Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
2010085 UMID 2. Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan navi. Mualliflar: Rasulov A.I, Karimov P.M, Ibragimov N, Askaraliyev X. 2013 yilda Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Ertapishar. Palagi tik, baquvvat oʻsuvchan, koʻp poyali, oʻrtacha barglangan, guli oq, barglanishi oʻrtacha. Tuganagi shakli ovalsimon, juda chiroyli, yirik. Poʻstining rangi sariq, etining rangi sargʻish, silliq. Tuganak vazni 110 gr. Tami 4.4 ball. Oʻsuv davri 81 kun. Hosildorligi 2011-2012 yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha gektaridan 28.5 t.ni tashkil etgan. Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 21.8 %, vitamin S 24.9%, kraxmal 13.8%, oqsil 1.13%, nitratlar 80 mg/kg. Yangiligida iste‘mol qilishga moʻljallangan, mazasi juda shirin, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli. Saqlashga yaroqli. Fermer xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi. 2013122 BARAKA. Oʻzbekiston Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. Mualliflar: Rasulov A. I, Xoliqov D. A., Rasulov M. A., Tursunov D. T. 75 2016 yilda Toshkent viloyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Ertapishar. Palagi oʻrtacha kattalikda, barglanishi oʻrtacha. Tuganak shakli ovolsimon-dumaloq, juda chiroyli, yirik, silliq. Poʻstining rangi sariq, etining rangi sargʻish. Ertagi muddatda ekilgandagi koʻrsatgichlari: Tuganak vazni 135 gr. Tami 4.5 ball. Oʻsuv davri 108 kun. Hosildorligi 2013-2015 yillarda Chinoz nav sinash stansiyasida oʻrtacha gektaridan 24.4 t.ni tashkil etgan. Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 22.8 %, vitamin S 23.4%, kraxmal 15.5 %, oqsil 1.45%, nitratlar 78 mg/kg. Qayta ishlashga va yangiligida iste‘mol qilishga mo`ljallangan. Makrosporioz va fuzarioz kasalliklariga chidamli va saqlashga yaroqli. Fermer xoʻjaliklari hamda aholi tomorqasiga ekishga tavsiya etiladi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling