Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
SELEKSIYA URUGʻCHILIK EKINZORLARDA OʻTKAZILADIGAN
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
SELEKSIYA URUGʻCHILIK EKINZORLARDA OʻTKAZILADIGAN
FENOLOGIK KUZATISHLAR Darsning maqsadi: Fenologik kuzatish oʻtkazish nav va namunalarning oʻsuv davri davomiyligini aniqlash tartibini oʻrganish. Topshiriq: 1. Navlarda fenologik kuzatishlar oʻtkazish tartibi bilan tanishish. 2. Nav sinashlarda fazalararo davrlar va oʻsuv davri davomiyligini aniqlash. Seleksion paykallarda oʻrganilayotgan namunalarning oʻsuv davri davomiyligini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Uning maqsadi oʻsimliklarda fenofazalarning oʻtishi va unga asoslangan holda namunalarni oʻsuv davri davomiyligini aniqlashdan iborat. Fenologik kuzatishlar oʻtkazish tartibi quyidagicha: 1. Kuzatish koʻz bilan chamalab oʻtkazilganligi uchun bir kishi tomonidan ertalab yoki kechki paytda olib borilishi lozim. 2.Kuzatish har bir oʻsimlik nav va namunalari ekilgan dalani kamida uch joyida (boshida, oʻrtasida, oxirida) oʻtkaziladi. 3.Kuzatish faqat bir tomonlama olib boriladi. Fenologik kuzatish boʻyicha rivojlanish fazalarining boshlanishi (10 foiz) va toʻliq (75 foiz) oʻtishi oyning qaysi kuniga toʻgʻri kelish sanasi dala jurnaliga yozib boriladi. Jurnalda navlarning ekish muddati, rivojlanish fazalarining davomiyligi va hosilni pishib yetilish muddati hisobga olinadi. Shular asosida oʻrganilgan navlarning fazalararo davr davomiyligi aniqlanadi va tezpisharligi baholanadi. Oʻsimlik unib chiqqandan to hosili pishguncha boʻlgan davr oʻsuv davri davomiyligi yoki vegetasiya davri deyiladi. Har bir ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fenologik fazalari belgilanadi. Kartoshka ekinida quyidagi rivojlanish fazalari mavjud va bu fazalar davomiyligi navlar boʻyicha quyidagicha davom etishi mumkin: 1. Ekish-unib chiqish fazasi (16-25 kun). 9 2. Unib chiqish-shonalash fazasi (22-26 kun). 3. Shonalash-gullsh fazasi (11-16 kun). 4. Gullash-palak sargʻayish fazasi (35-45 kun). Kartoshka navlari oʻsuv davri davomiyligi boʻyicha quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1. Ertapishar navlar (65-70 kun). 2. Oʻrtaertapishar navlar (70-80 kun). 3. Oʻrtapishar (80-100 kun). 4. Oʻrta kechpishar (100-120 kun). 5. Kechpishar navlar (120-150 kun). Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling