Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Muhokama uchun savollar 
1. Kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida yetishtirish uchun navlarga qanday 
talablar qoʻyiladi. 
2. Ikkihosilli ekin sifatida kartoshka yetishtirishning qanday afzalliklari 
mavjud. 
3. Oʻstiruvchi stimulyator sifatida qanday moddalardan foydalaniladi. 


107 
VIRUSSIZ ASOSDAGI KARTOSHKA URUG’CHILIGI UCHUN 
BOTANIK URUG’LARIDAN YETISHTIRIB DASTLABKI MATERIAL 
YARATISH 
 
Darsning maqsadi: Talabalarga kartoshkani generativ urugʻlari orqali 
yetishtirib, virussiz asosidagi urugʻchiligini tashkil qilish va dastlabki material 
tanlash yoʻllari bilan tanishtirish. 
Topshiriq: 
1. Kartoshkani generativ urugʻlari bilan tanishish va uning morfologik 
belgilarini oʻrganish. 
2. Generativ urugʻlari orqali kartoshka yetishtirish texnologiyasi bilan 
tanishish. 
Kartoshkachilikda botanik urugʻlaridan koʻpaytirishga doimo katta qiziqish 
bilan qaraladi. Chunki bu usulda yetishtirish tuganaklari bilan yetishtirishga 
nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega. 
Urugʻlari bilan yetishtirish har bir gektar maydon uchun sarf qilinadigan 3,0-
3,5 t urugʻlik kartoshkani tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, tuganaklarni 
saqlash va tashish uchun qilinadigan harajatlar kamayadi. 
Kartoshka yetishtirish uchun qilinadigan harajatlarning 60-65 % i urugʻlik 
material uchun qilinishini hisobga olinsa kartoshka yetishtirishni kengayishining 
asosiy muammolaridan biri urugʻlik material ekanligini tushunish qiyin emas. 
Ma‘lumotlarga koʻra botanik urugʻlaridan oʻstirilganda gektariga sarf 
qilinadigan 100-120 gramm urugʻ kartoshka yetishtirish uchun qilinadigan jami 
harajatlarning oʻrtacha 5 foizini tashkil etadi. 
Keltirilgan ma‘lumotlar botanik urugʻlari bilan yetishtirilganda virus, viroid, 
mikoplazma va bakterial kasalliklardan holi kartoshka tuganaklarini yetishtirish 
mumkinligini tasdiqlaydi. Shuning uchun O‘zbekistonda kartoshkaning virussiz 
asosdagi urugʻchiligi uchun bu usuldan foydalanib dastlabki material yetishtirish 
mumkin (I.T.Ergashev).


108 
Ba‘zi mualliflar kartoshkani botanik urugʻlari orqali koʻpaytirish usulini 
karantinda kartoshka namunalarini sogʻlomlashtirish uchun foydalanishni tavsiya 
etishadi. Chunki bunday usulda sogʻlom oʻsimliklarni tanlash imkoniyati yuqori 
boʻladi. 
O‘zbekiston sharoitida botanik urugʻidan yetishtirishni kartoshkaning 
virussiz urugʻchiligi uchun sogʻlom dastlabki material yaratish usuli sifatida 
oʻrgandik. 
Kartoshkani botanik urugʻdan yetishtirishning muvaffaqiyati kerakli nav 
yoki duragaylarning toʻgʻri tanlashdan tashqari, bu usulning agrotexnikasining har 
bir tuproq-iqlim sharoiti uchun ishlab chiqilganlik darajasi bilan ham bogʻliq. 
Bundan tashqari, koʻchatlarning, yashovchanligi, oʻsimliklarning oʻsishi va 
rivojlanishning ham ahamiyati katta hisoblanadi.  
Bunda urugʻlar ekish oldidan kalibrovka qilindi. Urugʻlar ekish oldidan 48 
soat davomida ivitildi. Koʻchatlar dalada 70x20 sm sxemada oʻtqazildi. 
Urugʻ koʻchat usulida yetishtirilganda oʻrganilgan namunalarning oʻsuv 
davri davomiyligi 124-131 kunni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich VIR–8 namunasida 
eng uzun boʻlib 131 kunni tashkil etadi (B.Eshonkulov, I.Ergashev, 
D.Normurodov). 
Bunday usulda yetishtirilgan kartoshka oʻsimliklari biometrik koʻrsatkichlari 
boʻyicha oʻziga xos xususiyatlarni koʻrsatdi. Masalan, botanik urugʻlaridan 
yetishtirilganda oʻsimliklarda asosiy poya shakllanib yon poyalari kuchli 
rivojlanishi hisobiga yetarli darajada assimilyasiya yuzasi shakllandi. 



Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling