Poliploidiya – organizm gaploid xromosomalar yigʻindisining karrali ortishi
bilan bogʻliq boʻlgan irsiy oʻzgaruvchanlik.
Populyatsiya – muayyan arealda (territoriyada) tarqalgan bir turga mansub
boʻlgan oʻzaro erkin chatishadigan, lekin bir-biridan irsiy jihatdan farq qiladigan
oʻsimliklar toʻplami.
Resiprok chatishtirish – chatishtirishda ona yoki ota sifatida olingan
organizmlarning birini birinchi marta ona, ikkinchi marta esa ota sifatida
foydalanib chatishtirish.
Somatik mutatsiyalar – somatik (tana) hujayralarda hosil boʻladigan
mutatsiyalar.
Seleksiya – dehhqonchilik sohasida yangi navlar (duragaylar) yaratish va
ekilib kelinayotgan navlarni yaxshilash usullari toʻgʻrisidagi fan.
Seleksion nav – ilmiy–tadqiqotmuassasalarida seleksiyaning ilmiy usullari
asosida yaratilgan nav.
Superelita – mahsuldorligi, navdorlik va ekinboplik sifatlari eng yuqori
boʻlgan urugʻlik. U elita urugʻlari yetishtirish jarayonida tashkil etiladigan oilalarni
koʻpaytirish pitomnigidan olinadi.
Oʻzgaruvchanlik – organizm avlodining oʻz ajdodlaridan qandaydir belgi
yoki xususiyatlar bilan farq qilishi.
Uzoq shakllarni duragaylash – turlari yoki turkumlari har xil boʻlgan
oʻsimliklarni duragaylash.
Urugʻchilik – qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining maxsus tarmogʻi boʻlib,
uning asosiy maqsadi ijara, shirkat, jamoa va fermer xoʻjaliklari hamda agrosanoat
birlashmalari sharoitlarida rayonlashtirilib, ekilayotgan navlarning urugʻini, nav
tozaligini, biologik va xoʻjalik xususiyatlarini saqlab ommaviy ravishda
koʻpaytirish.
Urugʻchilik tizimi – davlat rejasiga muvofiq barcha ekin maydonlarini bir
yoki bir qancha ekinlarning a‘lo sifatli urugʻliklari bilan ta‘minlab turadigan, bir-
biri bilan oʻzaro bogʻlangan ishlab chiqarish tarmoqlarining majmui.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |