Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- «IJTIMOIY-IQTISODIYOT» FAKULTETI Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi «
- MAVZU: MA’NAVIY MADANIYAT TARKIBIDA DINNING O’RNI
- II BOB. ISLOM DININING SHARQ MA’NAVIY MADANIYATIDA TUTGAN O’RNI VA ROLI
- XULOSA
- I BOB. MA’NAVIY MADANIYAT VA DIN 1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din
1
TA’LIM VAZIRLIGI Alisher Navoiy nomidagi SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI «IJTIMOIY-IQTISODIYOT» FAKULTETI Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi «Siyosatshunoslik. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi mudiri, f.f.n. dots. M.Muxtorov ________________________________ «______» ________________2012 yil MALAKAVIY BITIRUV ISHI Mavzu: «Ma’naviy madaniyat tarkibida dinning o’rni » Bajardi: «Falsafa» ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Isaqova Elmira Axrorovna
Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi dotsenti M.Sharopov __________________________
Samarqand – 2012 2
1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din…………………………………………..6-17 1.2. Ma’naviy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni…18-31
2.1. Islom osoyishtalik, oliyjanoblik va bag’rikenglik dini………….…32-41 2.2. Islom tasavvufida komil inson talqini…………………………..…42-50 2.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriy atlarning o’rni………………………………………………………..…51-58
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………...……64-65 3
4
Hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri tarixiy-madaniy va diniy-falsafiy merosimizni o’rganishdir. Buni insonlarning milliy-madaniy yaxlitligi ibtidosi manbai bo’lmish ma’naviy yangilanishdan boshladik. Chunki har qanday madaniyatning asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va ta’limotlar yotadiki, ularni o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va ta’limotlar yotadigan, ularni o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining shakllanishida asosiy sarchashma hisoblangan ma’naviy manbani bilish mumkin emas. Jamiyat shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli mustaqillik tufayli davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi tarzida idrok etilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy islohotlar jarayonida din va diniy tashkilotlarga munosabat tubdan o’zgardi. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, dinni odamlar uchun zararli deb topish, kurashgan ateizm tamoyiliga mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy va ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga yo’l ochilib, unitilgan urf-odatlarimiz, milliy an’ana va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklashga muvaffaq bo’ldik. Buning boisi shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’lanib, odamlar turmush tarzi, milliy urf-odatlariga aylanib, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etgan. Jahon dinlarining biri sifatida islom ta’limoti, uning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ham asrlar davomida Sharq mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning qalbiga ezgulik, poklik, halollik, insorparvarlik, mehnatsevarlik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos
odob-axloqni shakllantirish, ma’naviy boyligini saqlab, uni avlodlardan – avlodga yetkazib berishga xizmat qilib kelgan. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy va diniy qadriyatlarning ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni haqida shunday
5 degan edi: «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir» 1 .
huquqlari qonun asosida kafolatlangan. Din mustaqililk ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Din, jumladan islom dini mamlakatimizda ma’naviy madaniyatning fenomeni sifatida e’tirof etilgan, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat qonun asosida amalga oshirilmoqda. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonun (yangi tahriri, 1998) buning dalilidir. O’zbekiston an’anaviy diniy bag’rikenglik (tolerantlik) o’lkasi sifatida jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan
2 . Asrlar davomida insoniyatning ma’naviy-axloqiy va madaniy qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan ardoqlangan umuminsoniy axloqiy qadriyatlar mustaqillik sharoitida odamlarning ma’naviy tarbiyasida, ularning komillik sari intilishiga xizmat qiladi. Sobiq Sovetlar davlatining parchalanib ketishi va MDHning vujudga kelishi, shuningdek, globallashuv va integrasion jarayonlarning kuchayishi tufayli dinga qiziqish ortib bormoqda. Keyingi yillarda din sohasida nashr etilgan adabiyotlarda, taniqli olimlarning tadqiqotlarida din va uning muammolariga yangicha yondashuv, uni ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi sifatida o’rganish, turli dinlarining jamiyat hayotida tutgan o’rnini va funksionallarini har tomonlama tadqiq etish, dinlarning nafaqat islohiy, balki zaminiy mazmuni va hayotiyligini bayon etish fanda hukm surmoqda 3 . 1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T., 8 Toshkent, «O’zbekiston», 2000, 341-bet. 2 Республикада 15 диний конфессия қонун асосида эркин фаолият юргизмоқда. 3 Религии мира. Энциклопедический словарь Ф.А.Брокгауза и Н.А. Эсфрона. М., «Вече», 2006, Васильев Л.С. История религий Востока. М., 1999; Яблоков М.Н. Религиоведение. М., 2001; Гуревич П.С. Философия культуры. М., 1995. Радугин А.А. Введение в религиоведение. М., 2000; Ильин В.В. Кармин А.С. Носович Н.В. Религиоведение Спб,.2008.
6 Mazkur tamoyilni Respublikamizda mustaqillik yillarida chop etilgan risola va darsliklarda hamda islom muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlarda kuzatish mumkin
1 . Malakaviy bitiruv ishimizda yuqorida ko’rsatilgan manbalarga tayangan holda dinga, jumladan islom diniga ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, ma’naviy fenomen sifatida yondashib, uning mohiyatini, turli dinlarning har xil davrlarda jamiyat hayotida tutgan o’rnini tahlil etib, uni odamlar uchun ruhiy – ma’naviy kuch bag’ishlovchi ijtimoiy hodisa ekanligini bayon qilishga jur’at qildik. Ushbu ishimizda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ma’naviy islohotlar jarayonida din va diniy tashkilotlarga bo’lgan munosabatning tubdan o’zgarish, xalq ma’naviyatining muhim sohasi bo’lmish diniy qadriyatlarning inson hayoti uchun zarurligini, xususan hozirgi zamonda xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish vositasi ekanligini yoritishga o’rindik.
1 Абдусаметов А.Э. Динлар тарихи. Т., 2004; Мўминов А. ва бошқалар. Диншунослик. Т., 2004; Бозоров О., Худойқулов А. Ахлоқий қадриятлар ва ислом. С., «Зарафшон», 1992; Жўраев У., Саиджонов И. дунѐ динлари тарихи. Т., 2001; Оқмуродов Т., Дин ва ҳурфикрлилик тарихи. Т., 1995; Бозоров М., Мардонов Р. Диншунослик асослари. С., 2002.
7
1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz» 1 . Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat masalalari millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda. Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda ko’p omillar – siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir yetkazadi. Ma’naviy qadriyatlar – bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. Har bir davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, quruq, bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish avlodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi.
1
taraqqiyot kafolatlari. T.: «O’zbekiston», 1997, 137-bet.
8 O’zbekiston xalqlarining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning aytganlaridek ikki jabhani – olamni ilmiy bilishi va diniy – falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi. Ota – bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, ilmiy kashfiyotlari, badiiy asarlari, axloqiy ta’limotlari bugungi ma’naviy tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni zararli deb topish, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyatining ilk bosqichlaridan shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan. Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib, shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas – tuganmas kuch- qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman» 1 .
1 «Миллий тикланиш», 1998, 27 октябрь. 9 Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat uzluksiz jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarida o’zining chuqur ta’sirini topgan. Ma’naviyatning mohiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov shunday bayon qilganlar: «Ma’naviyat deganda, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman»
1 . Bu ta’rifda ma’naviyatning haqiqiy mohiyati, ko’pqirrali mazmuni, uning tarkibiy qismida dinning o’rni ham ifodasini topgan. Ma’naviyat sohasida tadqiqot olib borgan Muhammadjon Imomnazarov esa, ma’naviyatni «inson qalbida aks etgan ilohiy» nur, Oliy haqiqat nuridir», - deb baho beradi. Sobir Mirvaliyev uni «odamiylik, insoniylik majmuasi» sifatida tushuntiradi. Har holda din jamiyat va inson ma’naviy hayotida alohida o’rin tutadi. Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo’lgan ishonch, e’tiqodda namoyon bo’ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan biri sifatida ham madaniyat tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Mutaxassislar fikricha diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo’lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi. Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan xudo, payg’ambarlar, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton. «Muqaddas yozuvlar, ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz. Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog’liq bo’lgan ojizligi, zaifligi, qo’rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonning diiny amaliyotlari esa xudoga toat-ibodat, diniy talablar va marosimlarni bajarish, nazr- niyozlarni o’z ichiga oladi» 2 . Insoniyat jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo’lgan emas. Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o’rtasidagi
1 Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch», T., «Ma’naviyat», 2008, 29 bet. 2 Маданият ва жамият. Т., «Ўзбекистон», 1993, 27-бет. 10
murakkab munosabatlar sabab bo’lgan. Olimlarning fikricha ilk diniy tasavvurlar, asosan, paleolit – qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lgan. Din ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining muayyan bosqichida insonning dahshatli va tushunib bo’lmaydigan tabiat kuchlari oldida ojizligini ifodalaydigan ma’naviy hodisa sifatida paydo bo’lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning sirli hodisalarini tushunish sohasida tajriba to’plab borgan. Buning oqibatida kishilar ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy kuch bor, bu kuchlar o’z mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan tasavvurlar hosil bo’lgan. Diniy tasavvurlar shakllanishining ilk bosqichida yakkaxudolilik emas, aksincha, tabiat va jamiyatning rang-barang hodisalarida, «muqaddas-ruh», «jon» va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga kelgan. Buning natijasida kishilar narsalarga, o’simliklarga, hayvonlarga va shunga o’xshashlarga e’tiqod qo’yib, ularga sig’inganlar. Animiylik, feteshlik, totemiylik, afsungarlik kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday aqidalar negiz bo’lgan. Real mavjud va ayni vaqtda, g’ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo’lgan predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishlik afsungarlik bilan bog’langan bo’lib, hodisalar yo’nalishini sehrgarlik bilan o’zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb hisoblangan ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil mohiyat - «ruh» sifatida ajratiladi, oqibat – natijada tanadan alohida yashovchi «jon» (animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug’chilik jamiyati barham topishi jaryonida qabilaviy dinlar o’rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo’lgan ko’pxudolikni ifodalovchi dinlar paydo bo’ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar so’nggi bosqichlarida esa jahon dinlari – buddizm (milloddan avvalgi VI-V asrlar) xristivnlik (I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi. Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va rivojlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik (ko’pxudolilik), xususiy mulkning paydo bo’lishi bilan bog’liq ravishda shakllangan ijtimoiy 11
munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik) dinlar yuzaga kelgan. Milloddan avvalgi VI asrda Eron va Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan zardushtiylik va keyinchalik kirib kelgan buddaviylik, xristianlik, yaxudiylik va islom dini yuqoridagi xususiyatlarni o’zida ifoda etadi. Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda, mehr- muruvvat, o’zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o’tmishda inkor etilgan edi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi roli butunlay yo’qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o’ziga xos bebaho qadriyatlari, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Tafsirlarni, diniy allomalarning jahon e’tirof etgan asarlarini o’rganish zararli deb topildi. Milliy istiqlol tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida diniy qadriyatlarning tutgan mavqyei o’z o’rniga qo’yildi. Istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo’l bilan kirib borishning asosiy tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi va taraqqiy etishiga ko’mak beradigan ma’naviy omillardan ustunlik bilan foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir. Ma’naviyatimizning tarixiy ifodasi va o’zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy qadriyatlar bu jarayonda o’ziga xos mavqye tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz turmush tarzi diniy an’analar bilan milliy urf-odatlar shu qadar chambarchas bog’lanib ketganki, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi 1 .
Diiny qadriyatlarning islohotlarni amalga oshirish sharoitida kishilarni yuksak axloqiy ruhda kamol toptirish bilan bog’liq asosiy xususiyatlari va funksiyalari jamiyat ruhiyati, xalq turmush tarzi, umuman, ma’naviyat tizimi negizida qarab chiqilmog’i kerak. Shu ma’noda, milliy va umuminsoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan diniy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi. «Madaniyatshunoslik asoslari» mualliflarining qayd qilganidek, darhaqiqat, mulk shakllarining xilma-xil mehnat
1 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., «O’zbekiston», 1994, 22-bet. 12
xaraktiriga, taqsimot masalasiga belgilovchi ta’sir ko’rsatuvchi, bu fuqarolar turmush darajasining rang-barangligiga olib keldi, biroq bu xilma-xillikni xalqimizning umuminsoniy tamoyillari hisoblangan soflik, halollik, diyonatlilik kabi fazilatlar uyg’unlashtirib turadi. Ayni vaqtda, muqaddas dinimiz islom ham insonning bosqinchilik, zo’rovonlik, o’g’rilik, poraxo’rlik, bo’hton, sotqinlik, sudxo’rlik, g’iybat, chaqimchilik, tuhmat, xiyonat, qimor bilan bog’liq illatlarini qoralaydi, moliyaviy ishlarga qalbaki bitim tuzishga taqiqlaydi 1 . Hozirgi paytda tijorat va iqtisod sohasiga bozor tashvishlari bilan band tadbirkorlik, fermerlar, tijoratchilarni kirib kelishi, o’z-o’zidan ravshanki, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish masalasini keltirib chiqaradi. Binobarin, tijorat va iqtisodiyot ishlarining ko’lami uni tashkil etuvchilar va amalga oshiruvchilar oldiga yuksak ma’naviy fazilat egasi bo’lish mas’uliyatini qo’yadi. Bunday yuksak tuyg’uni tarkib toptirishda musulmonchilikning eng muqaddas tamoyillari negiz bo’lib xizmat qilishi kerak. Buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning xadisi shariflarida bayon etilishiga, mol-dunyosi ko’p odam badavlat emas, balki nafsi to’q inson badavlatdir, savdo-sotiqda hiylakorlik, bozorni kasod qilish maqsadida ataylab narx-navoni oshirish va aldamchilik qilish makruhdir 2 . Islom qadriyat sifatida yolg’iz diniy qoidalar, ko’rsatmalar, tamoyillar yig’indisidan iborat emas, ayni vaqtda, u kishilar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik, huquqiy munosabatlarning ham ifodasidir. Shu ma’noda, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning islom dini va uning sofligini saqlash asosida jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga erishganligini esga olish o’rinlidir. «Temur tuzuklari»da qayd etilishicha, davlat agar dinu diyonat asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati, tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalong’och odamlarga o’xsharkim, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasi nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshik-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi» 3 .
1 «Madaniyatshunoslik asoslari». T., 2006, 96-97-bet. 2 Ismoili al-Buxoriy, Hadis, 4-jild. T., Qomuslar bosh tahririyati, 1992, 204-b 3 Temur tuzuklari. T., 1991, 57-bet.. 13
Amir Temur o’z siyosiy-ijtimoiy faoliyatida hamisha Alloh, tafakkur, qilich, kitob kabi tushunchalar bilan birga iymonga suyanib ish tutishni ta’kidlaydi. Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan xususiyatdir. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elut xalqining or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi. Yuqorida aytilgan fikolar umuman din, xususan islom va islomiy qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan buyuk ma’naviy salohiyatini tasavvur etishga asos bo’ladi. Mamlakatimizda milliy istiqlol tufayli bozor munosabatlari tomon qo’yilgan har bir qadam ma’naviy merosimizni, xususan diniy qadriyatlarimizga yangicha munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Yaqin vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy ravishda chetlashtirilgan diniy omillar o’z maqomiga ega bo’lganligi ravshan. Holbuki, «asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o’z navbatida bu falsafiy va axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim» 1 .
musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy faoliyatlariga singdirish ham tarixiy, ham mintaqiy, ham madaniy jihatdan zarurdir, ayni vaqtda, bu – xalqimizning dunyo-qarashi, axloqining mazmunini belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi. Avvambor, din dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o’rnini hisobga olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg’unlashtirish masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o’zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining konstitusion negizga qo’yilishi,
1
Karimov I.A. Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O’zbekiston», 1996, 7-8 betlar..
14
Respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqyei, xalq o’rtasida totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasining ro’yobga chiqishida uning ijobiy ta’sir ko’rsatish kabi murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi. Din davlatdan rasman ajratilgan bo’lsa ham, jamiyatdan ajralmagan va Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «dinning ishi dinniki, davlatning ishi davlatniki», «lekin ayrim kishilar buni noto’g’ri tushunib siyosatga aralashuvlari, osoyishtalikka raxna solishlari, g’arazli niyatlardan foydalanishga, soxta obro’ orttirishda intilishlari mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli yurtimizda erishilgan iymon erkinligi ba’zi g’arazgo’y va mutaassib kishilarga undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar uchun foydalanish xavfini yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A.Karimov Shveysariyadagi «Forum - Fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so’zlagan nutqida bu haqda o’ta jiddiy va qat’iy fikrlari bildirgan edi. «Biz fuqarolik haqida qonun qabul qildik. Bu qonun mamlakatda yashovchi barcha millatlarning huquqlarini shunchaki e’lon qilib qolmasdan, bu huquqlarga kafolat ham beradi. Biz diniy aqidaparastlik va mutaassiblik xavfini bartaraf qildik. Sovet imperiyasi barbod bo’lganidan keyin vujudga kelgan bo’shliqni mana shu aqidaparastlik va mutaassiblik bilan to’ldirishi mumkin va shunday xavf mavjud edi» 1 . Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ham kishilar ong-qarashlarida aqidaparastlik va mutaassiblik shakllanishi xavfi mavjud bo’lib kelgan, bu bugun ham bartaraf etilmaganligi ma’lum. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandasi Mahmudxoja Behbudiy o’z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar qurish poygasi ko’chayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir yerda masjid va bir mulla kifoya edi. Boshqa masjidlar o’rniga maktablar solinib, bunda yig’ilgan faqir va yo’qsullarning bolalalarini o’qitsalar edi, shuncha safil (qo’lidan ish kelmaydigan) kishilar o’rniga o’zi ko’r saturgan bir to’da faol odamlar yetishar edi» 2
1 Karimov I.A.O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., 1993, 241-242 betlar. 2 Iqtibos «Madaniyatshunoslik asoslari» o’quv qo’llanmasidan, 99-b. 15
dinga nisbatan olib borilayotgan oqilona siyosati o’zining ijobiy samarasini berayotganligi ravshan. Boshqa jihatdan, diniy, jumladan islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi, ma’naviy fazilatlari negizini tashkil etishi sir emas. Ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish yo’lidan borayotgan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan paytda milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqning urf-odatlarini, an’analarini, tafakkurini hisobga olish bilan birga diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’lishini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Shuni ham aytish kerakki, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy boylik bo’lib, ularni ezgulikka, poklik, xalollik, vijdoniylikka chorlaydi. Din nafaqat oxiratda, balki shu dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Yaxshilikni istovchi har bir kishi boshqa odamlar qalbiga ezgulik va mehr-muruvvat nurini bag’ishlamog’i darkor, yomonlik yo’liga kirgan odam esa shu fe’l-atvori uchun yorug’ dunyoning o’zida jazosi va ajrimini oladi. Bu axloqiylikning islomiy tamoyilidir. «Kimning amali qanday bo’lsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi, - deb yozadi buyuk alloma Imom G’azzoliy, - u bu dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarning javobini ko’rmaguncha ketmaydi. U bu dunyoda o’z amallariga yarashi muomala ko’radi» 1 . Islom qoidalariga ko’ra, olam yaxshiliklar va ezguliklarga to’la, insonning komil bo’lishligi uchun imkoniyatlar yetarli. Shubha yo’qki, xalqimizning ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda o’zligi islom ta’limoti tufayli uzoq vaqt saqlanib kelgan. Din o’z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni qayta tiklashga da’vat etilgandir. Mamlakatimizda mustaqillik tufayli diniy e’tiqodga keng yo’l ochilgan, dindorlarga e’tiqodlari uchun kafolat berilgan, din mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Bu o’rinda buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning qo’yidagi so’zlari ibratlidir: «Ibodat o’n qism, o’ndan to’qqiz qismi halollikni
1
G’azzoliy. Tavba qilayotgan odamlar. «Milliy tiklanish», 1995, 5 sentyabr.
16
qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir» 1 . Buning ma’nosi shuki, har bir kishi o’z mehnati bilan topgan rizki, mahsuloti hisobiga umr kechirish kerak. Darhaqiqat, din ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar majmuasi, unda xalq axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujassamlashgandir. Bu axloqiy dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq tomonidan vasiyat etib qoldirilgandir. Diniy e’tiqodlar, g’oyalar va ta’limotlar hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va innovasion jarayonlarning chinakam poydevori bo’lib xizmat qilishini ham alohida e’tirof etish lozim. Iqtisodiy, siyosiy, demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz. Shu faoliyat sohiblari bo’lgan insonlarning halolligi, o’z burchiga sadoqati kabi omilarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning osyishtaligi, ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu ma’noda umuman din va islom dini ham hozirgi zamonda tinchlik, iymon, ehson, poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik uchun odamlarni yo’naltiradigan ma’naviy hodisadir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida insonning fe’l-atvori, odobi, dunyoqarashi va umuman ma’naviy dunyosi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat dunyoviy, shuningdek diniy talab va ko’rsatmalari ruhi bilan sug’orilgan bo’ladi. Fuqarolar, jamoalarning ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, o’zligini anglashda diniy qadriyatlarning o’rni ham kam emas. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sharqona islomiy axloq kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun siyosiy- ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqi qilib bo’lmaydi. Mustaqillik sharoitida din va diniy qadriyatlarning yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlarini e’tirof etish bilan birga, haqiqiy islomiy axloq-odob, islomiy qadriyatlar bilan hyech qanday aloqasi bo’lmagan aqidaparastlik, eksterimizmning
1 Абул Муҳсин Муҳаммад Боқир Баҳовуддин Балогардон. Т., «Ёзувчи», 1993, 55-б. 17
har qanday ko’rinishiga qarshi murosasiz kurash olib borish har bir fuqaroning burchidir. Holbuki, adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilayotgan hozirgi har qanday shakldagi aqidaparastlik ijtimoiy taraqqiyotimiz yo’lida to’sqinlik qiladi. Milliy istiqlolimizning ilk qadamlaridanoq dinning jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o’rni oqilona tarzda belgilab olindi. Din mamlakatimizda ma’naviy madaniyat fenomeni sifatida e’tirof etildi, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat qonun asosida amalga oshirilmoqda. Respublikada qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diiny tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi tahriri 1998)buning dalilidir. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitusiyasining 31-moddasida fuqarolarning vijdon erkinligi qonuniy ravishda kafolatlangan. Endilikda kishilarmiz xohlagan biror dinga e’tiqod qilishlari, qonunni buzmagan holda diniy marosim, urf-odatlarini hyech qanday moneliksiz amalga oshirishlari mumkin. I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida…» asarida davlat bilan din o’rtasidagi aloqadorlarning mohiyatini belgilaydigan beshta tamoyil asoslab berilgan. Bundan tashqari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kabi muqaddas kitoblar o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildiki, bulardagi odob – axloq va ma’naviyatga oid ko’rsatmalar ma’naviyatimizni boyitib, tarbiyaviy ishlarimizni olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Islomning axloqiy va ma’naviy ta’limotiga oid bo’lgan «Jomi as-sahiq», «Hidoya», «Mushkot», «Xikmat», «Chor kitob», «Pandnoma» kabi manbalarda insoniylik, ibodatning tartib qoidalari va ularni mukammal bajarishga ko’rsatma berish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng yoritalgan, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan har xil razil xislatlar qattiq qoralanadi, islom ta’limotiga zid bo’lgan fikrlar tozalangan. Prezident I.A.Karimov mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy mustahkamlash jarayonida ma’naviyatni boyitishning alohida o’rni mavjudligini qayta-qayta uqtirmoqda. Shuningdek, Yurtboshimiz yoshlar ongiga dunyoviy bilimlarni 18
singdirish bilan birga, ming yillar mobaynida sinalgan va yuksak diniy tamoyillar bilan uyg’unlashib ketgan odob-axloq ko’rsatmalari asosida ularni tarbiyalash, kamol toptirish ishiga ham alohida e’tibor berayotganligini qayd etish lozim. Hozir dinga bo’lgan munosabatimiz ham tubdan o’zgardi. Dinni «inson uchun zararli», «jamiyat taraqqiyotida to’sqinlik qiladi» degan noto’g’ri tushunchalar o’rniga uning ma’naviy madaniyatimizning ajralmas bir qismi bo’lishi, kishilarni barkamollikka, ezgu ishlarga va birdamlikka o’rgatuvchi bir butun dunyoqarash tizimi, turmush tarzi ekanligini ham anglamoqdamiz. Shuning uchun faqatgina bizning respublikasizgina emas, balki butun MDXda ham dinga ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida qarash, dinning jamiyatdagi funksiyalarini chuqur tahlil qilish, uning hayotiyligini xolisona ko’rsatish tamoyili keng yoyilgan. Necha ming yillar mobaynida insoniyatning ma’naviy – axloqiy va madaniy qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan ardoqlangan umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar mustaqillik sharoitida kishilarimizning axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
19
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling