Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Uchki meristema usulida sogʻlom tuganaklar olish va ulardan elita


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Uchki meristema usulida sogʻlom tuganaklar olish va ulardan elita 
yetishtirish tartibi. Keyingi vaqtlarda oʻsimliklarni termoterapiya va uchki 
(apikal) meristema to`qima usulida sogʻlomlashtirish yaxshi natijalarni bermoqda. 
Bu usullar quyidagicha o`tkaziladi. 
Kartoshka tuganaklarini issiq haroratda ushlash ularni barg buralish 
kasalligidan holi qilishga yordam beradi. Buning uchun tuganaklar termostatda 35 
– 37
0
C haroratda va 90% namlik sharoitida 30 sutka va undan ham ko`proq vaqt 
ushlanadi. Bu vaqt davomida tuganaklar 3 – 4 sm uzunlikdagi o`simtalar hosil 
qiladi. Bu o`simtalar sindirib olinib, 1 % li diasid eritmasida sterillanadi va 
meristema toqimasi ajratib olinib, koʻpaytiriladi.
Meristemani ajratib olish maxsus bokslarda, steril asboblar bilan binokulyar 
mikroskop ostida olib boriladi. Olingan meristema to`qimalari (150 – 200 mikron 
kattalikdagi) Murasige – Skuga oziq moddalari muhiti solingan probirkalarga 
qoʻyiladi va 25 – 27 
0
C havo harorati, 70 – 80 % namlikda sutkasiga 16 soat 
davomida 12 – 15 ming lyuks yorug`lik ta‘minlanib oʻstiriladi. Meristema 
to`qimalari 3 – 5 mm kattalikka yetganida ular yangi ozuqa muhitiga ko`chirib 
o`tkaziladi. Bu probirkadagi oʻsimliklar 7 – 8 sm.ga yetganidan keyin, ular bog`im 
oraliqlari bo`yicha bo`laklarga bo`linib, yangi ozuqa muhitiga o`tkaziladi. Shu 
tartibda kerakli miqdordagi sogʻlom oʻsimliklar olinadi.


56 
3 rasm. Kartoshkani uchki meristemasidan ajratib mini tuganaklar 
yetishtirish sxemasi 
Olingan meristema oʻsimliklari liniyalarida viruslarning bor yoki yo`qligini 
tekshirib ko`rish uchun turli usullardan (elektron – mikroskop, indikator, 
immunoferment va serologik) foydalaniladi. Sogʻlom oʻsimliklar keyingi 
ko`paytirishlar uchun qoldiriladi. Bu oʻsimliklardan sogʻlom tuganaklar olish 
uchun ular torf, kam va yog`och qirindilari 1:1:1 nisbatdagi aralashmasiga ekiladi. 
Olingan ko`chatlar issiqxona yoki dokalar bilan o`ralgan uychalarda ekilib, 
tuganaklar olinadi. Bunday tuganaklar ko`paytirilib, birlamchi urugʻchilik 
pitomniklariga beriladi. Bunday usulda sogʻlomlashtirilgan oʻsimliklar bargining 
ko`rinishi ( 4 – rasmda) keltirilgan.
Meristema to`qimalarini ajratib olish, o`stirish va ko`paytirish ishlari 
harorat, namlik va yorug`lik sun‘iy boshqarib turadigan uskunalar o`rnatilgan 
joylarda o`tkaziladi. Shuning uchun ham sogʻlomlashtirish ishlari maxsus 
biotexnologik laboratoriya bo`lishi hamda yuqori malakali mutaxassislar mexnatini 
talab qiladi. 


57 
Sogʻlomlashtirish ishlari birlamchi urugʻchilik bilan shug`ullanadigan ilmiy 
– tadqiqot muassasalarida olib boriladi. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling