Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
-jadval Kartoshka navlarida fazalararo davr davomiyligi
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Oʻsuv davri davomiyligini xisoblash jadvali
- Muxokama uchun savollar.
- KARTOSHKADA CHATISHTIRISH OʻTKAZISH TARTIBI Darsning maqsadi
1-jadval
Kartoshka navlarida fazalararo davr davomiyligi № Navlar nomi Fazalarning roʻy berish muddati, kunlarda O ʻs uv d av ri d av o m iy li g i E k is h - u n ib ch iq is h U n ib ch iq is h - sh o n al as h Sh o n al as h - g u ll as h G u ll as h - p al ak sar gʻa yi sh 1. 2. 3. 4. 5. 6. 10 2-jadval Oʻsuv davri davomiyligini xisoblash jadvali k u n lar Oy k u n lar Y an v ar fev ra l mart ap re l may iy u n iy u l av g u st sen ty ab r o k ty ab r n o y ab r d ek ab r 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 - - - 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 - 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178 179 180 181 - 182 183 184 185 186 187 188 189 190 191 192 193 194 195 196 197 198 199 200 201 202 203 204 205 206 207 208 209 210 211 212 213 214 215 216 217 218 219 220 221 222 223 224 225 226 227 228 229 230 231 232 233 234 235 236 237 238 239 240 241 242 243 244 245 246 247 248 249 250 251 252 253 254 255 256 257 258 259 260 261 262 263 264 265 266 267 268 269 270 271 272 273 - 274 275 276 277 278 279 280 281 282 283 284 285 286 287 288 289 290 291 292 293 294 295 296 297 298 299 300 301 302 303 304 305 306 307 308 309 310 311 312 313 314 315 316 317 318 319 320 321 322 323 324 325 326 327 328 329 330 331 332 333 334 - 335 336 337 338 339 340 341 342 343 344 345 346 347 348 349 350 351 352 353 354 355 356 357 358 359 360 361 362 363 364 365 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 11 Muxokama uchun savollar. 1. Oʻsimliklarda fenologik kuzatish oʻtkazish tartibi qanday? 2. Kartoshka navlarida fenologik kuzatishlar qachon oʻtkaziladi? 3. Nav sinashlarda fazalararo davrlar va oʻsuv davri davomiyligi qanday aniqlanadi? 12 KARTOSHKADA CHATISHTIRISH OʻTKAZISH TARTIBI Darsning maqsadi: Talabalarga chatishtirish uchun ota-ona shakillarini tanlash va chatishtirishoʻtkazish tartibi bilan tanishtirish. Topshiriq: 1. Kartoshkada chatishtirish uchun ota-ona shakllarini tanlashni oʻrganish. 2. Urugʻkoʻchat oʻstirish bilan tanishish. 3. Duragaylash xillari bilan tanishish. Chatishtirish tartibi va urugʻ hosil qilish. Seleksiya jarayonida chatishtirish oʻtkazilishi uchun imkoniyat boricha koʻproq chang donachalarini toʻplash kerak, chunki qancha koʻp chang bilan changlatilsa shuncha koʻproq foiz ijobiy natijalarga erishiladi. Chang donachalarini toʻplash uchun kartoshka gullarini voyaga yetgan changdonlari bilan ertalab terib olib 5 – 6 soat davomida quritib, chang donachalarini qora rangli oyna yoki yaltiroqqogʻozga qoqib olinadi. Qoqib (silkitib) olingan chang donachalari probirkaga solib ogʻzi latta bilan yopiladi va yorliq yozib yopishtirib qoʻyiladi. Chang donachalari muzlatgichda 3 – 6 0 S haroratda saqlanishi lozim. Issiq kunlari, changlatish ishi ertalab yoki kechqurun qaysi vaqtdan qat‘iy nazar changlatishni oʻtkazish mumkin. Ertalabgiga nisbatan kechqurun oʻtkazilgan changlatishning samarasi ikki barobar koʻproq boʻlishi tadqiqotlarda kuzatilgan. Changchilarni dastlab bichish orqali chatishtirish genetik izlanishlar maqsadida va bichilgan gullarni izolyatsiya qilish – yovvoyi turlar bilan shugʻullanganda oʻtkaziladi. Amaliy seleksiya ishida ochila boshlagan gullarni bichish va izolyatsiya qilmay, gullar ochilgan kuni yoki ertasi kuni changlatiladi. Gul toʻplamida besh – yettita gul qoldiriladi. Har bir kombinasiyada 50 – 100 gul bir nechta usullar (bekkros, retseprok, dialel) bilan changlatiladi: oʻquvchilar perosi yordamida onalik tumshuqchasini otalik gulidan yigʻilgan changga botirish bilan, shisha nayidan foydalanishi mumkin. 13 Rezavor mevlarning hosil boʻlishini kuchaytirish maqsadida dekapitasiya usuli qoʻllaniladi. Buning uchun kartoshka gul toʻplami boʻlgan 50 – 70 smli navdalari kesib, olinib, oqib turgan suvga, yoki o`stiruvchi muhit (pitatelnaya sreda) ga joylashtiraladi, va maxsus lekin yaxshi yoritilgan, namligi baland boʻlgan xonaga kiritilib changlatiladi. Hosil boʻlayotgan rezavor toʻkilib ketmasligi uchun dokadan yasalgan xaltachalar bilan yopib qoʻyiladi. Ichiga yoki yoniga kombinatsiyasining nomeri yozilgan yorliq ham joylashtiriladi. Hosil boʻlgan rezavor mevalarni oxirigacha pishish holatiga yetkazish uchun ular harorati 10–15 0 C va namligi 50 – 60 % boʻlgan xonalarda saqlanadi. Keyin qoʻlda urugʻlari ajratib olinadi, yuviladi va quritigandan soʻng kombinasiyalar boʻyicha qogʻoz xaltachaga joylashtiriladi. Chatishtirishdan olingan barcha ma‘lumotlar maxsus jurnalga yoziladi. Unda chatishtirish raqami, hosil boʻlgan rezavor meva soni, chatishtirish oʻtkazilgan sana va joyi (dalada, dokali issiqxona yoki dekapitatsiya xonasi). Gul toʻplami osib qoʻyiladigan yorliqga faqat chatishtirishni raqami va changlatilgan gullarning soni yoziladi. Urugʻkoʻchat oʻstirish. Rezavor mevadan hosil qilingan urugʻlarni oʻstirishdan urugʻ koʻchat (maysalar) hosil boʻladi. Urugʻkoʻchatlarni oʻstirish quyidagicha oʻtkaziladi. Kartoshka seleksiyasi bilan shugʻullanadigan muassasalarida har yili koʻp miqdorda (40 – 45 ming) urugʻ koʻchat oʻstiriladi. Kartoshkaning urugʻlarini bir qismini qishda maxsus tayyorlangan chirindi (torf + chirindi) bilan toʻldirilgan, kattaligi 1 x 1 x 1 sm qogʻoz yoki karton qutichalarga 14 ekib qoʻyiladi, yorliqlar bilan ta‘minlanib bahorgacha harorati 3 – 5 0 S boʻlgan joyda saqlanadi. Bahorda bu qutichalar issiqxonaga koʻchirilib, namlatilib 10 kundan keyin oʻsimliklari bilan kattaroq chirindili, kattaligi 7 x 7 x 7 sm li qutichalarga koʻchiriladi. Tajribalarda kartoshka urugʻini maxsus qogʻozdan tayyorlangan, ichi chirindi bilan toʻldirgan, stakanchalarga ekib, issiqxona yoki parnikda joylashtirib urugʻ koʻchat hosil qilish mumkinligi kuzatilgan. Urugʻ koʻchatlarda 5–7 haqiqiy barglari hosil boʻlgandan keyin (urugʻ ekilgandan 45 – 55 kun oʻtgandan keyin) koʻchatlar dalaga ekilib parvarish qilinadi. Oʻzbekiston sharoitida kartoshka urugʻ koʻchatlari pomidor koʻchati ekilishidek, qator orasi 70 sm, koʻchatlar orasi 20 – 25 sm qilib ekiladi. Yil davomida tuproq nam holatda saqlanish va yumshatib turilishi, oziqlantirish, sugʻorish, kultivasiya ishlari vaqtida va sifatli oʻtkazilish lozim. Oʻrganilgan usullardan maxsus idishcha chirindi stakanchalarida urugʻ koʻchat o`stirish yaxshi natija berishi aniqlandi. Urugʻ koʻchatlardan yetishtirilgan ayrim oʻsimliklar tubidan 1,0–1,5 kg gacha yaxshi shakllangan kartoshka tuganaklarini hosil qilganligi kuzatildi. Kartoshka seleksiyasida bosh usul boʻlib duragaylash hisoblanadi. Oʻzidan changlatish orqali navlarni hosil qilish yoʻli bilan bir vaqtda duragaylash ishlari boshlandi. Tur ichida duragaylash: Birinchi yuqori hosilli, noqulay sharoitlarga, kasalliklarga chidamli Lorx, Korenevskiy kabi koʻp kartoshka navlari tur ichida navlararo duragaylash natijasida yaratilgan. Tur ichida navlararo duragaylash kartoshka seleksiyasida, yangi navlar yaratish maqsadida Angliya, Fransiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarda keng qoʻllaniladi. Bu duragaylash yuqori hosilli, ayrim kasalliklarga nisbiy chidamli navlar hosil qilishga olib kelsa ham, ularning kasallik va zararkunandalarga chidamliligini ta‘minlay olmas edi. Shunday qilib Solanum tuberosum turining navlararo duragaylashi katta muvaffaqiyatlarga olib kelmadi. Faqatgina kartoshkaning S. tuberosum turi 15 navlarini boshqa turlar bilan duragaylaganda yangi qimmatli navlarni yaratish katta imkoniyatlari tugʻiladi. Turlararo duragaylash: Bu usulni S.M.Bukasov Janubiy Amerikadan koʻp miqdorda kartoshkaning har xil turlarini olib kelib, jahon kolleksiyasida bu turlar har tomonlama oʻrganilib, ularning qimmatli belgi va xususiyatlari aniqlangandan keyin, taxminan 1930 yillarda qoʻllanila boshlanadi. Kartoshkaning har xil kasalliklarga chidamli yovvoyi va madaniy turlarni duragaylash ishlari boshlandi. Masalan, S. demissum turi fitoftoraga chidamli navlar yaratish uchun, S. andigenum turi esa kraxmallilikni oshirish ham fitoftora ham nematodaga chidamlilik seleksiyasida foydalaniladi. Turlararo duragaylashda bir muncha qiyinchiliklar mavjud. Ba‘zi turlar bir biri bilan chatishmaydi yoki navlarni yovvoyi turlar bilan chatishtirganda yovvoyi turlarning belgilari dominant boʻlib rivojlanishi (stolonlarni uzunligi, mayda tuganakli, yomon ta‘mli va boshqalar). Buning uchun chatishmaslikni yengish usullari va bekkrossdan foydalaniladi. Bekkross usuli: Tanlab olingan turlararo duragaylarni F 1 bir yoki bir necha marta ota yoki ona sifatida olingan nav bilan chatishtirish. ♀A x B♂ F 1 (A x B) x B yoki (A x B) Bu usulda turlararo duragaylar asosida juda koʻp kartoshkaning yuqori hosilli, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlari yaratilgan. (S. demissum x S. tyberosum) x S. tuberosum) Kartoshka xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutida har xil kolxisinlash usullarini samaradorligini aniqlash maqsadida quyidagi usullar oʻrganilgan: 1) urugʻlari nishlanguncha 0,5% li kolxisin eritmasida ivitilgan filtr qogʻozida oʻstirish. 2) urugʻ pallari fazasida maysalarning oʻsuv nuqtasiga uch yil davomida 1%li kolxisinni tomchilab ta‘sir etish. 3) shu usulni oʻzi faqat kolxisin ta‘sir qilgangacha bir sutka oldin 24 soat davomida 5 0 C haroratda saqlash. (maysalarni dastlab sovutish tomchilari usuli). 16 Tajribada modul sifatida kartoshkaning toʻrt turidan foydalaniladi: S.phureja (2n=24), S. tuberosum (2n=48), S. acaule (2n=48), demissum (2n=72)/ tajriba natijalari 3-jadvalda keltirilgan. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling