Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


Download 32.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/69
Sana19.06.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1601864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
25063 (2)

 
Muxokama uchun savollar. 
1. Chatishtirish tartibi qanday olib boriladi? 
2. Urugʻkoʻchat oʻstirish tartibini ayting? 
3. Duragaylashni qanday xillarini bilasiz? 


21 
KARTOSHKA SELEKSIYASIDA QOʻLLANILADIGAN 
SELEKSIYA USULLARI 
 
Darsning maqsadi: Kartoshka seleksiyasida qoʻllaniladigan seleksiya 
usullarini oʻrganish. 
Topshiriq: 
1. Toʻqima va xujayra usuli bilan tanishish. 
2. Protoplast usuli bilan tanishish. 
Kartoshka ekini seleksiyasida bir necha usullardan foydalaniladi. 
Kartoshka navlarini ajdodlari va kelib chiqishini taxlil qilish natijasida 
seleksiya uchun qimmatli, ertapishar navlar yaratishda – Earle Rose, Cobbler, 
Epicur, Eersteling, Bintja, Climax, Friihmolle, Oberarnbacher Friihe, Rheinbort, 
Saskia, Priyekulskiy ranniy, yuqori mahsulotli navlar yaratishda Katahdin, Flava, 
Eersteling, Ora, Record, Saskia, parshaga kam chalinadigan navlarni yaratishda 
Hindenburg, Jubel, Ackersegen, fitoftoraga kam chalinadigan navlarni yaratish 
uchun Aquila, Capella, Olev, virus kasalliklariga kam chalinadigan – Aquila, 
Climax, Katahdin, Schwalbye, tarkibida koʻp kraxmal toʻplaydigan navlar yaratish 
uchun Erdraft, Hochprozentige, Furore, Rode Star, Korenevskiy va boshqa navlar 
boshlangʻich material sifatida tavsiya etiladi.
Monogaploidlar va changdon ekini olish. Monogaploidlar kartoshka 
xromasoma toʻplamini diploid (2n=24) sonini ikki karra kamaytirish (2n=12) 
orqali olinadi. 
Monogaploidlarni olishning ikki usuli ishlab chiqilgan boʻlib, bular 
megasporalarni digaploidlar changchi bilan changlash orqali indusirlashgan 
holatda rivojlantirish (partenogenez va ginogenez) orqali yoki mikrosporalarning 
regenerasiyasi (androgenez) orqali olish mumkin. (Adams va boshqalar - 1984, 
Anderson va boshqalar - 1981, Anon-1981). 
Monogaploid oʻzlaridagi katta genetik oʻzgarishlar tufayli hosil boʻladigan 
xilma-xilliklar bilan harakterlanadi. Ulardan seleksiyada gomozigota shakllar 


22 
sifatida toʻgʻridan – toʻgʻri tanlash va generativ urugʻlarni olish uchun ota-ona 
shakllari sifatida foydalanish mumkin. 
Bundan tashqari, seleksiya amaliyotida monogaploidlardan geterozigota 
diploidlarni yaratish uchun gomozigota diploidlarini interkross usulida yaratishda 
foydalanish yaxshi samara berishi aniqlangan. Geterozigota diploidlari maksimal 
geterozigotalarni olishda foydalaniladigan tetraploid shakllarni yaratishda muhim 
bosqich boʻlib hisoblanadi. 
Lekin shuni ham ta‘kidlash kerakki, bunday shakllarni olish koʻp omillarga 
bogʻliq. Masalan, seleksiyada foydalaniladigan bunday koʻp sonli genotiplarning 
regeneratsion qobiliyati, gomozigota diploidlarni yaratishdagi qiyinchiliklar, 
ularning oʻzaro qoʻshilish imkoniyati va boshqalar. Hozirgacha bu muammolar 
toʻliq yechilmagan hisoblanadi. 
Kartoshkaning tabiatda birinchi monogaploid shakli S. tuberosum turida 
Berike va Frandzem tomonidan olingan. 
Changdonda 
mikrosporaning 
regeneratsiyasi 
keltirilgan. 
Keyingi 
tadqiqotlarning koʻrsatishicha ginogenez androgenezga nisbatan kamroq samarali 
hisoblanadi. 
Changdon ekini Muresige – Skuga, Irikura va Sakagutilar tomonidan 
changlarni maxsus ozuqa muhitida oʻstirish orqali yaratishga muvaffaq boʻldilar. 
Ular tomonidan kartoshkaning yovvoyi va madaniy diploid turlaridan 350 ta 
monoploid, diploid, tetraploid va aneuploid shakllar olingan. 
Keyinchalik esa ba‘zi tadqiqotchilar tomonidan androgenez usulida 
monogaploid va diploid shakllar yaratilgan. 
Monogaploidlarni androgenez va ginogenez usulida yaratish quyidagicha 
amalga oshiriladi: bir yadroli changi mavjud boʻlgan, uzunligi 4-5mm boʻlgan 
gulgʻunchalar gullash induksiyasi uchun Mursige-Skuga ozuqa muhitiga 
oʻtkaziladi. Taxminan bir oy davomida undan mikroskopik struktura – embrioidlar 
shakllanadi. Ularni diferensiatsiya uchun tarkibida 10% kokos suti, 0,3 mgl 
-1
miqdorda zeatin va 3% li saxaroza eritmasi boʻlgan Mursige-Skuga ozuqa 


23 
muhitiga koʻchirib oʻtkaziladi. Morfogenez jarayonining boshlanishi bilan bu 
toʻqima yangi ozuqa muhitiga koʻchirib oʻtkaziladi. 
Bu usulda monogaploidlarni olishning muvaffaqiyati koʻp jihatdan 
genotiplarning regeneratsiya qobiliyatiga bogʻliq. Bunday qobiliyatni kuchaytirish 
uchun kuchsiz regenerativ xususiyati boʻlgan genotiplar bilan bunday qobiliyati 
kuchli genotiplarni suniy ozuqa muhitida chatishtirish orqali erishish mumkin. 
Tajribalarda urugʻ suyuq ozuqa muhitida genotiplarning regeneratsion 
qobiliyati kuchayishi mumkinligi aniqlagan. 
Changdon ekini orqali olingan monogaploidlarning (xromasoma soni 2n=12) 
juda kam qismi kuchsiz va steril boʻlishi aniqlangan boʻlib, ularni kolxisin bilan 
ishlash ham yaxshi samara bermagan. 
Keyinchalik Vensel tomonidan monogaploidlarni chatishtirish orqali fertil 
duragaylari yetishtirilgan. 

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling