GLOSSARI
Autbriding - bir-biriga irsiy jihatdan yaqin (qarindosh) boʻlmagan
organizmlarni chatishtirish.
Aprobatsiya qilish – oʻsimliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza
ekanligini kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga moʻljallangan
urugʻlikning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada oʻtkaziladigan tadqiqot.
Biotexnologiya – tirik hujayrada kechadigan jarayonlardan va shu
hujayraning genetik tarkibidan foydalanishga asoslangan mahsulot yetishtirish
usullarining yigʻindisi.
Biotip - oʻsimlik turining tashqi koʻrinishi bilan farqlanmaydigan, lekin
biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va oʻzgarmas boʻlgan guruhi.
Bichish (kastratsiya) – ona sifatida olingan oʻsimlikning gulidagi
changdonlarini terib olish (yulib tashlash).
Gen injineriyasi usullari – qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi shakllari,
liniyalari, navlari va duragaylarining patogenlariga oʻta chidamliligini oshirishga va
navlarni yaratish muddatini qisqartirishga qaratilgan muhim vazifalarni yechish
imkoniyatlarini ta‘minlaydi.
Insuxt – chetdan changlanadigan oʻsimliklarni majburan oʻzidan
changlatish.
Irsiyat – organizmdagibelgi va xususiyatlarning nasldan-naslga oʻtishi.
Insuxt-liniya – bitta chetdan changlanuvchi oʻsimlikni majburan oʻzidan
changlatib olingan avlod.
Introduksiya – oʻsimliklarning tur va navlarini boshqa joylardan keltirish.
Klon – vegetativ yoʻl bilan koʻpayadigan bitta oʻsimlikning avlodi.
Liniya – oʻzidan changlanuvchi bitta oʻsimlikning avlodi.
Mutagenez – sun‘iy omillar (mutagenlar) ta‘sirida organizmlarda irsiy
oʻzgarishlar hosil boʻlish jarayoni.
Mutagen – mutatsion oʻzgaruvchanlikni (mutatsiyani) paydo qiluvchi omil.
Do'stlaringiz bilan baham: |