Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Viruslardan sogʻlomlashtirilgan dastlabki material yaratish va elita


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Viruslardan sogʻlomlashtirilgan dastlabki material yaratish va elita 
yetishtirish usullari.Kartoshka virussiz urugʻchiligini tashkil etishning asosiy 
vazifalaridan biri – yuqori hosildor maxalliy sharoitlarga mos, zamburugʻ, 
bakteriya va virus kasalliklariga chidamli navlarni tanlash va rayonlashtirilgan 
navlarni sogʻlomlashtirish asosida sifatli urugʻlik material yetishtirishdan iborat. 
Olimlarimiz tomonidan O`zbekiston tuproq iqlim sharoitini xisobga olgan holda 
ishlab chiqilgan va respublika qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan quyidagi usullar va sxemalarda kartoshka birlamchi urugʻchiligi 
tashkil etilishi mumkin ( 1- rasm). 
1 –rasm. Dastlabki material yaratish usuliga ko`ra kartoshka urugʻchiligi 
tartibi. 
Kartoshka 
urugʻchiligi 
Generativ 
urugʻlardanyetishtiri

Virussiz asosida 
Tanlash usullari 


53 
Sogʻlomlashtirishning eng oddiy usuli boʻlib, sogʻlom oʻsimliklarni vizual 
kuzatish va serologik analizlarga asoslanib tanlash hisoblanadi. Tanlash asosida 
kartoshkaning elita urularini yetishtirish uchun sogʻlom oʻsimliklar urugʻlik 
paykallardan vizual usulda hamda bu usul bilan serologik va immunoferment 
analizlar yordamida tanlab olishga asoslangan. Bu usulda elita yetishtirish sxemasi 
2 – rasmda keltirilgan.
1 – yil 
2 – yil 
3 – yil 
2- rasm Tanlash asosida kartoshkaning elita urugʻlarining yetishtirish 
sxemasi 
sog`lom o’simliklarni 
tanlash(urug’lik 
maydonlardan) 
1,4t 
Birinchi yil klonlarni 
sinash0,4 ga 
3,5 t 
Bahorda 
Yozda 
Ikkinchi yilgi klonlarni 
sinash 1,0 ga 
10t 
Super elita
3,0 ga 
31,5 t 
Bahorda 
Yozda 
Elita
9,0 ga 
100 t 
Bahorda 


54 
Tanlashning samaradorligini oshirish maqsadida tanlab olingan oʻsimliklarni 
qayta tekshirib ko`rish kerak. Tanlovlar iloji boricha oʻsimliklar kasallanmagan 
uchastkalarda (birinchi va ikkinchi yil klonlarini sinash, superelita pitomniklarida) 
o`tkazilgan ma‘qul. 
Tanlash o`tkazish tartibi quyidagicha: vizual kuzatish va serologik analizlar 
o`tkazilgan oʻsimliklar yorliq bilan belgilab quyiladi va virus tashuvchi hashoratlar 
– oʻsimlik bitlarining ommaviy ochish vaqtidan 7 – 10 kun oldin hosili yig`ib 
olinadi. Bu davr kartoshka tezpishar navlarining ommaviy gullaganidan 25 – 30 
kun o`tgach toʻgʻri keladi. Hosilni yig`ishtirishda tuganaklarning navga xosligi 
bo`yicha baholanadi. Tanlab olingan har bir oʻsimlik tuganaklari alohida – alohida 
qilib maxsus xaltachalarga solinadi va kasallik infeksiyalari tushmaydigan 
xonalarda saqlanadi. 
Tajribalarning ko`rsatishicha, birinchi yil kasallanmagan oʻsimliklarda 
oʻtkaziladigan serologik analizlar aniq sogʻlom oʻsimliklarni tanlab olish imkonini 
bermaydi. Ya‘ni tanlab olingan oʻsimliklar orasida serologik analizlar aniqlash 
mumkin boʻlgan darajadagi viruslar konsentrasiyasidan kam boʻlgan kasallangan 
oʻsimliklar oʻtib ketishi mumkin. Bundan tashqari, tanlash aniqligiga 
mutaxassislarning tayyorgarligi, texnik va metodik kamchiliklar ham ta‘sir qilishi 
mumkin. Shuning uchun ham tanlangan material qish vaqtida indeksatsiya usulida 
vizual kuzatish va serologik analizlar orqali virus va mikoplazma kasalliklari bilan 
zararlanganligi aniqlanadi. 
Agar nav virus, mikoplazmalar bilan kuchli zararlangan bo`lsa, vizual 
kuzatish va serologik analizlarga asoslangan tanlovlar yaxshi samara bermaydi. 
O`zbekistonda kartoshka urugʻchiligini asosiy muammolaridan biri ekinning 
virus kasaliklariga qarshi chora- tadbirlarni ishlab chiqishdir. Chunki, virus 
kasaliklar hosildorlikni o`rtacha 30% va undan ziyod kamaytiradi. Bundan tashqari 
kartoshkaning vegetavtiv (tuganaklar bilan) ko`paytirilishi virus kasaliklaning 
avlodma - avalod berilishiga imkoniyat yaratib, ularning zarari yildan-yilga oshib 
boradi. 


55 
Urugʻlik 
kartoshka 
sifatini 
yaxshilash 
xozirgi 
paytda 
jaxon 
kartoshkachiligida uchki meristema usuli asosida sogʻlomlashtirish yo`li bilan 
amalga oshirilmoqda. Tajribalardan aniqlandiki, shunday usul bilan olingan 
sogʻlom oʻsimliklardan yetishtirilgan elita, odatda klonlar tanlash yo`li bilan 
olingan elita nisbatan 25-30% yuqori hosil beradi. Lekin, sogʻlom tuganlarni 
olishning o`zi ishning muvaffaqiyatini belgilamaydi. Chunki, sogʻlomlashtirilgan 
oʻsimliklar yana qaytadan virus, mikoplazma va zamburugʻlar bilan kasallanishi 
mumkin. Shuning uchun ham sogʻlom urugʻ olish uni ko`paytirish birlamchi 
urugʻchiligini negizini tashkil etib xosildorlikni oshirishning katta manbaidir. Bu 
maqsadga esa birlamchi urugʻchilik uslubiga qatiy amal qilib ilmiy asoslangan 
agrotexnik tadbirlarga rioya qilgan holda erishish mumkin.

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling