50
KARTOSHKANING VIRUSSIZ ASOSIDAGI BIRLAMCHI
URUGʻCHILIGINI TASHKIL ETISH
Darsning maqsadi: Talabalarni kartoshka urugʻchiligini jadallashtirish
usullari bilan tanishtirish.
Topshiriq:
1. Viruslardan sogʻlomlashtirilgan dastlabki material yaratishni oʻrganish.
2. Elita yetishtirish usullari bilan tanishish.
Kartoshkaning virussiz urugʻchiligi oʻsimliklarning oʻsuv
davrida va
tuganaklarni saqlash vaqtida urugʻlik sifatini yaxshilovchi va sogʻlom materialni
qayta kasallanishidan saqlashga
qaratilgan agrotexnik, tashkiliy va fitosanitar
tadbirlarning yig`indisidir.
Klonlar tanlash pitomnigi. Doka izolyatorlarida va infeksiya manbalaridan
uzoqroq yerlarda ko`paytirilgan dastlabki sogʻlom
tuganaklar klonlar tanlash
pitomnigiga ikki qatorli sxemada (140-70x30) ekiladi. Bu sxemada ekish
oʻsimliklarni yetarli yorug`lik bilan ta‘minlashdan tashqari o`suv
davridagi
analizlar, fitotozalashlar o`tkazish uchun qulay sharoit yaratadi.
Oʻsimliklarning o`suv davrida uch marta (unib chiqish, gullash va xosilni
yig`ish oldidan) kuzatishlar o`tkazilib, kasallangan oʻsimliklar yulib,
chiqarib
tashlanadi. Shonalash davrida 100% oʻsimliklar yashirin xolatdagi viruslarni
aniqlash uchun serologik analizlar o`tkaziladi. Natijalarga
qarab kasallangan
oʻsimliklar olib tashlanadi. Xosil yig`ishtirish vaqtida oʻsimliklar maxsuldorligiga,
tuganaklarning bir xilligiga va navning xosiliga qarab baholanadi.
Klonlarni birinchi yil sinash pitomnigi. Bu pitomnikda uch marta
fitotozalash, 100% oʻsimliklarda serologik analizlar o`tkaziladi.
Vizual va
serologik analizlar natijasida kasallangan oʻsimliklar yulib tashlanadi. Klon ichida
bitta kasallangan oʻsimlik topilsa xam klondagi xamma oʻsimliklar olib
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: