Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Oziqlantirish. Ertagi kartoshka oʻsuv davrida azotli va fosforli oʻgʻitlar bilan
oziqlantirish hosil tovarligini oshirib, sifatini ancha yaxshilaydi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, ertagi kartoshka azotli oʻgʻitlar bilan koʻp normada oziqlantirilsa, hosildorlik oshadi-yu, ayni vaqtda palaklar gʻovlab, oʻsimlikning yer ustki qismi kuchli oʻsib, oʻsuv davri uzayadi, tuganaklar pishishi kechiqadi. Bundan tashqari kraxmal miqdori tuganakda kamayib, uning saqlanuvchanligi yomonlashadi. Fosforli oʻgʻitlar esa, aksincha, ildizlarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi, tuganaklarning tez yetilishiga hamda kraxmal toʻplanishiga ancha yordam beradi. Ertagi kartoshka oʻsuv davrida ikki marta oziqlantiriladi. Birinchi marta (koʻkarib chiqqanda) birinchi kultivasiya bilan kultivator- oziqlantirgichlar vositasida 130-150 kilogramm ammoniy selitrasi yoki mochevina, hamda 120-130 kilogramm ammofos (agar ekishda berilmagan boʻlsa) bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish toʻla gʻunchalashda 230-250 kilogramm ammoniy selitrasi yoki mochevina solish bilan oʻtkaziladi. Oziqlantirishda azotli oʻgʻitlarning ammoniy sulfat formasini qoʻllash mochevina yoki ammoniy selitrasiga nisbatan ancha samarali boʻlib, ertagi kartoshka hosil miqdori va sifatiga sezilarli ta‘sir etadi. Kartoshka qator oralarini ishlashda Gollandiyaning «Amak» frezali kultivatoridan foydalanish, palak boʻgʻizini trapesiya shaklida yumshoq tuproq bilan toʻldiradi, koʻp va yirik tuganaklar shakllanishiga ijobiy ta‘sir koʻrsatadi. Sugʻorish. Ertagi kartoshka ekilgandan unib chiqishgacha yogʻingarchiliklar tufayli namlik yetarli boʻlgani uchun qoʻshimcha sugʻorishni, talab etmaydi. Unib chiqqandan gullashgacha 1-2 marta sugʻoriladi. Gullashdan pishishgacha esa 4-6 marta sugʻoriladi va tuproq namligi 75-85% da saqlanadi. Sugʻorish orasidagi davr dastlabki sugʻorish vaqtlarida, kun salqin boʻlgani uchun har 8-10 kunda, keyinchalik esa har 6-7 kunda namiqtirib sugʻorib turiladi. 97 Ertagi kartoshkani xoʻjaliklarda qoʻllanilib kelinayotgan 5 marta 0-1-4 sugʻorish sxemasiga nisbatan 8 marta 1-2-5 sxemada sugʻorish hosildorlikni 24-27 foizgacha oshiradi Umuman, ertagi kartoshkani oʻsuv davrida sugʻorish rejimi (soni, me‘yori va sugʻorish sxemalari) iqlim va ob-havo sharoitiga, yer osti sizot suvlarining chuqurligiga, tuproq unumdorligiga, ekish muddati va boshqa omillarga bogʻliq. Kartoshka paykallaridagi oʻsimliklarni suv bilan bir xil tekis ta‘minlash koʻp jihatdan sugʻorish texnologiyasiga, ya‘ni egatlarining uzunligi va chuqurligiga hamda ulardagi suv oqimining tezligiga bogʻliq. Tajribalarimizning koʻrsatishicha, dalaning nishabligiga qarab, sugʻorish egatlarining uzunligi 90-120 m qilib oʻq ariqlar olinishi lozim. Egatlar chuqurligi esa 18-20 sm, ulardagi suv oqimi esa 0,10-0,15 litr sekunddan oshmasligi lozim. Shu tartibda sugʻorish gektaridan 220 sentnerdan oshirib sifatli ertagi tovar hosil olishni ta‘minlaydi. Oxirgi sugʻorish hosilni yigʻishtirishga 5-7 kun qolganda toʻxtatiladi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling