Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muxokama uchun savollar
Toʻyimli. 19 va 76 namunalirini oʻzaro chatishtirish usuli bilan yaratilgan.
Mualliflar: Esanov I.A., Azimov B.B., Boytoʻrayev K.I. 78 1995 yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Toshkent viloyatlari boʻyicha Davlat reestriga kiritilgan. 2001 yildan esa Respublika boʻyicha Davlat reestiriga kiritilgan. Palagi tik, balandligi oʻrtacha (70–80 sm), poyalar soni kam. Barglanishi yaxshi, barglari yirik, toʻq yashil. Ertagi ekish muddatlarda gʻunchalari toʻkilib ketadi. Tuganak shakli uzun ovalsimon, oʻsuv nuqtalari soni kam, yuza joylashgan, poʻstining va etining rangi kartoshka rangida.Hosildorligi 1999–2000 yillarda Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI da gektaridan 17–19 tonnani tashkil etdi. Tovarligi 99%. Tuganagining oʻrtacha vazni 75 gramm, ta‘mi 4 ball. Oʻsuv davri 145 kun. Ayrim belgilari: kasalliklarga va aynishga chidamli, ovqatbop. UMID. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI da yaratilgan Esanov I.A., Boytoʻrayev K.E., Rajabov T.A.. 2001 yildan Toshkent viloyati boʻyicha Davlat reestirga kiritilgan. Oʻrtapishar nav. Palagi tikka, oʻrtacha uzunlikda, barglanishi va barg hajmi oʻrtacha. Rangi yashil, jilosiz, qirralari tekis. Gullari mayda, rangi binafsha. Tuganak shakli uzunchoq, yirik, uchlari toʻmtoq, yuzasi notekis, oʻsuv nuqtalari chuqur, koʻkish. Poʻstining va etning rangi sargʻish. Hosildoriligi 1999– 2000 yillarda Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI da gektaridan 24 tonnani tashkil etdi. Tovar hosili 99 %. Tuganagining oʻrtacha vazni 200–250 gramm, ta‘mi 4.5 ball, oʻsuv davri 120–140 kun. Ayrim belgilari: tuganagi yirik, mazasi yaxshi, tashqi muhit ta‘siriga va aynish kasalligigi chidamli, ovqatbop. Muxokama uchun savollar: 1. Respublikamizda yartilgan va Davlat reestriga kiritilgan qanday navlarni bilasiz? 2. Oʻzbekiston sabzovat, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITIda yaratilgan qanday navlarni bilasiz? 3. Xorijdan keltirilib Oʻzbekiston Respublikasida ekish uchun tavsiya etilgan kartoshka navlarini izohlang? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling