Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirish texnologiyasi
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirish texnologiyasi
Kartoshkani botanik urugʻidan oʻstirish texnologiyasining elementlari koʻpchilik olimlar tomonidan oʻrganilgan. Ma‘lumotlariga qaraganda kartoshkani botanik urugʻidan oʻstirishning urugʻni toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga ekish va urugʻkoʻchat usulida parnikda urugʻlardan koʻchat oʻstirib ularni dalaga oʻtqazish orqali yetishtirish mumkin. Ular orasida koʻchat ekini sifatida oʻstirishning afzalliklari boʻlib, bu usul baquvvat oʻsimliklar olish va dalada yuqori hosil toʻplash imkonini beradi. Koʻchatlarni ma‘lum shaklga kirguncha oʻstirish imkoni yaratiladi va dalada vegetasiya davri 30-40 kunga kam boʻlib, tutuvchanligi yuqori boʻladi, hosil toʻplash qobiliyati ham yuqori boʻladi. Urugʻdan oʻstirishning koʻchat, gidrovisev, granulalangan urugʻdan ekish usullari 1985-1990 yillar mobaynida Samarqand viloyatida professor T.E.Ostonaqulov tomonidan kartoshkani koʻchat ekin sifatida oʻstirish texnologiyasini ishlab chiqilgan. Subtropik sharoitlarda kartoshka botanik urugʻdan bevosita (toʻgʻri-toʻgʻri) dalaga va koʻchat oʻtqazish yoʻli bilan ekilganda ham yuqori hosil olish mumkinligi toʻgʻrisida ma‘lumotlar bor. Botanik urugʻidan kartoshka yetishtirishning agrotexnik masalalari O‘zbekistonda koʻpgina olimlar tomonidan oʻrganilgan. Tajribalarida Samarqand viloyati sharoitida bu usulda yetishtirish uchun mos duragay populyasiyalarini toʻgʻri tanlab koʻchat ekin sifatida oʻstirib gektaridan 18-20 tonna urugʻlik hamda tovar tuganaklar olish mumkinligi isbotlangan. Urugʻni toʻgʻridan-toʻgʻri dalaga ekib koʻchat oʻstirish juda murakkab, urugʻ unib chiqish energiyasini noqulay tuproq sharoitida saqlab qololmaydi. Qurgʻoqchilik va hashoratlar bilan zararlanish tufayli tup son kamayishiga olib keladi. Dastlabki rivojlanish davrida koʻchatlarning sekin oʻsishi, oʻsuv davrida kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi, bu usulni qoʻllashning 111 chegaralovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan Perudagi Xalqaro kartoshka markazida urugʻni bevosita dalaga ekkanda hosildorlik gektaridan 210-320 sentnerni tashkil etgan. Shu usul bilan Angliya, AQShning shimoliy rayonlarida va Xitoyda oʻstirish mumkin. Ammo ekinni yetishtirishning samarali texnologiyasi muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqishga bogʻliq. Rossiya sharoitida oʻsimliklarning vegetasiyasi davri qisqa boʻlganligi uchun koʻchatlar toʻligʻicha tovar tuganaklar toʻplay olmaydi. Shu sababli bunday sharoit uchun ba‘zi olimlar generativ urugʻlaridan kartoshka yetishtirishni ikki yillik ekin sifatida foydalanishni taklif etadilar. Ya‘ni, birinchi yil dastlabki koʻchatlarda mayda tuganaklar ekmalar (sevkalar) olinadi va kelgusi yil esa ulardan xoʻraki kartoshka yetishtirish uchun urugʻlik material sifatida foydalaniladi. Generativ urugʻlaridan yetishtirib kartoshkadan ikki yillik ekin sifatida oʻstirish borasida bir qator olimlar izlanishlar olib borishgan. Respublikamiz sharoitida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida ayrim koʻchatlardan 470-530 g oʻstirish sharoitiga qarab 1-3 kg gacha hosil olish mumkinligi aniqlangan. Ularning tuganak reproduksiyalarining hosildorligi esa gektaridan 19-23 sentnerni tashkil etgan. Kartoshkalarni urugʻdan yetishtirishning samaradorligini turli tuproq-iqlim sharoitlarida oʻrganish kerakligini ta‘kidlaydilar. Perudagi xalqaro kartoshka markazida kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirishning texnologik elementlari urugʻlar ekish, issiqxonadan dalaga oʻtqazish, dala tuprogʻi, qum va torf aralashmalari tayyorlash; urugʻni nishlatib ekish, koʻchat oʻtqazish chuqurligi va koʻchatlar boʻyi koʻchatlarni ildizlari bilan yoki qisman tuproq bilan oʻtqazish, madanli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muddatlari, oʻsimlikning oʻsuv davrida turli xil pestisidlardan foydalanish, yerni ekishga tayyorlash va koʻchat oʻtqazilgandan keyin ishlash va boshqa ekinni yetishtirish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Ba‘zi olimlar generativ urugʻlarni dalaga ekilganda oʻsimliklarning unib chiqishni himoya qilib turuvchi bosma 112 (perfonirovanniy) qogʻozni tavsiya etadilar. Bunday tadbir tuproqdagi namlikni ushlab turishiga va begona oʻtlar oʻsishini sekinlashtirishga yordam beradi. Afsuski, ushbu qogʻoz hozir ishlab chiqilmaydi. Urugʻ ekilganda qator ustini torf bilan mulchalash koʻchat hosildorligini 40- 5% ga oshiradi. Eng ma‘qul moʻlchalash materiali torf hisoblanadi. Polietiliyen plyonkalardan foydalanilganda va goʻng bilan moʻlchalanganda past hosil olingan, chunki goʻng tuproq yuzasida tezda qurib namlikni yoʻqotadi. Olimlar tomonidan keyingi yillarda urugʻlarni seyalkalar yordamida yoki suv bilan (gidrovusev) ekishni mexanizasiyalashtirishga imkon beruvchi texnik jarayonlarini va qator oralariga ishlov berish masalalari ishlab chiqilgan. Masalan, kartoshka urugʻlarini piyoz ekish uchun moʻljallangan SLN-8A seyalkasini oʻzgartirilgan markasini taklif etishadi. Tadqiqotlarni koʻrsatishicha urugʻlarning unuvchanligi ekish oldi tayyorlash texnologiyasi va ekish usullariga bogʻliq. Urugʻni unuvchanligini oshirish uchun oʻstiruvchi stimulyatorlar, mikro element va fungisidlar bilan ekish oldidan ishlov berish shart. Yuqori natijaga oʻstiruvchi stimulyatorlar mikroelementlar va fungisidlar aralashmasi bilan 12 soat davomida ishlaganda dala unuvchanligi 73,3-90,4% gacha oshadi. Urugʻni ekishga tayyorlashda 2-3 kun suvda ivitib ekish ham yaxshi natija beradi. Kartoshka urugʻlarini unib chiqishini tezlashtirish uchun 2-3 kun suvda saqlash yoki 24 soat gibberillin yeritmasida ivitib, qisman quritib soʻngra ekishni tavsiya etadi. Suvda saqlanganda unuvchanligi 6-kun 91-94 %, gibberillinda ishlaganda esa 89-90% ni tashkil etgan. Ma‘lumotlarga koʻra, duragay populyasiyalarning generativ urugʻlaridan yetishtirish uchun mosligini belgilovchi asosiy mezonlaridan biri dala unuvchanligi 52,4-67,5 % va tutuvchanligi 92-100% boʻlgan (GP-32, GP-1652; GP-1150; GP-30; GP-11; GP-28 va P-3) duragay populyasiyalari tanlab olingan. Urugʻni (gidrovisev) suv orqali maxsus vakum idish orqali ekish usulini V.O.Kuchumov (1985) taklif etadi. Bunda ekish normasi urugʻni unuvchanligiga 113 qarab belgilanadi. Urugʻ ekish oldidan nishlatilib suv bilan birga ekiladi. Bu usulda ekilganning 10-14 kuni oʻsimliklarning unib chiqish boshlanadi. Urugʻlarning eng yuqori dala unuvchanligi rezavor meva yigʻishtirib olingandan keyin ikkinchi yil ekilganda kuzatilgan. Bunday natijalarni mualliflar rezavor mevadagi ingibitor moddalar ta‘sir etishining tugashi bilan bogʻliq oshadi. Olimlar tomonidan kartoshkani botanik urugʻlari koʻchat ekin sifatida turli tup qalinliklarida oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri oʻrganilgan. Koʻchatlarni 70x30 sxemada har bir uyaga 1,2,3,4,5 ta oʻsimlik va 70x10 hamda 70x6 sxemada oʻstirib samaradorligini oʻrganilgan. Ularning tajribalarida variantlar boʻyicha hosildorlik 196,4 dan 306,7 s/ga gacha oʻzgargan va eng yuqori koʻrsatkich 70x30 sm sxemada har bir uyada 2 ta (306,7 s/ga) va 70x30 sm da har bir uyada 3 ta (280,3 ga/s) oʻsimlik oʻtkazilganda 243-47 x Anoka duragay kombinasiyasidan olingan. Ushbu varianlarda har bir tupda shakllangan tuganaklar soni 18,6-22,2 donani tashkil etgan. 70x30 sm sxemada bir uyada 5 oʻsimlik oʻtqazilganda hosildorlik 251,6 ga/s va tuganaklar soni esa 28,1 dona, tuganaklar oʻrtacha vazni esa 16,8 g ni tashkil etgan. Koʻpayish koeffisenti 70x30 sm ekish sxemada uyada 3 ta oʻsimlik ekilgan tajriba variantida 14,2-14,3 donani tashkil etgan. Maydon birligidan yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklari olish uchun koʻchatlarni 70x30 sm sxemada ekishni va gektaridan olingan hosil bilan 16 gektarni urugʻlik bilan ta‘minlash mumkinligini qayd etadilar. Bu usulda yetishtirilgan urugʻlik tuganaklarning oʻrtacha vazni 15-20 g ni tashkil etgan. Ekish sxemasini toʻgʻri tanlangan holda 1 uyadagi koʻchatlar sonini 2-3 ta oshirish umumiy hosildan urugʻlik tuganaklar chiqimini oshiradi. O‘z tadqiqotlarida Lvovyanka x Zareva; Lvovanka x 800174; Movka x Dobro; Mavka x Zareva duragay kombinasiyalarini 70x30-1, 70x30-2, 70x30-3 sxemalarda ekilganda tajriba variantlari boʻyicha kombinasiyalarda har bir oʻsimlikda shakllangan tuganaklar chiqimi 17,4-23,2 donagacha oʻzgarishi mumkinligini aniqlaganlar. 114 Ya‘ni, odatdagi 70x30 sxemada esa 440 ming donaoʻrnigatup qalinligi oshirish hisobiga gektaridan 760 ming dona tuganaklar (ekma) olingan. Kartoshkani botanik urugʻidan yetishtirishning texnologik elementlarini oʻrganish borasida O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda keyingi yillardagi tadqiqotlarda urugʻni ekishga tayyorlash, ekish chuqurligi, tutuvchanligini oshirish maqsadida TUR preparatini turli dozalarda qoʻllash, koʻchatlarni turli oʻtkazish sxemalarida ekish, mineral va organik oʻgʻitilarning turli normasida oziqlantirish, sugʻorish rejimi va soni kabi texnologik elementlari oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilgan. Urugʻlarning parnikka ekishning optimal muddati mahalliy sharoitda fevral oyining ikkinchi yarmi boʻlib, har 1 m 2 maydonga 0,8-0,9 g urugʻ sarflanganda koʻchatlarning qora ildiz chirish va rizoktoniz bilan kasallanishi 26,3 % kamaygan va standart koʻchatlar chiqimi oshganligi kuzatilgan. Urugʻlarni ekish oldi oʻstiruvchi stimulyator va mikroelementlar arlashmasida 12 soat davomida ishlash, unib chiqish energiyasini 94,4-98,6 % gacha oshirishi, urugʻlarni ishlov berish muddatini oshirishi urugʻlarning unuvchanligini pasaytirishi aniqlangan. Bunday natijalarni mualliflar gibberilinni uzoq muddat ta‘siri esa ingibitor kabi ta‘sir qilishi bilan izohlashgan. O‘simliklarga TUR preparatining turli dozalarda koʻchatlarning turli fazalarida qoʻllanilib ulurning tutuvchanligiga ta‘siri tekshirilganda, bu koʻrsatkich 97,1-99,2 % gacha oshganligi, koʻchatlarni unib chiqqandan keyin 25-30 kuni ishlaganda esa, koʻchatlarni parnikda boʻyiga oʻsishi sekinlashishi standart koʻchatlar chiqimining oshganligi kuzatilgan. Koʻchatlardan yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklari olish uchun (70x10, 70x20, 70x30 sm) tup qalinligida uchta duragay populyasiyalar hosildorligi oʻrganilgan. O‘rganilgan duragay populyasiyalarda koʻchat oʻtkazish sxemasi 70x20 sm boʻlib, koʻchatlarni tutuvchanligi oziqlanish maydoniga bogʻliq emasligi qayd etilgan. Xalqaro kartoshka markazida koʻchatlarni har bir uyada 5 donadan ekilganda kamida 3 tasi tutuvchan boʻlishi aniqlangan. Ba‘zi olimlar bir uyaga 4 115 donadan urugʻ ekish koʻchat koʻkarib chiqqandan soʻng turli qalinlikda (yagona) siyraklashtirib mahsuldorligini kuzatilganda optimal qalinligi 1 m 2 uchun 96 ta oʻsimlik deb topilgan. Bunday tup qalinligida koʻchatlarni Sank-Peterburg sharoitida 70x25, 70x10 sm sxemalarda ekib taqqoslanganda 1m 2 maydondan tuganaklar chiqimi oʻrtacha 23 donani 70x25 sm sxemada 60 donani, 70x10 sm sxemada esa 129 dona, nazorat variantida esa 32 donani tashkil yetgan. Rossiyaning Tambov viloyatida urugʻlarni namiqtirib dalaga 70x15 va 70x25 sm sxemalarda ekilganda 1m 2 maydondan tuganaklar chiqimi muvofiq ravishda 169 donadan 174 donagacha, shu sharoitda koʻchatlar 70x10 sm sxemada ekilganda tuganaklar chiqimi 163 donani, 70x25 sm sxemada esa 74 donani tashkil yetgan. Boshqa mualliflar tomonidan olingan tuganaklar yuqori sifatli urugʻlik materiali boʻlib, keyingi tuganak reproduksiyalarida yuqori hosil olishni ta‘minlanganligini ta‘kidlashgan. Koʻchatlarni muqobil oziqlanish maydoni 70x10-15 sm boʻlib, gektaridan 200-500 s/ga gacha hosil olingan. Yuqori miqdorda urugʻlik tuganaklar chiqimi ya‘ni, koʻchat oʻtkazish sxemasi 10x10 sm variantida koʻchatlar qalinligi 1 m 2 maydonda kuzatilgan kamida 100 dona tuganak olingan. Hosil miqdori esa, 1 m 2 da 4-5 kg tashkil etgan. Koʻchatlardan har biridan oʻrtacha 4-5 dona tuganak oʻsimliklarni 6-7 sm oraligʻida ekilganda olingan. Keltirilgan ma‘lumotlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo sharoitida, jumladan O‘zbekistonda kartoshka botanik urugʻidan oʻstirilganda koʻchatlar oʻtkazish sxemasi va tup qalinligining tovar hosil va urugʻlik tuganaklar chiqimiga, urugʻlik sifatiga ta‘siri yetarli darajada oʻrganilmagan. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling