Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov
Toʻqima, hujayra va protoplastlar usuli
Download 32.28 Kb. Pdf ko'rish
|
25063 (2)
Toʻqima, hujayra va protoplastlar usuli. Kartoshkani hujayra devori
boʻlmagan hujayra va uning agregatlaridan, ya‘ni protoplastlaridan oʻstirib yangi oʻsimliklar yetishtirish mumkinligi aniqlangan. Hujayra va toʻqima ekini usulida olingan shakllarda kuchli oʻzgarishlar boʻlishi isbotlangan. Bunday oʻzgarishlar soni genotip, oʻsimlikning regenerativ qismi, regenerantlarning kallus holati davomiyligi va boshqa omillarga bogʻliq. Toʻqimalardan oʻsimliklarni yetishtirish quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: - viruslardan sogʻlom oʻsimliklarni yetishtirish uchun; - genotiplarni xalqaro almashish maqsadida; - viruslarga chidamlilikni baholash ishlari uchun steril oʻsimliklarni olish uchun; - urugʻchilik uchun sogʻlom dastlabki material yetishtirish maqsadida. Tadqiqotlarda apikal meristema toʻqimalaridan tashqari boshqa qismlaridan, masalan, barg eksplantantlari va tuganaklaridan yetishtirilgan oʻsimliklarda genetik oʻzgarishlar yuzaga kelishi mumkin. 24 Ma‘lumotlarga koʻra, toʻqimalardan yetishtirilgan oʻsimliklarda yuz berishi mumkin boʻlgan genetik, oʻzgarishlar morfologik oʻzgaruvchanliklar 1,8x10 -3 dan 4,6x10 -5 variatsiya koʻrsatkichlariga ega boʻladi. Belgilarning oʻzgaruvchanligini mutagenlar bilan ishlash orqali kuchaytirish mumkin. Hujayra va protoplastlar ekinini olish uchun oʻsimliklarni barg yoki boshqa qismlarining sterillangan boʻlaklaridan fermentlar yordamida alohida protoplastlar ajratib olinadi. Protoplastlar, hujayra va kallus ketma-ketligida ularning boʻlinishi, oʻsishi va regenerasiyasi uchun qulay oʻzuqa muhitiga oʻtkaziladi. Kikut va boshqalar tomonidan yaratilgan usulda oʻrganilgan kelib chiqishi har xil 36 ta dastlabki materialidan ya‘ni kartoshkaning S. tuberosum (2x, 4x), S.brevidens, S.demissum, va S. pennelli turlarining 32 ta klonidan har xil ozuqa muhitida oʻstirib ulardan 69% ida oʻsimtalar olishga erishgan. Protoplastlardan yetishtirilgan birinchi bir qancha guruh oʻsimliklar Shepard va Tottenlar tomonidan olingan. Ular tomonidan Russet Burbank navining protoplastlaridan oʻsimliklardagi katta oʻzgaruvchanliklar kuzatilgan. Bunday oʻzgaruvchanliklar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham boshqa navlardan yetishtirilgan protoplast ekinlarida ham kuzatilgan. Bunday oʻzgarishlar quyidagi koʻrinishda namoyon boʻlishi aniqlandi: 1. Abbereg oʻsimliklar (oʻzgarishlar sezilmaydigan oʻsimliklar); 2. Oʻsimlik gabitusi, barg, gul, shakli va rangi, tuganaklar uyasini kompaktligi; 3. Fiziologik oʻzgarishlardan – gullash davri, oʻsuv davrini davomiyligi; 4. Qoʻtir, barg buralish va virusiga, sovuqqa chidamliligi va boshqa belgi xususiyatlarda. Bunday oʻzgarishlar kommus davrini davomiyligi bilan bogʻliq boʻlib variabkllik darajasi 1-16gacha boʻlishi aniqlangan. Somaklonlarni in vitroda tanlash toʻgʻrisida 1985 yilda Vensel tomonidan yozilgan. Bunday oʻsimliklardagi oʻzgarishlar trakslokosiya tipidagi xromasomalarni oʻzgarishi bilan bogʻliqligi aniqlangan. 25 Somaklonlardagi bu oʻzgarishlarni seleksiyadagi ahamiyati toʻgʻrisida ba‘zi ikkilanishlar boʻlishiga qaramasdan bir necha yillar davomida keyingi tuganaklar reproduksiyalarini oʻrganishi shunday xulosa qilish mumkinki, bu oʻzgarishlar genetik harakterga ega boʻlib, ularda kerakli belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan oʻsimliklar formalarini yaratish mumkin. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling