Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Ekinni parvarish qilish. Ertagi kartoshka odatda 20-25 kundan keyin 
koʻkarib chiqadi. Bu vaqt ichida ekinni begona oʻt bosib ketadi, bahorgi 
yogʻingarchiliklar tufayli tuproq zichlashib qatqaloqlashadi. Natijada endi una 
boshlagan urugʻlik tuganak yotgan tuproqning havo va issiqlik rejimi 
yomonlashadi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun ertagi kartoshkaning birinchi va 
asosiy parvarishi unib chiqqungacha yerni 1-2 marta boronalash hisoblanadi. 
Kartoshka toʻrsimon boronalar yoki zig-zag borona yordamida koʻndalangiga 
ishlanadi. Bu bilan tuproqning havo va suv rejimi yaxshilanadi, maysalarning 
qiygʻos unib chiqishi uchun qulay sharoit ta‘minlanadi, qatqaloq va begona 
oʻsimliklar ancha yoʻqotiladi. 
Maysalar unib chiqquncha qator oralari toʻrsimon borona osilgan kultivator 
bilan 1-2 marta ishlov berilsa ham hosil 12- 15 % gacha oshadi. Bunda bir vaqting 
oʻzida ekin qator oralari va egatlar yumshatilib, yoppasiga ishlanadi. Toʻrsimon 
borona juda yengil, uning tishlari bir-biriga sharnir usulida biriktirilgan boʻladi. 
Shu boisdan boronalayotganda egatni sira buzmaydi, urugʻlik va una boshlagan 
maysalarni shikastlamaydi, u egat marzasini 5-7 sm. chuqurlikda yumshatadi. 
Ertagi kartoshka ekilgan yer 10-12 kundan keyin boronalanadi va kultivasiya 
qilinadi, keyinchalik bu ish yana 10-12 kundan keyin takrorlanishi mumkin. 
Maysalar toʻliq koʻkarib chiqqandan keyin boronalash toʻxtatilib, qator oralari 
birinchi marta 12-14 sm. chuqurlikda, keyingi martalarida esa 14-16 sm 
chuqurlikda kultivasiya qilinadi. 
Kartoshka hosil toʻplashga toʻla kirguncha, har galgi sugʻorishdan yoki 
yogʻingarchilikdan soʻng, kultivasiya qilib turiladi. 
Ertagi kartoshka yetishtirishda gerbisidlar foydalanilmagan maydonlarda 
ekinni begona oʻtlardan toza holda saqlash uchun chopiq qilish ham zarur tadbir 
hisoblanadi. Kartoshkani chopiq qilishning yana ahamiyati shundaki, tuproq 
yumshab, koʻproq hosil tugish uchun qulay sharoit tugʻilibgina qolmay, balki 


96 
tuganaklarni yozgi issiqning zararli ta‘siridan ham saqlaydi. Ekin oʻsuv davrida 
holatiga va navning tezpisharligiga qarab bir-ikki marta chopiq qilinadi. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling