Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Serologik usul. Bu usulviruslarning issiqqonli xayvonlar qonidan ajralib
chiqadigan antitellalar bilan aralashtirilganda choʻkma hosil bo`lishiga asoslangan. Urugʻchilikda koʻpincha X,S,M va U viruslarni aniqlash uchun zardoblar (sыvorotkalar) ishlatiladi. Serologik analiz quyidagicha oʻtkaziladi: tekshirilayotgan oʻsimlikning uchki, o`rta va pastki qismidan barglar olinadi va eziladi, sharbati tindirilib, zardob bilan aralashtiriladi, 20 minutdan keyin mikroskop yoki lupada koʻrilib, choʻkma bor – yoʻqligi aniqlanadi. Qaysi virus sivorotkasi bilan aralashtirilgan sharbatda choʻkma xosil bulsa, oʻsimlik shu virus bilan kasallangan bo`ladi. Nazorat uchun oʻsimlik sharbati viruslarga antitelasi boʻlmagan sivorotkalar bilan aralashtiriladi. Ba‘zan bunda ham choʻkma xosil bo`lishi mumkin. Bunday reaksiyalar qari, yuqori harorat natijasida suligan oʻsimliklardan yoki ba‘zi ximikatlar (gerbisid, insektisid va fungisidlar) tekkan barglardan olingan sharbatlar bilan o`tkazilganda kuzatiladi. Olingan sharbat 24 0 S dan yuqori haroratda 30 minutdan koʻp saqlansa xam xuddi shunga oʻxshash reaksiyalarga olib kelishi mumkin. Serologik analizlarda toʻgʻri natijalar olish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: Analizlar oʻtkazishdan ikki xafta oldin oʻsimliklarga kimiyoviy moddalar bilan ishlash ta‘qiqlanishi; Analizlar kasallangan oʻsimliklarda viruslar konsentrasiyasi eng koʻp boʻlgan faza-shonalash va gullash boshlanish davrida oʻtkazilishi; Sharbati olinayotgan barg qismlarini oʻsimlikning har bir poyasidan har xil yaruslardan olinishi; Yangi uzib olingan barglarning sharbati tezda chiqib olinishi (agar buning iloji bo`lmasa, barglar muzxonada 3-5 0 C haroratda saqlanishi kerak); Siqib olingan sharbat albatta tinitilishi (sentrifugalar yordamida) yoki 4-24 soat maboynida muzxonada 2-4 0 C haroratda; 41 Analizlar havo harorati 18-22 0 C da o`tkazilishi va aralashtirilgan (sharbat bilan sevorotkalar aralashmalar) tomchilar 20 minut ushlanishi; Analizlar uchun barglar maxsus kassetalar yoki 5x5 sm xajmdagi yacheykalari boʻlgan polietilen paketlarga olinishi (muzlatgichlar uchun yasalgan plastmassa yacheykalari ham bunga yaroqli). Bu analizlarning qisqa vaqtda o`tkazilishi va mehnat harajatlarining ko`pligi uchun birlamchi urugʻchilikka moslashgan xoʻjaliklarda serologik analizlarni tez o`tkazishga moslashgan «Potok liniyalari» bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling