Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti


II BOB. ISLOM DININING ShARQ MA’NAVIY MADANIYaTIDA


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana10.05.2020
Hajmi0.55 Mb.
#104708
1   2   3   4   5
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni


II BOB. ISLOM DININING ShARQ MA’NAVIY MADANIYaTIDA 

TUTGAN O’RNI VA ROLI 

2.1. Islom osoyishtalik, bag’rikenglik va oliyjanoblik dini

Islom  dini  asrlar  davomida  O’rta  va  Yaqin,  Sharq  mamlakatlari,  jumladan 

O’rta  Osiyo  mintaqasida  yashab  kelgan  xalqlarning  nafaqat  diniy  e’tiqodi,  balki 

turmush tarzi, milliy urf-odatlari, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil 

etib, ezgulik manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Islom ta’limoti, uning ma’naviy-

axloqiy  qadriyatlari  dindorlar  va  umuman  dindor  bo’lmagan  kishilarning  qalbiga 

yaxshilik,  poklik,  halollik  hissiyotini  singdirishga,  insoniylikka  xos  odob-axloqni 

shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bugun ham bu vazifasini ado etib kelmoqda. 

Islom  dini  tarqalgan  mintaqalarda  uning  oliyjanoblik  o’gitlari  tenglik, 

bag’rikenglik  osoyishtalik  g’oyalari  keng  yoyilib,  odamlar  qalbiga  chuqur  singib 

ketgan  va  shaxs  ruhiyati  va  ma’naviy  dunyosini  boyitishda  muhim  omil  ekanligi 

ravshan.  Shuningdek,  islom  bilan  kirib  kelgan  arab  tili  va  yozuvi  O’rta  Osiyoda 

ilm-ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishida sezilarli ta’sir yetkazgan, 

xususan ilmiy tadqiqotlar arab tilida yozilgani ma’lum.  

Islom,  uning  qadriyatlari  inson  va  jamiyatni  ma’naviy  poklanishida  yo’l 

ochadi.  Zero,  islom  ta’limotida  ezgulik  va  poklikka  da’vat  etuvchi,  inson 

ruhiyatiga  ko’tarinki  ta’sir  qiluvchi  boy  ma’naviy  o’gitlar  bisyor.  Islomiy 

qadriyatlarni  tadqiq  etish,  real  hayotdagi,  xususan  mustaqillik  sharoitida  uning 

ahamiyatni  o’rganish  bugungi  kun  talabidir.  Shu  bois  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

shunday  degan  edilar:  «Biz  musulmonchilikning  ulus  madaniy  qadriyatlari 

huquqini  qayta  tikladik.  Binobarin,  qalbimiz  bu  bebaho  xazinani  chuqurroq  idrok 

qila  borgani  sayin,  xalqning  hayoti  ma’naviy  jihatdan  boyroq  va  axloqiy  jihatdan 

pokizaroq bula boradi»

1



Markaziy  Osiyo,  jumladan  O’zbekiston  xalqlari  hayotiga  islomning  kirib 

kelishi  odamlarning  ma’naviyatini  boyib  borishiga,  ruhiyatining  baquvvat  va 

axloq-odobining  ibratli  bo’lishiga  xizmat  qilgan.  Islom  ta’limoti  manbalariga 

tayanib, 

ulkan 

kashfiyotlar 



qilgan 

va 


islomning 

mazmun-mohiyatini 

                                                 

1

 



Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T.3, T, «O’zbekiston», 1996, 285-bet.

 


 

34 


mukammallashiga  salmoqli  hissa  qo’shgan  allomalar  va  muhaddislar  yetishib 

chiqqan, ularning boy merosidan xalqimiz bahramand bo’lgan. 

Buyuk  allomalar  –  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil  al-Buxoriy  (810-

870),  Abu  Iso  Muhammad  ibn  Iso  at-Termiziy  (820-892),  Abu  Mansur  al-

Moturudiy  (vafoti  945).  Burhoniddin  al-Marg’inoniy  (1123-1197),  Mahmud 

Zamahshariy  (1075-1044),  Imom  Abul  Mo’min  an-Nasafiy  (1027-1114),  Xoja 

Ahmad  Yassaviy  (1041-1167),  Najmiddin  Kubro  (1145-1221),  Xoja  Abduxoliq 

ibn  Abdujamil  G’ijduvoniy  (1103-1179),  Bahouddin  Naqshband  (1318-1389) 

Islom  ma’naviy  ta’limotining  yuksalishi,  uning  musulmon  olamida  nufuzini 

oshirishga  juda  katta  hissa  qo’shganlar.  Ularning  diniy  –  falsafiy  qarashlarida 

dunyoviy, insoniy mazmun va fikrlar yuqori darajada yoritilgan, Qur’oni Karim va 

Hadisi 


sharifning 

ma’naviy-ma’rifiy  mazmuni,  shariat  axloqiy-huquqiy 

ko’rsatmalarining  bayoni  ifodasini  topgan.  Bu  ulkan  ma’naviy  va  diniy-falsafiy 

meros shaxs ma’naviyati va madaniyatining shakllanishida xizmat qilib kelmoqda. 

Buyuk  allomalar  boy  merosi  tufayli  islom  ta’limotining  osoyishtalik,  oliyjanoblik 

va bag’rikenglik mazmun va g’oyalari musulmon olamida keng tarqalgan. 

Islom  ta’limoti  mahalliy  xalqlarning    o’z  milliy  madaniyati,  urf-odatlari  va 

marosimlarini  bajarishini  ayniqsa  hanafiya  mazhabi  taqiqlamagan,  islomiy 

qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar yonma-yon rivoj topib uyg’unlashib borgan. 

Islom o’z mazmun mohiyati bilan unga e’tiqod qiluvchi odamlarning millati, 

irqi,  yoshi,  jinsidan  qat’iy  nazar  yuksak  fazilatlar  ruhida  tarbiyalaydi. 

Insonparvarlik, adolat, halollik, poklik, kamtarlik, sabr-toqat, qanoat, shukronalik, 

boshqa  dinlarga  ehtirom,  oliyjanoblik  kabi  insoniy  fazilatlarini  targ’ib  etuvchi 

tamoyillar  fuqarolik  jamiyatini  qurilayotgan  mamlakatimizda,  milliy  g’oyani 

shakllantirish  mazmuniga  hamohang  bo’lib  xizmat  qiladi.  Islomning  bunday 

oliyjanob  tamoyillari  va  kishilarning  dunyoqarashini  shakllantirishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Islomning kishilar turmush tarzi, urf-odati, milliy xususiyati, ijtimoiy hayoti 

bilan chambarchas bog’liqligi odamlar o’rtasida hamdardlik, hamkorlik, birodarlik 

mehru  shafqatlikni  tarbiyalaydi.  Islom  ta’limotida  dinlararo  totuvlikka  alohida 



 

35 


e’tibor  berilgan,  diniy  e’tiqodga  majburlab  kiritishga  yo’l  qo’ymilmagan. 

Qo’r’onning  «Baqara»  surasida  shunday  deyilgan:  «Dinga  zo’rlash  yo’q,  zero, 

to’g’ri yo’l yanglish yo’ldan ajrim bo’ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar)ni inkor 

etib,  Allohga  iymon  keltirsa,  demak,  u  mustahkam  xalqani  ushlabdi»  (2:256). 

Islom  ta’limotida  majburlash  yo’q.  Bu  jihatdan  «Hanafiya»  mazhabi  o’zining 

demokratik tamoyillari bilan dindorlarga erkinlik beradi, dinga e’tiqod qilish tabiiy 

ehtiyoj asosida amalga oshadi. Undagi ezgulik va poklikni targ’ib etuvchi g’oyalari 

odamlar  qalbiga  chuqur  o’rnashadi.  Islom  paydo  bo’lgan dastlabki davrlarda ham 

Arabiston  Yarim  orolida  turli  dinlar  mavjud  edi.  Ana  shunday  sharoitda  har  bir 

dinning o’ziga xos mavjudligi, rivojlanishi uchun diniy bag’rikenglik tamoyili bor 

edi.  Qur’oni  Karimning  «Kofirun»  surasida  bunga  to’g’ri  javob  berilgan.    Ya’ni 

unda:  «Sizlarning  diningiz  sizlar  uchun,  mening  dinim  mening  uchundir» 

deyilgan»

1



Shaxs ma’naviy axloqiy kamolotining yuksalishida hadisi sharif g’oyalari va 

shariat  ko’rsatmalarida  adolat  va  insof,  insoniylik,  to’g’rilik  hayotiy  qoida  va 

talablar  o’z  ifodasini  topgan.  Bunda  islomga  e’tiqod  qiluvchi  shaxs 

ma’naviyatining to’g’ri yo’nalishda borishi bayon etgan va asrlar davomida diniy 

va  milliy  qadriyatlarning  uyg’unlashuvi  inson  va  jamiyatning  ma’naviy 

tiklanishiga  xizmat  qilgan.  Tinchlik,  osoyishtalik  muammosi  hozirgi  zamonda 

global mazmunga ega. Tinchlik, barqarorlik insoniyat tarixida, uning taraqqiyotida 

bosh omil  hisoblanadi.  Olimlarning  tadqiqotlariga binoan  jahon  tarixida qariib  16 

ming  marta urushlar bo’lib, yer  yuzi aholisining yarimini o’limiga sabab bo’lgan. 

Shu  bois  sayyoramizdagi  hayotni  saqlash  har  bir  kishi,  butun  insoniyatning  oliy 

darajasidagi burchidir. Shuning uchun ham bu xayrli faoliyatdan dunyodagi har bir 

vijdonli inson,  shu  jumladan barcha  dinga  e’tibor qiluvchilar va  diniy  tashkilotlar 

ham  o’zlarini  chetga  olmayaptilar.  Bu  sohada  jahon  dinlarining  hissalari  kam 

emas. 


Islom  –  tinchlik  dinidir.  Islom  paydo  bo’lishi  sabablaridan  biri  ham  arab 

qabilarlari  o’rtasidagi  nizolarga  barham  berish,  ularni  yagona  din,  yagona  xudo-

                                                 

1

 



Qarshiyev Sh. Ma’naviyat va islomiy qadriyat. Samarqand, «Zarafshon», 2010, 75-bet.

 


 

36 


Allox  g’oyasi  ostida  birlashtirish  edi.  Bu  olijanob  ishni  Allohdan  vahiy  olgan 

Quraysh  qabilasining  farzandi  Muhammad  Alayhi  Salom  o’z  zimmasiga  oldi  va 

Islom dini vujudga keldi (VII asr boshida). «Islom» so’zi arabcha bo’lib, «itoat va 

bo’ysunish», «Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish» degan ma’nolarni bildiradi. 

Keyingi  yillar  tadqiqotlarida  yuqoridagi  tafsilotga  yana  «Sulh,  tinchlik  va 

omonlik» ma’nolari qo’shilgan»

1

.   


Islom  tadqiqotchilarining  aytishicha  Qur’onda  «Tinchlik»  so’zi  40  marta 

uchraydi. Tinchlik tushunchasi «salom» degan, ya’ni tinchlik va xotirjamlik degan 

ma’noni  anglatadi.  Shuningdek,  islom  dini  qandaydir  bir  qavm,  ya’ni  urug’ga 

qaratilgani  bilan  emas,  balki  u  barcha  toifa  xalqlarga  munosabatda  bo’lishi  bilan 

qodir  xudo  tomonidan  xalqlar  boshini  birlashtirishda  qaratilganligi,  xalqlar  va 

elatlarni  bir-birlarini  sevishga  chaqirishi  orqali  tub  ma’noda  jahon  dinlarining 

biridir. 

Sayyoramizda  tinchlikni  saqlash  istiqbolini  ijobiy  hal  qilish  uchun  barcha 

dindorlarning  dinga  e’tiqod  qilmaydiganlar  bilan  hamkorlik  vositalarini  izlab 

topish  hamda  tinchlikni  asrash  davr  taqozosidir.  Dindor  kishi  hyech  kim  urushni 

xohlamaydi. Bu sohada diniy tashkilotlar va din ulamolarining hissalari kam emas. 

Tinchlik  va  osoyishtalik  g’oyalari  din  ulamolarining  xalq  orasidagi  chiqishlarida, 

namoz oldin xutba va janoza o’qish paytida, matbaa va televideniye orqali targ’ib 

etiladi,  odamlarni  hushyor  bo’lishga  da’vat  etadi.  Buyuk  muhaddis  Imom  al-

Buxoriy  islom  dinini  dunyo  ahliga  insonparvar  va  omonlik  dini  sifatida 

tanishtirgan. Chunki «tinchlik va gumanizm-islom dini va islom sivilizasiyasining 

asl mohiyati va haqiqiy maqsadini o’zida mujassam etgan»

2

 va shu asarda 11 hadis 



misol keltirilgan. Unda qo’yidagi satrlarni o’qiymiz: «Yaxshi inson bo’l, yaxshilik 

qil, zolim bo’lishdan o’zingni saqla. Tinchlikni saqla, dushmanlikdan hazar qil»

3



Istiqlol  tufayli  O’zbekiston  diniy  bag’rikenglik  (tolerantlik)  va  dinlararo 



murosa  borasida  nafaqat  MDH  ichida,  balki  butun  dunyoga  namuna  bo’lmoqda. 

Bu  haqda  Moskva  va  butun  rus  patriarxi  marhum  Aleksiy  II  sobiq  AQSh  davlat 

                                                 

1

 



Jo’rayev U., Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi. «Toshkent islom universiteti nashriyoti», 2001, 100-bet.

 

2



 Баракаев Х. Саидов И. Великий корифей науки Имом ал-Бухари. Самарқанд, «Сугдиѐн», 1998, с.26. 

3

 Баракаев Х, Саидов И. Ўша асар, 40-бет. 



 

37 


kotibi Madlen Olbrayt va hozirgi davlat kotibi Xillari Klinton yurtimizda tashriflari 

vaqtida ta’kidlab o’tdilar

1

. Bugun O’zbekistonda 15 ta diniy konfessiya, jumladan 



provoslav,  katolik,  protestant,  arman-garigorian,  yahudiylik,  buddaviylik 

cherkovlari, baptist, yevangelist va boshqa diniy uyushmalari qonun asosida erkin 

faoliyat yurgizmoqda. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo 

bo’lgan emas, u uzoq tarixga ega. 

Ma’lumki,  ilk  qadimgi  zamonda  xalqlar  va  elatlar  o’rtasida  umuman  diniy 

adovat  bo’lmagan.  Qadimgi  dunyo  aholisining  tasavvurida  har  bir  davlat,  har  bir 

shahar va har bir qabila o’z mahalliy bosh xudosi va koinot hamda tabiat kuchlarini 

ifodalovchi  juda  ko’p  boshqa  xudolarga  sig’ingan.  Bu  xudolar  bir-biriga  aynan 

o’xshash bo’lsada, - ammo har bir xalqning tilida turli ismlar bilan nomlangan. 

Tarixdan  ma’lumki  islomgacha  ilk  o’rta  asrlarda  (V-VII)  O’rta  Osiyo 

hududida  turli  dinlar  yonma-yon  mavjud  bo’lib,  dinlararo  murosa  tarzida  faoliyat 

yurgizgan: Sug’diyona va Xorazmda – zardushtiylik, Janubiy hududlar va Sharqiy  

turkistonda – buddaviylik, shuningdek, xristianlik, shomonlik, moniy dini mavjud 

bo’lgan.  Buddaviylik  Kushon  podsholigining  rasmiy  davlat  dini  e’lon  qilingan. 

yuqoridagi  dinlarga  e’tiqod  qiluvchilari  o’rtasida  qarama-qarshilik  va  nizolar 

bo’lmagan.  

Vaholanki  XVI  asrda  yevropada  katolisimdan  xristianlikning  alohida 

yo’nalishi sifatida paydo bo’lgan protestantlik ko’pgina qarshilikka uchradi. Hatto 

Fransiyada  diniy  urushlarni  keltirib  chiqardi.  Baxtli  tasoduf  tufayli  O’zbekiston 

tarixi  bundan  mustasno  tarzda  kechdi  deyish  mumkin,  ya’ni  bizda  diniy  asosda 

birorta urush sodir bo’lgani yo’q. 

VIII asr boshida Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi 

monoteistik  din  va  mahalliy  dinlarning  bir-biriga  o’zaro  singishi  natijasiga  O’rta 

Osiyo  xalqlari  ijtimoiy  ongida  ajib  o’zgarish  yuz  berdi:  ular  Allohni  qabul 

qilganlari  holda  xuddi  shu  ma’noda  ko’chmanchi  turkiy  elatlar  Tangri  atamasini 

ishlatishni ham davom eta berdilar. 

                                                 

1

 



Jo’rayev U. I.Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi, T., 2001, 156-bet.

 


 

38 


IX  asrdan  boshlab  hozirgi  O’zbekiston  hududida  islom  dini  sunna 

yo’nalishining  hanifiya  (Imom  A’zam)  mazhabi  qaror  topdi.  Bu  ham  bejiz 

bo’lmasa kerak, zero Imom A’zam mazhabi o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga 

nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. 

Hanifiylik  ta’limotini  takomulga  yetkazgan  vatandoshlarimiz  –  Imom 

Moturidiy  va  Imom  al-Marg’inoniy  kabi  allomalar  orasidagi  g’oyaviy 

tarafkashlikka  barham  berish,  islom  dinining  sunna  yo’nalishi  va  alalxusus,  «ahli 

sunna  va  jamoa»  yo’li  barqaror  bo’lib  qolishiga  katta  hissa  qo’shdilar.  O’rta 

Osiyolik  hukmronlar  ham  bu  yo’lda  kurashdilar.  Masalan,  X  asr  o’rtalarida 

musulmon  dunyosida  shia  yo’nalishi:  Shimoliy  Afrika,  Misr,  Suriya,  Hijozda-

fotimiylar, Yamanda-zaydilar va hatto abbosiylar poytaxti Bag’dodda-buvayhiylar 

ustunlikka erishgan bir paytda o’rtaosiyolik tohiriy, somoniy, g’aznaviy, qoraxoniy 

hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni himoya qildilar. 

XII-XIV  asrlarda  Movaraunnahr  aholisining  diniy  tafakkurida  yana  bir 

muhim  o’zgarish  yuz  berdiki,  buning  natijasida  Yassaviya  (Ahmad  Yassaviy), 

Kubroviya  (Najmuddin  Kubro)  va  Naqshbandiya  (Bahouddin  Naqshband)  kabi 

tasavvuf tariqatlari shakllandi. O’rta Osiyoning tasavvuf ahli islom dinining ilg’or 

vakillari  sifatida  obro’-e’tibor  topdilar.  Boshqacha  aytganda,  bu  davrda  va 

keyinchalik ham islom tasavvuf shaklida Movaraunnahr aholisi uchun g’oyaviy va 

ma’naviy birlashtiruvchi kuch rolini o’ynaydi. 

O’z  davrining  ramzi  bo’lgan  Sohibqiron  Amir  Temur  e’tiqod  va 

ma’naviyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir 

Temurni e’tiqodi  komil  inson  sifatida  ta’riflaydi.  Eng  muhimi,  Amir  Temur  «ahli 

sunna  va  jamoa»ga  doim  sodiq,  diniy  aqidaparastlikka  qat’iy  qarshi  bo’lgan. 

Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin tushungan; uning komil e’tiqodi 

boshqa  dinlarni  rad  etish  hisobiga  bo’lmagan  va  shu  jihatdan  ham  u  nafaqat  o’z 

asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir

1



Umuman  olganda,  O’rta  Osiyoda  Sovet  hokimiyati  o’rnatilgunga  qadar 

Islom  dini  jamiyatning  ma’naviy  og’izi  vazifasini  bajarib  keldi.  Ammo  qaramlik 

                                                 

1

 



Jo’rayev U. I.Saidjonov. O’sha asar. 158-bet.

 


 

39 


yillarida,  marksistik  ilmiy  ateizm  hukm  surgan  davrda  ma’naviy  madaniyatning 

tarkibiy qismi bo’lgan din qattiq ta’kib va taz’yiqqa tushdi. XX asrning 30-yillari 

dinga  qarshi  hujum  boshlandi,  minglab  diniy  va  diniy  bo’lmagan  ilmiy  va  badiiy 

kitoblar arab xurufatida bo’lganligi uchun diniy deb yo’q qilindi, yuzlab masjid va 

madrasalar  omborxonalarga  aylantirildi,  dindorlar  ta’qib  ostiga  olindi,  ruhoniylar 

qatag’on qilindi. O’sha yillar O’zbekistonda «Xudosizlar» nomi bilan o’zbek tilida 

jurnal  nashr  etildi.  Bundan  atiga  20  yil  burun  diniy  bayramlar  va  marosimlar 

taqiqlangani, hatto sevimli xalq bayrami «Navro’z»ga ham diniy tamg’a urilib man 

qilingan edi, tasavvuf zararli deb topildi. 

Istiqlol  tufayli  o’zligimizni  anglash,  ma’naviy  qadriyatlarimizni  tiklash 

jarayoni  kechayotgan  hozirgi  paytda  umuman  dinga,  jumladan  islom  diniga 

munosabat tubdan o’zgardi. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha davlatlarga yuz 

bergani  kabi  O’zbekistonda  ham  xalq  ta’limi  sohasining  jahon  andozalariga 

moslashtirilishi  davlat  tili,  an’analar,  milliy  madaniyatga  e’tiborning  ortishi, 

bularning  hammasi  obyektiv  ravishda  diniy  omil  ahamiyatining  yuksalishiga  olib 

keldi.  Shuningdek,  jamiyatda  siyosiy  partiyalar,  jamoat  tashkilotlari,  kasaba 

uyushmalarining  saviyasi  yetarli  darajada  emasligi  ham  diniy  omilga  qaysidir 

ma’noda  ularning  o’rnini  to’ldirishga,  nufuzli  kuchga  aylanishiga  imkon  yaratib 

berdi.  Bular  tabiiy,  obyektiv  jarayondir.  Lekin  mustaqillik  yillarida  kutilmagan 

voqyealarga ham duch kelindi. Bu – ba’zi qo’shni mamlakatlarda siyosiy va diniy 

barqarorlik  mavjud  bo’lmagani  bois  diniy  ekstremistik  guruhlarning  ko’payib 

ketgani  va  ularning  mamlakatimizga  bevosita  tahdidi  vujudga  kelganidir. 

Masalaning  murakkabligi  shundaki,  diniy  eksterimizm  xalqaro  terrorizm  bilan 

uyushib  ketdi  va  endilikda  bu  muammoning  yechimi  bir  mamlakatning  qo’lida 

emas,  balki  u  global  miqyosida,  jahon  hamjamiyatining  amaliy  chora-tadbirlar 

o’tkazishini talab qiladi.  

Ana shunday murakkab vaziyatda ham O’zbekiston  hukumati oqilona, diniy 

bag’rikenglik  siyosatini  olib  bormoqda.  Respublikamizda  Islom  bilan  bir  qatorda 

15  diniy  konfessiya  qonun  asosida  emin-erkin  faoliyat  ko’rsatmoqda. 

Fuqarolarning millati, irqi, dinidan qat’iy nazar barcha uchun teng huquqlar Qonun 



 

40 


orqali  kafolatlangan

1

.    O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  18,  31,  61 



moddalari  diniy  huquq  masalasiga  bag’ishlangan.  Fuqarolarning  dinga  bo’lgan 

munosabatlarini  tartibga  solish  maqsadida  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 

to’g’risida»gi  qonunning  (yangi  tahriri)  1998  yil  qabul  qilindi.  Buni  diyorimizda 

ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan ko’rmoqda va e’tirof 

etmoqda. Bejiz emaski, «Din va demokratiya» nomi ostidagi xalqaro konferensiya 

2000  yili  Toshkentda  o’tkazildi,  2007  yil  Toshkent  shahri  «Xalqaro  Islom 

madaniyati  markazi»  e’lon  qilindi.  Usha  yili  sentyabrida  Toshkent  Islom 

universitetida dinlarni qiyosiy o’rganish bo’yicha YuNESKO kafedrasi ochildi.  

Toshkent  Islom  universiteti  faqat  islom  dini  bilan  bog’liq  fanlar  bilan 

cheklanib  qolmasdan,  boshqa  dinlarni  tadqiqi  bilan  shug’ullandi.  Dunyodagi 

barcha  dinlar  hatto  qadimgi  ibtidoiy  dinlar  ham  insoniyat  ongi  va  tafakkurida 

muayyan iz qoldirgan. Bizda ularni «yo’q bo’ladi» deb emas, balki borligiga, bir-

biri bilan qiyos qilgan holda o’rganiladi.  

XX  asr  bashariyat  tarixiga  ikki  jahon  urushi  sodir  bo’lgan  asr  sifatida 

yozildi.  Bugun  jahon  afkori  ommasi  XXI  asr  –  tinchlik  asri  bo’lmog’i  uchun 

kurashmoqda.  Bu  yo’lda  diniy  bag’rikenglik,  dinlararo  muloqot  katta  ahamiyat 

kasb  etadi.  An’anaviy  diniy  bag’rikenglik  o’lkasi  sifatida  ma’lum  va  mashhur 

bo’lgan O’zbekiston bu jabhada ham o’z burchini sharaf bilan ado etmoqda. 

Yuqorida  ko’rganimizdek,  O’zbekistonda  islomdan  boshqa  dinlar  ham 

mavjud.  Ularga  ham  qonun  doirasida  teng  sharoit  yaratib  berilgan.  Ularni 

kamsitishga  yo’q  qo’yilmaydi  va  qonunga  mos  istaklari  ro’yobga  chiqarilmoqda. 

Masalan,  1995  yilda  Vazirlar  Mahkamasi  Rus  pravoslav  cherkovi  Toshkent  va 

O’rta  osiyo  arxiyepiskoni  Vladimirning  Muqaddas  Uspenskiy  kafedrial  sobori 

huzurida  diniy-ma’muriy  Markaz  ochish  hamda  1996  yilda  Yeparxiyaning  125 

yilligini  nishonlash  to’g’risidagi  takliflarini  qo’llab-quvvatlandi.  Zero,  diniy 

totuvlik  ham  jamiyat  taraqqiyotining  eng  muhim  omillaridan  biridir.  Prezident 

I.A.Karimov  bu  tantana  qatnashchilariga  yo’llagan  tabirigida,  jumladan,  bunday 

deb  qayd  etgan  edi.  «Musulmonlar  va  xristianlarning  O’zbekiston  zaminida 

                                                 

1

 



O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T., «O’zbekiston», 1992, 18 modda.

 


 

41 


birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning timsoli va barcha 

din  vakillariga  nisbatan  bag’rikenglikning  eng  yaxshi  namunasi.  Bu  jarayonda 

Toshkent  va  O’rta  Osiyo  yeparxiyasining  ham  hissasi  borligi  quvonchlidir». 

Darhaqiqat,  xristianlikni  O’rta  Osiyo,  jumladan  O’zbekistonga  kirib  kelishi  ilk 

O’rta  asrlarga  mansub.  Arxeologlar  olib  borilgan  qazishmalar  shundan  dalolat 

beradiki,  O’zbekiston  hududida  V  asrda  xristianlik  jamaolari  mavjud  bo’lgan. 

Bunga  Urgut  tumanining  Qo’shtepa  qishlog’idan  topilgan  yodgorliklar  misol 

bo’ladi. 

Prezident  I.A.Karimovning  Imom  Moturidiy  tavalludiing  1130  yilligiga 

bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida qo’yidagi satrlarni o’qiymiz: 

«Imom  Abu  Mansur  Moturidiy  qoldirgan  merosning  yana  bir  ibratli  tomoni 

shundaki,  u  diniy  e’tiqod  borasida  ashaddiylik  va  toqatsizlikni  rad  etadi, 

mo’tadillik  va  bag’rikenglikni  yoqlab  chiqib,  bu  muhim  tamoyilni  jamiyat 

hayotining 

mezoniga 

aylantirishga 

intiladi. 

Imom 


Moturidiy 

ta’limoti 

insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insoniyat hayoti va taraqqiyotini yaxshilik, poklik 

sari,  adolat  sari  yo’naltirishga,  odamlarni millati, tili, dinidan  qat’iy  nazar,  o’zaro 

ahil, bahamjixat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi». 

O’zbekiston – dunyoviy davlat. Dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilgan, 

lekin din davlatdan ajratilgani bilan jamiyatdan ajratilgan emas. Har bir demokratik 

davlat kabi  O’zbekiston ham  o’z  fuqarolari  uchun  vijdon  erkinligi qonunini  e’lon 

qilgan.  O’zbekiston  fuqarolari  dinga  munosabatidan  qat’iy  nazar  qonun  oldida 

tenglar O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy 

tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri) biror dinga imtiyoz berilmasligi, 

barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tenglik e’lon qilingan va u amalda ham 

ta’minlangan. Shuning uchun O’zbekiston – an’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi 

sifatida dunyo  jamoatchiligi  tomonidan  e’tirof etilgan.  Istiqlol sharofati tufayli va 

shaxsan  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  tashabbuslari  bilan  diniy  islohotlar 

sohasida juda ko’p misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  hozirgi  davrda  dinning  insoniyat  hayotidagi 

ahamiyati  haqida  bunday  degan  edilar:  «Insoniyat  murakkab  jarayonni  boshidan 



 

42 


kechirayotgan hozirgi davrda dinni turli xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni 

ma’naviy  va  ruhiy  jihatdan  yaqinlashtirish,  zulm  va  zo’ravonlikka  qarshi 

birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir». 

Bu  so’zlarni  dinning,  jumladan,  islom  dinining  tinchlikni  saqlaydigan  va 

oliyjanoblik sifatida, uning bag’rikengligi yaxlit o’z ifodasini topgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

43 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling