Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

Muhokama uchun savollar 
1. Karoshkani generativ urugʻlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Generativ urugʻlar qanday muxitlarda hosil boʻladi? 
3. Boshlangʻich material tanlashda kartoshka generativ urugʻlaridan 
yetishtirishning afzalliklari haqida nimani bilasiz? 


125 
UCHKI MERISTEMA USULIDA SOG’LOMLASHTIRILGAN 
TUGANAKLARDAN ELITA KO`CHATLAR YETISHTIRISH 
TEXNOLOGIYASI 
 
Darsning maqsadi:Talabalarga sogʻlomlashtirilgan elita urugʻlarini olish 
usullaridan birini tanishtirish. 
Topshiriq:
1. Kartoshka oʻsimtalaridan uchki meristema toʻqimalarini ajratish usullari 
bilan tanishish. 
2. Ozuqa muhitlari va ularda toʻqimalarni oʻstirishni oʻrganish. 
Uchki meristema usulida kartoshkani sogʻlomlashtirish birlamchi 
urugʻchilikda dastlabki material yaratishning samarali usullaridan biri boʻlib 
hisoblanadi. Lekin sogʻlom materialning potensial imkoniyatlaridan maksimal 
foydalanish xar bir regionning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda sogʻlom 
oʻsimliklarning qaytadan viruslar bilan zararlanishining oldini olishga qaratilgan 
texnologik, tashkiliy, profilaktik va himoya tadbirlarining ishlab chiqilganligi bilan 
belgilanadi. 
Muayyan joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekishning 
optimal muddatlarining ishlab chiqilishi kartoshkachilikning dolzarb masalalaridan 
boʻlib hisoblanadi. Chunki ekish muddatlari ham kartoshkaning urugʻlik sifatlariga 
sezilarli ta‘sir koʻrsatadi. Masalan, bahorda optimal muddatdan ilgari ekilsa, 
tuproqda harorat pastligi tufayli oʻsimliklarning unib chiqishi kechikadi, natijada 
yogʻingarchiliklardan toʻplangan namlik ta‘sirida urugʻlik tuganaklardagi 
oʻsimtalarning chirishi va nobud boʻlishi kuzatilsa, kechroq ekilishi natijasida 
oʻsimliklarning oʻsuv davrining yozgi havoning issiq davriga toʻgʻri kelishi 
biologik mu‘tadil iqlim ekini boʻlgan kartoshkaning oʻsishi, rivojlanishi va 
hosildorligiga salbiy ta‘sir etadi. Yozda esa optimal muddatdan kechroq ekilsa 
kuzgi sovuqlargacha oʻsimliklar oʻsuv davri tugamasligi va hosilning toʻla pishib 
yetilmasligiga olib keladi. Bu esa ba‘zi adabiyotlarda kartoshkani ekish muddati 
tuganaklar hosil boʻlish davrida optimal sharoitga toʻgʻri kelishi hisobga olinishi 


126 
lozimligi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarga mos kelishini tasdiqlaydi. Yozgi muddatlarda 
yetishtirilganda tuproq va havo haroratini biroz boʻlsada pasaytirishga qaratilgan 
agrotexnik tadbirlar qoʻllaniladi. Masalan qalinroq ekish, tuganaklar hosil boʻlish 
davrida tez–tez sugʻorish kabi usullar shular jumlasidandir. Shuning uchun 
urugʻlik tuganaklarning optimal muddatlarda ekilishi kartoshkadan yuqori hosil 
olishni ta‘minlaydi.
Ayniqsa, adabiyotlarda uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan 
oʻsimliklarning qaytadan virus va mikoplazma kasalliklari bilan zararlanishiga 
kartoshkani ekish sxemasining ta‘siri toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar juda kam. 
Respublikamiz sharoitida esa bu masalaning yetarli darajadaoʻrganilmaganligini 
mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Ertagi kartoshka hosildorligi koʻp jihatdan tup qalinligiga bogʻliq. 
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, optimal ekish sxemasiga nisbatan juda qalinlashib 
ketsa ham, me‘yoridan past siyraklashish darajasi ham oʻsimliklarning oʻsish va 
rivojlanishiga salbiy ta‘sir koʻrsatib hosildorlikning pasayishiga sabab boʻladi. 
Kartoshka tuganaklarini ekish sxemalari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar XIX 
asrning boshlaridayoq keltirilgan. Bahorgi va yozgi muddatlarda kartoshka 
ekishning turli muddatlari va sxemalarini oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va 
hosildorligiga ta‘siri O‘zbekiston olimlari tomonidan ham oʻrganilgan. 
Qishloq xoʻjalik ekinlarini ekish sxemalari oʻsimliklarning biologik 
xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda aniqlanadi. Ya‘ni bir turga mansub har xil 
navlarning ildiz sistemasining gorizontal va vertikal yoʻnalishidagi rivojlanishi 
ham bir biridan farq qiladi. 
Adabiyotlar ma‘lumotlari shuni koʻrsatadiki, kartoshkani ekish sxemasi, nav 
xususiyati, tuproq-iqlim sharoiti, hosilning urugʻlik yoki tovar maqsadida 
foydalanishiga va boshqa omillarga qarab belgilanishi lozim. Masalan, palaklari 
kompakt rivojlanadigan ertapishar kartoshka navlarini qalinroq ekish tavsiya 
etiladi. Shunga qaramasdan, bu tadbirni belgilashda ozuqa maydonining oshishiga 
boʻlgan navlarning biologik xususiyati e‘tiborga olinishi lozimligi ta‘kidlanadi. 


127 
Ayniqsa katta tuganaklar hosil qiluvchi Gatchinskiy, Ogonyok, Temp, Novinka va 
Vyatka navlarini qalin ekilishi hosilda urugʻlik tuganaklar chiqimini oshiradi. 
Koʻpgina mualliflarning ma‘lumotlari boʻyicha maydon birligida tup 
qalinligining oshishi kartoshka hosildorligining oshishiga olib keladi. 
Respublika sharoitida kartoshkani 70x20 sm sxemada ekilishi yaxshi samara 
berishi aniqlangan. Bunday ekish sxemasida gektarida 71 ming tup oʻsimlik boʻlib, 
ularning mahsuldorligining 70x30 sxemada ekilganga nisbatan past boʻlishiga 
qaramasdan, maydon birligidan olinadigan hosil miqdori 25-27 % yuqori boʻlishi 
kuzatiladi. Shunday natijalar turli tajribalarda olingan. Ba‘zi adabiyotlar 
ma‘lumotlariga koʻra, ekish qalinligining oshishi bilan olinadigan qoʻshimcha 
hosil miqdori boshqa omillarga ham bogʻliq. Masalan, ba‘zi olimlar bunday 
agrotexnik tadbirning samarasini mineral oʻgʻitlar me‘yorining oshirilishi bilan 
kuzatish mumkinligini ta‘kidlaydilar. 
Tajribalarning koʻrsatishicha, ekish qalinligining oshishi bilan hosil 
strukturasi tarkibida urugʻlik tuganaklar chiqimi yuqori boʻladi. Masalan, gektarida 
95 mingtagacha (70x15 sm) tup qalinligining oshirilishi shunday natijalarga olib 
kelgan. Analogiknatijalar toʻgʻrisida va boshqa koʻplab mualliflarning ham 
ma‘lumotlari mavjud.
Ekish sxemasining hosildorlikka va hosil strukturasiga ta‘siri shunday 
muhitda shakllangan oʻsimliklarning morfologik xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ma‘lumotlarga koʻra, ekish qalinligining oshishi bilan shirata oʻsimlikda 
shakllanadigan yon poyalar, barglar va tuganaklar soni, barg yuzasi kamayadi. Bu 
esa oʻz navbatida sof fotosintetik potensialning pasayishiga olib keladi. Lekin tup 
sonining koʻpligi hisobiga bunday salbiy ta‘sir konpensasiyalanadi. 
Ma‘lumki, kartoshka urugʻchiligi virussiz asosda tashkil etilganda uchki 
meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklarning koʻpayish koeffisiyentini 
oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda koʻpaytirish pitomnigida 
sogʻlom tuganaklarni I.Ergashev 70x70 sxemada ekishni tavsiya etadi. Boshqa 
mualliflar ekish sxemasining oshirilishini faqat yirik tuganaklarni urugʻlik 
maqsadida foydalanilganda tavsiya etadilar. Shu bilan birga, ekish qalinligining 


128 
oshishi tuganaklarning koʻpayish koeffisiyentini oshirishi toʻgʻrisida koʻpgina 
ma‘lumotlar bor. Shunday ma‘lumotlar tomonidan keltirilgan. 
Urugʻbop tuganaklar chiqimidan tashqari, ekish sxemasining kartoshkaning 
urugʻlik sifatlariga ta‘sir etishi mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar mavjud. 
Mualliflarning ta‘kidlashicha, qalin ekilgan maydonlardan sifatli urugʻlik material 
olinadi. Buning sababini muallif respublikamiz sharoitidagi kartoshkaning oʻsishi 
va rivojlanishi uchun salbiy ta‘sir etuvchi intensiv quyosh insolyasiyasi bilan 
bogʻlaydi. Qalin ekilgan maydonlarda yorugʻlik intensivligining ikki marta 
kamayishi oʻsimliklarning bir-biriga soya qilishining kuchayishi bilan bogʻlab, 
bunday sharoitda barg buralish kasalligi simptomlarining ham kamayishi 
kuzatiladi. Bunday natijalar mualliflar tomonidan qalin ekilgan maydonlarda 
oʻsimlik palaklarining tez koʻshilib ketishi sababli tuproqning haddan tashqari 
qurib va qizib ketishidan saqlanganligi uchun tuganaklar hosil boʻlishi uchun qulay 
mikro muhit yaratilganligi bilan bogʻlashgan. Bu esa oʻz navbatida urugʻlik 
sifatiga ijobiy ta‘sir koʻrsatadi. 
Bundan tashqari, oʻsimliklarning qalin joylashishi ularning virus tashuvchi 
hashoratlar bilan kamroq oziqlanishiga olib kelishi tufayli urugʻlik kartoshkani 
sogʻlom saqlab qoladi. Ba‘zi olimlar ma‘lumotlari boʻyicha esa kartoshka qancha 
qalin ekilsa, kontakt usulda tarqaladigan viruslar oʻsimliklar barglarining bir-biriga 
tegib turishi uchun va qator orasi ishlanganda ularning tarqalish imkoniyati 
kuchayadi. 
O‘simliklarning ozuqa moddalariga boʻlgan talabini qondirish kartoshkadan 
moʻl hosil va sifatli mahsulot olishni ta‘minlovchi omillarning asosiylaridan biri 
boʻlib hisoblanadi. Bu yoʻnalishda koʻplab adabiyotlar ma‘lumotlari mavjud. 
O‘zbekistonda bunday tadqiqotlar natijalari koʻplab olimlar tomonidan olib 
borilgan.Lekin respublikamizda mineral oʻgʻitlarning kartoshka oʻsimliklarining 
virus, zamburugʻ va bakterial kasalliklar bilan zararlanishiga va urugʻlik sifatlariga 
ta‘siri yetarli darajada oʻrganilmagan. Chet el adabiyotlarida esa mineral 
oʻgʻitlarning kartoshka urugʻlik sifatlariga ta‘siri toʻgʻrisida har xil, ba‘zan 
qarama-qarshi ma‘lumotlar mavjud. Kartoshkaning virus kasalliklari bilan 


129 
zararlanish darajasi esa bevosita urugʻlik sifatlariga ta‘sir etuvchi omilardan boʻlib 
hisoblanadi, ayniqsa, ekinning urugʻchiligi virussiz asosda tashkil etilgan boʻlsa. 
Chunki bunday urugʻchilik tizimida hamma texnologik jarayonlar sogʻlom 
oʻsimliklarning ommaviy ravishda qaytadan viruslar bilan zararlanishini oldini 
olishga qaratilgan holda tashkil etiladi.
Koʻpgina olimlar yuqori dozadagi azotli oʻgʻitlar kartoshka oʻsimliklarining 
virus kasalliklari bilan zararlanishini kuchaytirishi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni 
keltiradilar. Viruslarning tuganaklarda toʻplanishi va natijada keyingi avodlarga 
berilishini kuchaytiradi.
Azotli oʻgʻitlarning oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishiga 
salbiy ta‘sir koʻrsatishi koʻpgina sabablar bilan izohlanadi. Masalan, ba‘zi 
mualliflar azotning salbiy ta‘siri bunday oʻgʻitlarning oʻsimliklarning oʻsishi va 
rivojlanishiga ta‘siri mexanizmi bilan bogʻlashadi. Ya‘ni, bunday oʻgʻitlar ta‘sirida 
oʻsimliklarning yer ustki massasi kuchli rivojlanadi. Bu esa oʻz navbatida virus 
tashuvchi hashoratlar, jumladan oʻsimlik shiralari miqdorining koʻpayishi, 
oziqlanishi uchun qulay muhit yaratilishi, bunday muhitning uzoq vaqt davom 
etishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, yer ustki massasining kuchli rivojlanishi 
ularning palaklarini bir-biriga tegib turishini kuchaytiradi va bunday holatlarda 
kontakt usulda koʻpayadigan viruslarning tarqalishi uchun qulay muhit yaratiladi. 
Azotning yuqori dozalari oʻsimliklarda viruslarning koʻpayishi uchun qulay 
sharoit yaratadi, lekin ayni paytda ularning namoyon boʻlishini kamaytiradi. 
Koʻpgina adabiyotlarda fosforli va kaliyli oʻgʻitlar oʻsimliklarning virus va 
mikoplazma kasalliklari bilan zararlanishini kamaytiradi. Ba‘zan esa, oʻsimliklarni 
oziqlantirish uchun foydalaniladigan oʻgʻitlarning shakli ahamiyatga ega boʻlishi 
mumkin. Masalan, kaliyning xlorli birikmalarining berilishi undagi xlorning salbiy 
ta‘siri natijasida oʻsimliklarning virus, viroid va mikoplazma kasalliklari bilan 
zararlanishini kuchaytiradi. Shuning uchun ham olimlar tarkibida xlor mavjud 
boʻlgan kaliyli oʻgʻitlarni kuzda berishni tavsiya etadilar. Bunday holatda xlorning 
asosiy qismi kuzgi-qishgi yogʻingarchiliklar ta‘sirida tuproqning haydov 
qatlamidan yuvilib ketadi.


130 
Asosiy oziqa elementlaridan tashqari, adabiyotlarda mikroelementlarning 
kartoshkaning urugʻlik sifatiga ta‘siri toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar mavjud. Masalan, 
urugʻlik tuganaklarni marganes sulfat, kaliy yod, polimikrooʻgʻitlar (0,02 %) 
eritmasida ishlanishi oʻsimliklarning virus kasalliklari bilan zararlanishini 
kamaytiradi. 
Akademik S.M.Bukasovning ta‘kidlashicha urugʻlik kartoshka maydonlarini 
mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish boʻyicha umumiy tavsiyalar boʻlishi mumkin 
emas. Muallifning bunday xulosaga kelishiga biz keltirib oʻtgan mineral 
oʻgʻitlarning samaradorligi tuproq tipi, unumdorligi, namligi, nav xususiyatlari va 
boshqa omillarga bogʻliq ekanligi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar sabab boʻlgan boʻlsa 
ajab emas.
Keltirilgan adabiyotlar mazmuni kartoshkani ekish muddati, sxemasi va 
ma‘danli oʻgʻitlarning oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri 
toʻgʻrisida yetarli darajada oʻrganilganligini koʻrsatadi. Lekin, ekinning urugʻlik 
sifatlariga bu muhim agrotexnik tadbirlarning ta‘siri toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar juda 
kam boʻlib, mavjudlarida ham ba‘zi qarama-qarshi fikrlar uchraydi. Har bir davrda 
yangilanib borayotgan navlar assortimenti ham ularning biologik xususiyatlarini 
hisobga olgan holda, ularga mos agrotexnologik tadbirlarning ishlab chiqilishi 
kartoshkachilikning samaradorligini belgilovchi omillardan boʻlib hisoblanadi.
Kartoshka birlamchi urugʻchiligida sogʻlom dastlabki materialni qaytadan 
viruslar bilan zararlanganishini oldini olgan holda jadal koʻpaytirish muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa dastlabki material sifatida uchki meristema 
usulida sogʻlomlashtirilgan urugʻlik tuganaklaridan foydalanilganda ahamiyati 
yanada oshadi. Chunki, sogʻlom oʻsimliklarni olish jarayoni ancha qiyin boʻlib, 
ularning yuqori potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanish ularning 
koʻpayish koeffisiyenti bilan bogʻliq. 
Buning uchun esa, birlamchi urugʻchilikda kartoshkani koʻpayish 
koeffisiyentini oshirish katta axamiyatga ega. Chunki, boshqa ekinlardan farq qilib 
kartoshkaning koʻpayish koeffisiyenti nisbatan past ya‘ni, oʻrtacha 7-9 tani tashkil 
etadi. 


131 
Koʻpaytirilayotgan materialning miqdorini oshirish tuganaklar soniga, uzoq 
oʻstirib nishlatilgan tuganaklarni yiriklarini kesish, qalamchadan, yon novdalardan 
va ustki poyalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. 
Shu bilan birga O‘zbekiston sharoitida bir yilda kartoshkadan ikki marta 
hosil olishdan xam foydalaniladi. Sogʻlom tuganaklarni koʻpayish koeffisiyentini 
oshirishning boshqa usullarini ham tavsiya etadilar. Masalan: katta ekish 
sxemasida (140x70; 70x70 sm) oʻsimliklarning mahsuldorligi tupdagi tuganak soni 
va har bir tuganakning oʻrtacha vazni hisobiga oshadi. Bunday ekish sxemalarida 
mozaika viruslari bilan kasallanadigan oʻsimliklar miqdori 30-50 % ga kamayishi 
toʻgʻrisida ma‘lumotlar bor. 
Bunday usullarni qoʻllashda navning biologik xususiyatlarini, ayniqsa 
navning oziq maydonining oshishiga boʻlgan talabini hisobga olish zarur. Bundan 
tashqari urugʻchilik paykallarida nokondision, mayda (15-25 g) va juda yirik (150 
gramdan ortiq) massaga ega boʻlgan tuganaklardan foydalanish sogʻlomlashtirilgan 
oʻsimliklarning koʻpayish koeffisiyentini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini 
beradi. 
Lekin, ba‘zi olimlarning ma‘lumotlariga koʻra ekish uchun yirik, massasi 70 
grammdan ortiq boʻlgan tuganaklardan foydalanish maydon birligiga sarflanadigan 
urugʻlik materialning koʻproq sarflanishi uchun iqtisodiy jixatdan samarali 
boʻlmaydi. Shuning uchun xam bunday tuganaklardan faqat ularni ekish oldidan 
boʻlaklarga kesish orqali amalga oshirish tavsiya etiladi. Urugʻlik tuganaklarni 
ekish oldidan boʻlaklarga kesib ekish kartoshka koʻpayish koeffisiyentini 1,5–3,0 
martaga oshirish imkoniyatini beradi, ekish normasini 50–60 % ga kamaytiradi va 
super elita chiqimini oshiradi, urugʻchilik sxemasini jadallashtirish imkoniyatini 
yaratadi, maydon birligidan olinadigan iqtisodiy samara miqdorini oshiradi. 
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga qaramasdan ba‘zi mualliflar urugʻlik 
tuganaklarni faqat uchki meristemasidan yetishtirilgan tuganaklar yetishmagan 
yoki bunday tadbir olinadigan hosilning faqat oziq–ovqat sifatida ishlatilishi 
rejalashtirilgan holatlarda tavsiya etadilar. Buning sababini mualliflar tuganaklarni 


132 
kesish vaqtida viruslarning tarqalishi sababli urugʻlik sifatlarining pasayishi bilan 
izohlaydilar. 
O‘zbekiston sharoitida urugʻlik tuganaklarni ekish oldidan kesishni ob–
havoning issiqligi tufayli chirishi mumkinligi bilan bogʻlab uni tavsiya etamaydi. 
Huddi shunday ma‘lumotlar A.G. Zukin ishlarida ham keltirilgan. Kesilgan 
tuganaklardan foydalanib ekilgan maydonlarda hosildorlikning 9-29 % gacha 
pasayishi mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlarida ham keltirilgan. 
Koʻpayish koeffisiyentining oshishiga yalpi tuganaklar usulidan foydalanib, 
yirik tuganaklarni kesish oʻsimtalarni qalamchalash, yon novdalar va uchki 
poyalardan koʻpaytirish usullaridan foydalanib erishilgan. Ba‘zi olimlar koʻpayish 
koeffisiyentini oshirish uchun tuganaklarni katta ekish sxemasidan foydalanish 
tavsiya etishadi. Bundan tashqari, koʻpayish koeffisiyentini oshirish uchun 
kimyoviy moddalardan foydalanish xaqida (unib chiqishda TUR gektariga 2kg) 
ma‘lumotlar bor. Bundan tashqari, kartoshka urugʻchiligida tuproq-iqlim sharoiti 
toʻgʻri kelganda bir yilda ikki hosil olish samarali boʻlib, bunda koʻpayish 
koeffisiyenti 35-40 donaga, kompleks usullardan foydalanganda esa bu 
koʻrsatkichni 43-72 donaga yetkazish mumkin.
Kartoshka urugʻchiligi virussiz asosda tashkil etilganda urugʻchilik sxemasi 
katta ahamiyatga ega. Bu muddat qancha qisqa boʻlsa sogʻlom material potensial 
imkoniyatning samarasi shuncha katta boʻladi. 
Umumqabul qilingan uslub boʻyicha respublikamizda kartoshka elita 
urugʻlarini yetishtirish jarayoni odatda 5-6 yil davom etadi. Urugʻlik kartoshka 
mahalliy sharoitda bahorgi muddatda ekilganda bunday uzoq davr mobaynida 
albatta virus kasalliklari bilan kuchli zararlanadi va hosildorlik xususiyatlari keskin 
kamayib ketadi. Avvalgi yil tuganaklarini yozgi muddatgacha saqlashning qiyinligi 
va qimmatiga tushishi, tuganaklarni koʻpayish koeffisentining pastligi kartoshka 
urugʻchiligi oldida ma‘lum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. 
Shuning uchun bir yilda ikki hosil olish kartoshka urugʻchilik sxemasini ikki 
marta tezlashtiradi va sogʻlom tuganaklarning koʻpayish koeffisentini oshiradi. 


133 
Professorlar D.T.Abdukarimov va T.E.Ostonaqulovlarning ma‘lumotlariga 
koʻra (1997, 2008) tuproq-iqlim xususiyatlari mos sharoitlarda va maqbul navlar 
tanlanganda kartoshkadan bir yilda ikki hosil olish asosida yetishtirilganda 
kartoshka urugʻchilik sxemasi 6 yildan 3 yilga qisqaradi va ekish urugʻlik 
kartoshkaning reproduktiv sifatlariga ijobiy ta‘sir koʻrsatadi. Bundan tashqari, 
urugʻlik materialni kelgusi yilgacha saqlash muddati qisqaradi, bu esa, oʻz 
navbatida mahsulot tannarxini pasaytiradi hamda urugʻchilik sxemasi ikki marta 
qisqaradi.
Dunyo kartoshkachiligi ham birlamchi urugʻchilik sxemasini, ya‘ni elita 
materialni olish jarayonini qisqartirilib jadallashtirilmoqda. Masalan, Fransiyada 
super elita olish muddatini ikki yilga qisqartiradigan 3 yillik sxema ishlab 
chiqilgan N.U.Haase va M.Otroshy (2002, 2009) ma‘lumotlariga koʻra, Buyuk 
Britaniyada sogʻlom urugʻlik material tanlab olingan ona oʻsimlikni qalamchalash 
yuli bilan olinadi, poya qalamchalari 5 yil mobaynida klon usulida koʻpaytiriladi 
va yuqori darajadagi VCTS material olinadi. Niderlandiyada kartoshka 
urugʻchiligining klassik sxemasi klonlarni uch, toʻrt, besh yil sinashga asoslangan. 
Ruminiya va Vengriyada kartoshka elitasi etishtirishda dastlabki oʻsimlik klon 
pitomniklarida 5 yil, Germaniyada klonlarni uch yil mobaynida sinaladi. Bunda 
elita yetishirish jarayoni 8 yilgacha uzayadi. AQShda kartoshka elitasini meristema 
tuganaklaridan besh-olti yillik sxemada, qayta zararlanishdan saqlashning 
kompleks usullaridan foydalanib olinadi. Bolgariyada kartoshka navlarini 
kupaytirishning qator jadallashgan usullarini qoʻllab kartoshkaning super-super 
elitasini yetishtirish muddatini sifat koʻrsatkichlarini kamaytirmasdan besh yildan 
ikki yilga kamaytirish imkonini berdi. Yaponiyaning shimoliy va markaziy 
tumanlarida kartoshka elita urugʻlarini yetishtirishning toʻrt yillik sxemasi 
qoʻllaniladi, janubiy tumanlarida esa, ikki hosilli ekin asosida ikki yillik sxemasi 
qoʻllaniladi. Bunda birinchi yil uchki meristema usulini qoʻllab viruslardan holi 
oʻsimlik olinadi, keyingi yillarda bu material super elita va elitagacha yalpi 
tuganaklar usulidan foydalanib jadal koʻpaytiriladi.


134 
Umuman, O‘zbekistonda kartoshka urugʻchiligi nav xususiyatlari va tabiiy 
iqlim sharoitlarini e‘tiborga olib takomillashtirilishi va bunga amal qilinishi 
respublika aholisini mahalliy sharoitda yetishtirilgan urugʻlik kartoshka bilan toʻla 
ta‘mishlashning imkoniyati yaratiladi.

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling