsimliklarda vizual baxolash, serologik va immunoferment analizlar oʻtkaziladi. Indekslar raqamlangan boʻlib, bu raqamlar orqali kasallangan tuganak va klonlar brak qilinadi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling