Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti


 Islom tasavvufida komil inson talqini


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.05.2020
Hajmi0.55 Mb.
#104708
1   2   3   4   5
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni


2.2. Islom tasavvufida komil inson talqini 

   Inson muammosi, uning diniy-falsafiy tahlili islom tasavvufida o’ziga xos 

tarzda bayon etiladi. Tasavvuf so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi. 

A.Krimskiyning  aniqlashicha,  «So’fiy»  so’zi  VIII  asrning  o’rtalaridan  boshlab 

tatbiq  etila  boshlangan  va  u  asosan  komil,  e’tiqodli  kishilarga  nisbatan 

qo’llanilgan

1

.  Ilmiy  falsafiy  adabiyotlarda  ba’zi  hollarda  «Tasavvuf»  va 



«So’fiylik»  tushunchalari  biri-ikkinchisidan  farqlanmasdan  ishlatiladi.  Natijada, 

so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asoslari (tasavvuf) uning amaliyoti (so’fiylik) bilan 

qo’shib  yuboriladi.  Bu  borada  bahslash  bizning  vazifamizga  kirmaydi.  Shunisi 

ma’lumki  Islomning  bu  tamoyili,  ya’ni  tasavvuf  inson  ruhiy-ma’naviy  kamoloti 

haqidagi turli g’oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bo’laklarni birlashtiradi.  

Tasavvuf  O’rta  asrlar  Sharq  falsafasida  inson,  uning  mohiyati  va  ma’naviy 

kamoloti  haqidagi  qarashlarning  shakllanishida  o’sha  tarixiy  davr  madaniy-

ma’naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu ta’limot bir butun, yaxlit 

sistemadan iborat bo’lib, insonparvarlik g’oyalari, adolatli hayot kechirishni targ’ib 

etgan. Afsuski Sho’rolar davrida tasavvuf ta’limoti zararli deb topildi va asta-sekin 

xalq  ma’naviy  hayotida  asosan  unutilib  yuborildi.  Ammo  mustaqillik  tufayli 

tasavvuf ta’limoti, uning buyuk namoyandalarining ma’naviy merosi qayta tiklanib 

bugungi avlodning tarbiyasida xizmat qilmoqda.  

O’rta  Osiyoda  tasavvufning  asosan  Yassaviya  (Ahmad  Yassaviy), 

Kubroviya  (Najmuddin  Kubro)  va  Naqshbandiya  (Bahouddin  Naqshband) 

tariqatlari XII-XIV asrlarda keng tarqalib, islom dinining nufuzini oshirishda katta 

mavqyega  ega  bo’lgan.  So’fizm  ta’limotiga  ko’ra  inson  tanasida  biri  ikkinchisiga 

qarama-qarshi  bo’lgan  ikki  –  rahmoniy  (yaxshilik  ramzi)  va  shaytoniy  (yomonlik 

ramzi)  kuchlar  mavjud.  Inson  komillik  darajasiga  ko’tarilmog’i  uchun  rahmoniy 

kuchning o’z tanasidagi shaytoniy kuchdan g’olib chiqishini ta’minlash malakasiga 

ega  bo’lmog’i  darkor.  Inson,  tanasidagi  barcha  g’azab  shaytoniy  qiliqlar  nafs, 

bilimsizlikdan  kelib  chiqadi.  Xususan  nafs  insondagi  xudbinlikning  zaminidir. 

Xudbinlik  kishilarda  faqat  o’z  manfaati  haqida  o’ylash  kayfiyatini  hosil  qiladi. 

                                                 

1

 Ғиѐс ул-луғот. 2 жилд, Душанбе, 1988, 14-бет. 



 

44 


Nafs  balosiga  giriftor  bo’lgani  kishi  har  qanday  pastkashlik,  axloqiy  tubanlikdan 

yuz  tortmaydi,  harom-xarishdan  hazar  qilmaydi,  asta-sekin  boshqalar  hisobidan 

yashashga ko’nikma hosil qiladi. Oqibatda, bunday kishilar zolim, berahm, riyokor 

bo’lib shakllanadilar. 

So’fiylarning e’tirof etishlaricha, millatlar va elatlar orasida sodir bo’ladigan 

turli  mojarolarning  zaminida  ham  nafs  yotadi.  Nafsni  jilovlay  olmaslik,  molu 

dunyo  to’plashga  hirs  qo’yish,  intilish  insonni  o’tkinchi  lazzat-u  farog’at  bilan 

ardoqlaydi. Natijada bunday kishilar ma’naviy-ruhiy qashshoq bo’ladilar. Shuning 

uchun  inson  o’z  nafsiga  erk  bermasligi  zarur.  Nafsga  erk  bermaslik,  uni  jilovlay 

olish – ma’naviy yetuklik garovidir.  

So’fiylik talablariga ko’ra, nafs va g’azabning kushandasi bilimdir. Bilimga 

ega bo’lishni tasavvuf ta’limoti ulug’laydi. Bunga ko’ra barkamol inson o’z nafsini 

tiya oladigan, aql-farosatni har qanday hissiyotdan ustun qo’ya biladigan insondir. 

Ko’rinib  turibdiki  diniy-falsafiy  ta’limot  bo’lgan  tasavvufda  bilimga  ega  bo’lish, 

bilimni sevish muhim o’rin egallangan. Shu bois hozirgi mustaqillik sharoitida bu 

o’gitlarning bilimli bo’lishning ahamiyati yanada oshib borishi hammaga ravshan. 

Zeroki  hozirgi  zamon  iqtisodiy-ijtimoiy  va  ma’naviy  muammolarining  amalga 

oshirishini  bilimli,  tafakkur  sohibi  bo’lgan  kishilar  hal  etiladi.  Chunki 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  so’zlari  bilan  aytganda  «Komil  inson  deganda  biz, 

avvalo,  ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  xulq-atvori  bilan  o’zgalarga  ibrat 

bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»

1



«Komil  inson»  tushunchasi  tasavvuf  adabiyotida  ko’p  marta  tilga  olingan, 

bahsu  munozaralarga  sabab  bo’lgan,  tadqiqotlar  nashr  etilgan.  Shulardan  Ibn  al-

Arabiy,  Husayn  Voiz  Koshifiy,  Sayid  Abduqodir  Geloniy,  Aziziddin 

Nasafiylarning risolalarni tilga olish mumkin. Ibn al-Arabiy fikricha komil insonni 

Alloh  ilohiy  nurdan  yaratgan.  Ilohiyot  bilimdonlari  ko’rsatishicha,  ilohiy  nur 

barcha mavjudotlardan hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir.  

Ibn al-Arabiy fikriga qaraganda, Alloh ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va 

uning  suvratu  ko’rinishini  «komil  inson»  qiyofasida  zuhur  etdi.  Shu  ma’noda, 

                                                 

1

 



Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq», 1998, 6-b.

 


 

45 


Alloh  odamni  rahmon  suratida  yaratdi,  degan  hadis  mavjud

1

.    Ibn  Arabiyning 



ta’kidlashicha,  komil  insonning  yerdagi  timsoli-hazrati  payg’ambarimiz 

Muhammad  s.a.v.dir.  Ul  zot  vujudida  aqliy,  ruhiy  kamolot,  dunyoviy  va  ilohiy 

bilimlar jamuljam edi. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi, odam ikkinchi barpo 

bo’ldi.  Lekin  olamni  yaratishdan  mantiqan  ko’zlangan  maqsad  odam  edi.  Odam-

maqsad,  olam  vosita  edi.  Buni  Aziziddin  Nasafiyning  «Komil  inson»  risolasida 

ham  ko’rish  mumkin.  U  aytdiki  «inson  olami  sag’ir  (mikro  olam),  ilohiy  va 

moddiy  olam-olami  kabir  (Makro  olam)  dir.  Nasafiy  komil  insonga  ta’rif  berib, 

«komil inson» deb shariat, tariqat va haqiqatga yetuk bo’lgan odamga aytadilar»

2



Ya’ni  komil  insonda  to’rt  jihat  bo’ladi:  yaxshi  so’z,  yaxshi  fe’l,  yaxshi  axloq  va 



maorif. 

Tasavvufda  komil  inson,  bir  tomondan,  xudo  bilan  odamlar  o’rtasidagi 

vositachi,  ilohiy  amr  g’oyibi  asrorni  oddiy  odamlarga  yetkazuvchi  ulug’zotdir.  U 

insonlarning  eng  mukammali,  eng  aqlli  va  eng  donosi.  U  insonlar  jamiyatidan 

yetishib  chiqadigan  mo’tabar  zotdir.  U  azaldan  martabasi  aniq  bo’lgan  ruh  emas, 

balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir. 

Tasavvuf ahli o’qtiradiki, insonga erkin faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan. 

U harakat qilib komillikka erishuvi mumkin. Nasafiy kamolotning ikki belgisi bor, 

deb ta’kidlaydi: birinchisi-yaxshi axloq, ikkichisi o’zligini anglash. 

Bahouddin  Naqshband  675  yilligi  munosabati  bilan  (1993)  Movarounnahr 

musulmonlari  ifodoras  nashri  bo’lmish  «Islom  nuri»  gazetasi  bunday  deb  yozgan 

edi:  «Tasavvuf  –  bu  sodda  qilib  aytganda,  islom  dinimizning  asosiy  manbalari 

bo’lmish Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada kelgan ulug’ insoniy fazilatlarni, 

odob  va  axloqni-yuksak  darajalarga  ko’tarishga  yordam  beradigan,  Allohning 

muhabbatini dunyo va barcha borliq muhabbatidan ustun qo’yishga o’zgaradigan, 

barcha razil sifatlardan poklanishga olib keladigan bir ta’limot demakdir»

3



Tasavvuf  –  odamlarni  halollikka,  kamtarlikka,  poklikka,  tenglikka,  inson 



qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi barcha musulmonlarning teng bo’lib, 

                                                 

1

 Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob, T., 1996, 146-b. .  



2

 Umarov E., M. Abdullayev. Ma’naviyat asoslari. T., 2005, 63-b. 

3

 

Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 21-b.



 

 

46 


har  kim  o’zining  halol  mehanati  bilan  kun  kechirishini,  boshqalarning  kuchidan 

foydalanmaslikni,  ijtimoiy  adolat  qoidalariga  rioya  etishni  targ’ib  etuvchi 

ta’limotdir.  Bunday  maqsadga  erishish  uchun  Allohga  vujudan  berilishi,  uning 

rizosiga  yetishish  orqali  erishish  mumkin,  deb  o’qtiradi.  Bu  maqsad,  ya’ni 

Allohning  visoliga  erishish  bosqichma-bosqich  amalga  oshadi.  Bu  bosqichlar  – 

shariat,  tariqat,  ma’rifat  va  haqiqatdir.  Bu  bosqichlarning  har  birida  inson 

haqiqatga  asta-sekinlik  bilan  yaqinlasha  boradi.  Eng  yuksak  haqiqat  inson  o’z 

vujudi,  ichki  mulohazasi  va  kechinmalari  orqali  yetishgan  bilimdir.  Demak, 

tasavvuf yetuklik va ma’naviy kamolot cho’qqilariga yetishish yo’lidir. 

Dilga  Allohning  nomini  jo  qilish  insonni  qalbini  poklaydi,  uni  iymon, 

halollik,  axloqiy  poklik,  mehnatsevarlik,  insonparvarlik  yo’liga  undaydi. 

Tasavvufning  bu  yo’li,  axloqiy  talablari  o’zining  asosiy  mohiyati  jihatidan  diniy 

e’tiqod va iymonni dunyoviy muammolar bilan bog’langanligi va insoniyligi bilan 

ahamiyatlidir. 

Tasavvuf – insonning (dindorning) komillik darajasiga yetishi bilan Allohga 

yaqinlashuvi haqidagi ta’limot bo’lsa, tariqat – bu komil inson darajasiga erishishni 

ko’rsatuvchi  to’g’ri  yo’l  demakdir.  Ya’ni  ma’naviy  –  axloqiy  poklanish 

bosqichlarini  bosib  o’tishning  yo’l-yo’rig’idir.  Diniy  ulamolarning  aytishicha, 

tariqatning  nishonasi  uchta:  1)  dam  (nafas)  –  aytilishi  lozim  bo’lmagan  narsa 

haqida so’zlamaslik; 2) Qadam – qilinishi  mann etilgan ishlarga qadam urmaslik; 

3)  Karam  –  ish  bilan  shug’ullanish,  shug’ullanganda  ham  kerakli  ish  bilan 

shug’ullanish  va  ayni  paytda  qalb  ibodatini  kanda  qilmasdik

1

.  Har  bir  tariqat 



asoschisi,  albatta,  o’z  yo’lini  ishlab  chiqqan  va  bu  yo’lni  targ’ib  etgan,  o’ziga 

tarafdorlar (murid) to’plagan. 

O’rta  Osiyoda  paydo  bo’lgan  ilk  tasavvufiy  tariqatning  asoschisi  shayxul-

mashoix  unvoniga  musharraf  bo’lgan  Ahmad  Yassaviydir.  (XII)  Uning  aqidalari 

«Hikmat» nomli yagona asarida bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi 

poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, peshona teri mehnati bilan 

                                                 

1

 Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 133-б. 



 

47 


kun  kechirish,  Alloh  taolloh  visoliga  yetishish  yo’lida  insonni  ham  botinan,  ham 

zohiran takomili kabi axloqiy ko’rsatmalar ifodasini topgan.  

Ahmad 

Yassaviy 



mol-dunyo 

to’plashga 

mutlaqo 

qiziqmagan, 

kambag’alparvar  va  g’ariblar  himoyachisi  sifatida  namoyon  bo’lgan.  U 

zamonasining  ezilgan  yo’qsil  toifasini  «g’arib»,  «yetim»,  «faqir»  deb  tilga  oladi, 

ayrim  hollarda  tarki  dunyochilik  mazmunlar  ham  uchraydi.  Lekin  uning 

ta’limotida  dunyodan  butunlay  yuz  o’girilmaydi.  Aksincha,  nodonlik,  jaholat, 

badnafslik,  molu-dunyoga  hirs  qo’yish  kabi  illatlar  qoralanadi  va  odamlarni 

ulardan uzoqlashishga  da’vat  etadi.  Yassaviy  ta’biricha,  agar  inson  o’zini anglasa 

erdi. Haqni biladi, xudodan qo’rqadiyu, insofga keladi. Yassaviy tanlagan yo’lning 

o’ziga xosligi-insonning o’z gunohlarini, axloqiy nuqson va qusurlarini, jumladan, 

tamagarlik, manmanlik, boriga qanoat qilmaslik kabi kamchiliklarni ayovsiz ochib 

tashlash  va  ulardan  xalos  bo’lish  kurashidir.    Bu  yo’l  Yassaviyning  fikricha, 

yagona to’g’ri yo’l-aslida xudo yo’lidir. 

Najmiddin kubro nomi bilan yoyilgan tasavvufning Kubroviya tariqati inson 

muammosiga  ko’proq  e’tiborni  qaratish  bilan  ajralib  turadi.  Shayx    kubro 

tasavvufda  «keng  fe’llik»  yo’lini  tutgan.  Ul  zotning  xonaqosida  sunniy  mazhabli 

shogirdlar  bilan  birga,  shia  mazhabli  shogirdlar  ham  ta’lim  olishgan,  chunki, 

uningcha  tasavvuf  ahli  uchun  parvardigor  ishqi,  diydori  hamma  narsadan  ustun. 

So’fiy ilohiyot olamiga ruhan qo’shilish uchun yashaydi. 

Kubroning  ta’limotida  yuqoridagi  sifatlardan  farqli  ularoq,  javonmardlik, 

vatanparvarlik  g’oyalarini  tariqatga  joriy  etganligidir.  Kishi  umrini  do’stlar 

xizmatiga  bag’ishlagan,  faqat  yaxshilikga  ega  bo’lgan,  mqxtojlarga  yordamini 

ayamagan,  piru  ustozlari,  do’stlarini  sharafini himoya  etgan, ham  zohiran va ham 

botinan pok yurib, pokiza insonlar so’xbatini qozongan kishilar javonmardlar deb 

atalgan.  

Naqshbandiya  tariqatining  asoschilari  Abul  Xoliq  G’ijduvoniy    va 

Bahouddin Naqshband «dil ba yoru dast ba kor» shiori ostida hammani mehnantni 

sevishga  da’vat  etganlar.  Naqshbandiya  tariqatida  insonlarni  har  bir  nafasni 

xushyorlik bilan olish (Hush dar dam), har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish 


 

48 


(nazar  bar  qadam),  o’z  vatanida,  uyida  bo’la  turib,  fikran  va  zikran  butun  borliq 

haqida  fikr  yuritish  (safar  dar  vatan)  va  hokazo  kabi  g’oyalar  ifodasini  topgan. 

Ko’rinib  turibdiki  Naqshbandiya  tariqatida  ilohiylik  insoniylik  bilan  qo’shilib 

ketgan. Shu bois bu shior bugungi kun uchun ham dolzarbligi bilan ajralib turadi.  

Tasavvuf ta’limoti islom odobini, ma’naviyatini yana ham yuqori bosqichga 

ko’tardi.  Insoniylik  mezonlarining  muhim  masalalari  diqqatni  qaratdi.  Kishilarni 

bu dunyoda bir buyuk va muayyan maqsad sari yetakladi. Butun islom axloqining 

eng  muhim  qadriyatlarini  bir  nuqtada  jamladi.  Ana  shu  asosda  komil  inson 

nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Xuddi shu vazifalarni ado etishda adabiyot 

tasavvufga,  tasavvuf  adabiyotga  bog’langan  va  vobastadir.  Chunki  har  qanday 

adabiyot,  oxir  oqibatda  «Insonga  bu  dunyoda  qanday  yashashi  kerak?»  degan 

savolga javob izlaydi.  

Tasavvuf  insonning  komillikka  intilishini  uning  Allohga  etish  sari  yo’li 

tarzida ko’rsatadi va bu umumiy yo’lni «Ishq» deb ataydi. Tasavvuf ham adabiyot 

ham  insonni  o’rganar  ekan,  avvalo  uning  ko’ngliga  tayanadi,  ko’ngilni 

tarbiyalashga,  ko’ngilli  kishisini  voyaga  yetkazishga  intiladi.  Chunki  Alloh 

kishining ko’nglida jilva qiladi. 

Insonning ichki ma’naviy madaniyati mezonlari, uning o’z xudbinligini qay 

darajada  yenga  olganiga  qarab  aniqlanadi.  Tasavvuf    ana  shu  insoniy 

madaniyatining  eng  Oliy  cho’qqisiga  intilgan  falsafa  edi.  Shuning  uchun 

T.Oqmurodovning  «Tasavvuf din  emas,  lekin diniy  oqim,  diniy  falsafadir», - deb 

yozishida ham haqiqat bor

1

.  


Ingliz  tasavvufshunos  olimi  J.S.Trimingem  yozishiga,  O’rta  Osiyoda 

tasavvuf  rivojida  ikki  buyuk  so’fiyning  hissasi  ko’p.  Biri  Abulhasan  Ali  al-

Xoraqoniy (vaf.1034),  ikkinchisi Abu Ali al-Farmadiy (vaf. 1084). Farmadiyning 

ikki shogirdi – al-G’azoliy va Yusuf Hamadoniy musulmon olamida juda mashhur 

bo’lgan.  Ko’p  tariqat  silsilala  ana  shu  ikki  shogirddan  boshlanadi

2

.  Xoja  Ahmad 



Yassaviy  va  Xoja  Abdulxoliq  G’ijduvoniy  –  Yusuf  Hamadoniy  shogirdlari 

                                                 

1

 Оқмуродов Т. Дин ва ҳурфикрлилик тарихи, 149 – б. 



2

 Ўша жойда, 148-б 



 

49 


hisoblanadilar.  Tasavvuf  ko’p  qirrali  bo’lib,  ulkan  adibu  faylasuflarning  ijodiy 

faoliyatida  ta’sir  yetkazgan:  Abdurahmon  Jomiy  va  Alisher  Navoiy  hyeam 

bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar.  

A.Jomiyning  mashhur  «Bahoriston»  asarida  yozilishicha,  shayx  Abusaid 

Abulxayrxon «Tasavvuf nima? «deb so’raganlarida» boshingda ne bo’lsa chiqarib 

va boshqalardan senga nima ozor yetsa ranjimaslik» degan ekan. Haqaqiy so’fiylar 

chindan  ham  bu  shartlarga  qat’iy  rioya  qilganlar.  A.Navoiy  naqgbandiylik 

asoslarini  «qanoat  tariyqi»  deb  atadi  va  buni  butun  ijodi  davomida  sharhlashga 

o’zini bag’ishladi. A.Navoiy insonning Allohga ishqini uning insonga ishqi orqali 

tarannum etgan shoirdir. 

Fariddin Attor, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy kabi yirik shi oru 

mutafakkirlarning  asarlari  tasavvuf  ma’naviy-axloqiy  mazmuni  bilan  sug’orilgan. 

Naqshbandiya tariqatining keyingi taraqqiyotiga, ya’ni XV asrda uni kuchli davom 

ettirgan mashhur shayxlardan biri Xoja Ubaydulloh Ahror Valiydir. 

Naqshbandiya Kichik Osiyo va Kavkazda, Eron va Turkiston, Pokiston va 

Afg’oniston,  Hindiston  va  Turkiyaga  keng  tarqala  bordi.  Ingliz  sharqshunosi 

J.S.Trimingem  yozganidek,  tasavvuf,  jumladan,  Naqshbandiya  falsafasi  «bundan 

buyon  ham  insoniyatning  ma’naviy  barkamolligi  uchun  muhim  hayotiy  ta’limot 

bo’lib qolaveradi».  

Rus  olimi  I.M.Petrushevskiyning  qayd  qilishicha,  ingliz  sharqshunosi 

R.Nikolson  XI  asrgacha  bo’lgan  yozma  manbalarda  «so’fizim»  tushunchasining 

yetmish  sakkiz  ma’nodagi  talqinini  aniqlagan  ekan

1

.  So’fiylikda  zuhd  va  taqvo-



ko’ngilni  foniy  dunyo  gunohlaridan,  g’araz,  tamalardan  tozolash,  va  Xudo 

buyurganiga  amal  qilib,  Alloh  man  etgan  ishlardan  saqlanish  demakdir.  So’fiylar 

fikricha, ilohiy ishq har qanday g’arazli manfaatlardan xoli bo’lishi zarur. 

Tasavvuf  ta’limotiga  ko’ra,  borliqdagi  hamma  xilqatlarda,  xususan, 

odamzodda  ham  lohiy  zarralar  bor,  so’fiyning  maqsadi  ko’nglidagi  ilohiy 

zarralarni  uzoq  va  mashaqqatli  poklanish  yo’lidan  borib,  yana  Allohga 

qaytarishdan  iboratdir.  So’fiylik  yo’lini  tutish  uchun  avval  komil  musulmon 

                                                 

1

 

Karimov Sh., R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob). T., «O’zbekiston», 1997, 230-b..



 

 

50 


bo’lish, shariatning barcha talablarini bekamu ko’st bajarish shart, ya’ni ma’naviy-

axloqiy me’yorlarga tayanib, insoniy sifatlarga (tom ma’noda) rioya qilib yashash, 

kun  kechirish  darkor.  Chunki  insonni  Xudo  o’ziga  o’xshatib  yaratganmi, 

Allohning bu olamni paydo qilishdan ko’zlangan bosh maqsadi ham, aslida, inson 

ekanmi,  demak,  inson  Allohning  bu  muruvvatiga  shukronalar  aytib,  o’zini 

batamom  Allohga  bag’ishlashi,  buning  uchun  esa  o’zini  unga  loyiq  darajada 

poklanish-kamolga  yetkazish  kerak.  Ana  shunday  o’zini  oliy  maqsadga 

chog’lagan, jismini unitib, ruxini Allohga yetar darajada o’stirgan, yetar darajada 

poklagan jism ehtiyojlari tufayli  paydo bo’ladigan jamiki insoniy illatlardan forig’ 

qilgan  kishilar  insoni  komil  bo’lganlar.  Tasavvufiy  aqidalarga  ko’ra,  komil 

insonlar  pirovardida,  shubhasiz,  Alloh  vasliga  musharraf  bo’ladilar,  ruhan  Alloh 

bilan birlashib ketadilar

1



Komil  insonlar  barcha  xalqni  sevishi,  insonlar,  ayniqsa,  g’ariblar, 



bechoralar,  muhtojlar  xizmatida  bo’lishi,  doimo  xudoning  borligi  va  birgaligini 

unutmasligi  kabi  so’fiylik  aqidalariga  ega  bo’lishlari  lozim.  XIII-XIV  asr 

boshlarida  yashab  ijod  etgan  mutasavvuf  olim  shayx  Aziziddin  Nasafiy  «Insoni 

komil» risolasida qo’yidagilarni aytgan: «… Jumla  mavjudot odamzodga shuning 

uchun  sajda  qiladiki,  odamlar  orasida  komil  inson  (!)  bor.  Bas,  jumla  odamzod 

komil inson (!) tufayli (Sharafli)dir. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq 

va  donoroq  narsa  yo’q,  chunki  komil  inson  eng  pastdan  eng  yuqorigacha 

martabalardagi  mavjudotning  xulosasi  (!)  va  qaymog’idir  (!)…  Komil  inson  ilm 

mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham mazharidir»

2



Shunday qilib, tasavvufda komil inson – e’tiqodi kuchli, irodasi mustahkam, 

vujudi  ham  zohiran  va  ham  botinan  pok  kishi  ilohiylashtirilgan  bo’lsa  ham,  u 

dunyoviy mazmunga ega. Shu bois mustaqillik sharoitida bu ta’limotdan o’rinli va 

maqsadga  muvofiq  foydalanish  ahamiyatdan  xoli  emas.  Bu  masalaga  alohida 

e’tibor  berib,  I.A.Karimov  shunday  degan  edi:  «Ma’naviyat  sohasidagi 

ishlarimizning  pirovard  maqsadi  imon-e’tiqodi  butun,  irodasi  baquvvat,  erkin 

                                                 

1

 Sultonmurod Olim. «Buyuk Naqshbandiya». Kecha, bugun, ertaga. «Fan va turmush», 1993, 5-6-son., 15-b. 



2

 

O’sha joyda, 15-bet.



  

 

51 


fuqaro  ma’naviyatini  shakllantirishdir.  Ya’ni  mustaqil  dunyoqarashga  ega, 

ajdodlarimizning  bebaho  merosi  va  zamonaviy  tafakkurga  tayanib  yashaydigan 

barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat»

1



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                 

1

 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T8, T, «O’zbekiston», 2000, 341-



b. 

 


 

52 


3.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy  

qadriyatlarning o’rni 

Ma’naviy  ne’matlar,  jumladan,  diiny  qadriyatlarga  nisbatan  e’tibor 

jonlanishining  asosiy  sabablaridan  biri,  bu  –  juda  kuchli  milliy  uyg’onish 

jarayonidir. Mustaqillik oydin milliy hayotni barqaror etishga umid uyg’otdi. Endi 

odamlar  o’zining  mu’tadil  taraqqiy  etishiga  xalaqit  berayotgan  har  qanday 

to’siqlarni olib  tashlashga  zo’r  havas bilan  kirishmoqdalar.  Bunday  sharoitda har 

bir  millat  vakili  o’zining  kelib  chiqishi,  tomiri,  ildiziga  nazar  tashlashi  tabiiydir. 

Milliy  uyg’onish  esa  ma’naviylikka  harakat,  komillikka  intilish,  an’anaviy 

qadriyatlarga  murojaat  qilishdir.  Afsuski,  sobiq  sho’rolar  davrida  diniy  doirasida 

tashakkul topgan madaniy merosimizni zararli deb topildi. Endi bunday an’anaviy 

boylikni qaytib tiklash zaruriyati sodir bo’lmoqda. Chunki haligi «chiqitga chiqarib 

qo’yilgan» qadriyatlar  tomonidan ardoqlanib, asrab kelingandir

1



Ta’kidlash  joizki,  barcha  dinlardagidek,  islomda  ham  nafaqat  o’tmishda, 



balki  hozirgi  vaqtda  ham  odob-axloq  va  umuman  ma’naviyat  va  insoniylik 

masalalari juda katta o’rin olgan va yetarli darajada keng sharhlanadi. 

Islom  ma’naviyatida  ta’lim-tarbiya,  xususan  komil  insonni  shakllantirish 

masalasi  katta  o’rin  egallagan.  Shu  bois    komillik  –  yaxshilik,  saxovat,  soflik, 

hayo,  muruvvat,  andisha,  adab,  kamtarlik,  sadoqat,  qanoat,  rostgo’ylik,  insof, 

adolat, nekbinlik, bag’rikenglik kabi fazilatlarni o’z ichiga oladi. Unga osonlikcha 

erishib bo’lmaydi. Bunga erishuv-zahmatli sinovlarni yengish demakdir. 

Shuni  ta’kidlash  zarurni  islom  ta’limotida  odob-axloq  muammolari  juda 

katta  o’rin  olgan.  Boshqa  dinlardagidek,  odob-axloq  muammolari  unda  yetarli 

darajada  keng  sharhlanadi.  Nafaqat  o’tmishda,  balki  hozirgi  vaqtda  ham  axloqiy 

masalalarni  yoritishda  din,  jumladan  islom  dinining  mavqyei  ustuvordir.  Shuning 

uchun diniy ko’rsatma va muqaddas axloqiy qonun-qoidalar va me’yorlar dindorlar 

va  dindor  bo’lmagan  kishilar  tomonidan  uzoq  yillar  davomida  yaxlit  holda  qabul 

qilingan.  Bundan  barcha  musulmonlar  uchun  muqaddas  bo’lmish  Qur’on  ham 

mustasno emas. Biz unda axloqiy qadriyatlarning umuminsoniy bayonini ko’ramiz. 

                                                 

1

 Bozorov O., A.Xudoyqulov. Axloqiy qadriyatlar va islom.  Samarqand, «Zarafshon», 1992, 6-b. 



 

53 


Darhaqiqat, Qur’on suralarida, jumladan 4; 29, 6; 152-157 suralarida umuminsoniy 

deb hisoblash mumkin bo’lgan xatti-harakat va tartib-qoidalar bayon qilingan: o’z 

bolalarini  va  umuman  odam  o’ldirish,  o’z  joniga  qasd  qilish  taqiqlanadi. 

Shuningdek,  o’z  ota-onalarini  hurmat  qilish  zarurligini,  to’g’ri  so’zli  bo’lish  va 

ishga  adolat  bilan  yondashish,  o’lchovlarga  aniq  amal  qilish,  yetimlar  va 

bechoralar  mulkiga  tajovuz  qilmaslik  ta’kidlanadi.  Qur’onning  juda  ko’pgina 

suralarida kambag’allarga, musofirlar va qashshoqlarga yordam berish, musibat va 

kulfatlarga  chidamli  bo’lish,  iflos  va  gunoh  ishlardan  o’zini  chetga  olish, 

kechirimli  bo’lish,  o’g’irlik  qilmaslik  va  hokazo  kabi  muqaddas  umuminsoniy 

axloqiy  qoidalar  bayonini  uchratamiz

1

.    Masalan  Allohning  yo’liga  himmat  yuz, 



ming  martaba  oshirib  qaytariladi.  «Baqara»  surasining  261-262  oyatlarida  «Alloh 

yo’lida  mollarini  in’om-ehson  qiladigan  kishilarning  yaxshiligi  yetti  yuz  borabar 

bo’lib  qaytadi…  ular  uchun  hyech  qanday  xavfi-xatar  yo’q  va  ular  g’amgin 

bo’lmaydilar», deyilgan

2



Kambag’allar va begonalarga yordam berish, Alloh uchun qilingan xayrli ish 



hisoblanadi.  Bu  faqat  ilohiy  mazmunga  ega  bo’lmasdan,  balki  o’z  mohiyatiga 

ko’ra  dunyoviy  va  insoniy  ahamiyati  mavjud  ekanligi  ravshan.  Sofdillik, 

vijdoniylik, to’g’rilik Qur’onda e’zozlagan. «Alloh sha’niga yolg’on to’qigan yoki 

uning oyatlarini yolg’on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta bunday 

zolimlar nojat topmaslar («An’om surasi, 21-oyat»)»

3



Yagona  Allohga  e’tiqod  qilishni  Qur’oni  Karim  inson  tabiatining  asosiy 

sifati 


deb 

biladi. 


Xususan, 

«Al-isro»  surasining  23-24  oyatlarida: 

«Parvardigoringiz,  yolg’iz  uning  o’ziga  ibodat  qilishlaringizni  hamda  ota-onaga 

yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har 

ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga yetealar, ularga qarab «Uf» tortma va 

ularning  (so’zlarini)  qaytarma!  Ularga  (doimo)  yaxshi  so’z  ayt    gan!...  «Ular 

uchun,  mehribonlik  bilan,  xorlik  qanoatini  past  tut-xokisor  bo’l  va: 

«Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen 

                                                 

1

 O’sha joyda 7-8-б.  



2

 O’sha joyda 9-б. 

3

 O’sha joyda 10-б. 



 

54 


ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)

1

». Ko’rinib turibdiki bu 



oyatlar zaminiy, hayotiy ahamiyatga ega. 

Islom  musulmonlarni  o’zaro  ittifoq,  birdam  yaxshi  muomalada  bo’lib,  bir-

birovlariga  aziyat  yetkazmaslikka  da’vat  qiladi.  «Komil  musulmon  shunday 

odamki, islom arkonlarini to’la bajarib na tilidan va na qo’lidan musulmonlarga izo 

bermaydi»

2

.  



Xullas,  islomning  ilohiy  ta’limoti  jamiyatdagi  odamlarga  yaxshi  amallarni 

buyurib,  yomon  amaldan  qaytarib,  yaxshilik,  tinchlik,  do’stlik,  hurmat  va 

ehtiromga  undaydi.  Islom  ta’limotida  kamtarlik,  beozorlik,  kamsuqumlik 

e’zozlangan.  Qur’onning  «Ol-i  Imron»  surasidagi  134-oyatida  yozilgan:  (U 

taqvodor  zotlar)  yaxshi  –  yomon  kunlarda  infoq-ehson  qiladigan,  g’azablarini 

ilgariga  yutadigan  odamlarning  (xato-kamchiliklarini)  avf  etadigan  kishilardir. 

Alloh  bunday  yaxshilik  qiluvchilarni  sevadi.  Ammo  «Alloh  zolim  kimsalarni 

sevmaydi». Tarixdan ma’lumki, har qanday din, shu jumladan islom ham o’zining 

boshlang’ich davrida  xalq o’rtasida  mustahkam  mavqyega  ega  bo’lish uchun shu 

dinga  e’tiqod  qiluvchi  odamlar  orasida  foydali  tartib  va  xatti-harakatlarni 

muqaddaslashtiradi.  Shu  sababli  dinga  e’tiqod  qiluvchi  xalqlarning  bir  necha 

avlodlari  hayoti  davomida  mustahkamlangan  rasm-rusmlar  va  udumlarga  zid 

bo’lgan barcha salbiy axloqiy tartiblar ular tomonidan qabul qilinmagan.  

Jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali axloqiy tartib-

qoidalar,  garchi  diniy  aqida  bo’lsa  ham,  shu  jamiyat  hayotidagi  ijobiy  hodisadir. 

Qur’onning  yaratilishi  inson  hayoti  qadr-qimmatining  o’sishiga  asosiy  zamin 

bo’ldi.  Oxirgi  payg’ambarlardan  bo’lmish  Muhammad  Alayhi  salom  insonlarni 

ummatga  birlashtirib,  xudoni  oldida  hammani  barobar,  deb  e’lon  qildi.  Bu  o’z 

zamonasiga  muvofiq  umuminsoniy  qadriyatlardan  biri  edi.  Insonning  ruhiy, 

ma’naviy birligi milliylik birligidan ustun deb e’tirof etildi.  

Muqaddas  kitoblarda  insonlarning  birlashuviga,  do’stligiga  chorlovchi  fikr-

mulohazalar ustunroqdir. Shu bois «Alloh oxiratda nifoq bo’lganlar ustidan hukm 

                                                 

1

 O’sha joyda, 11-б. 



2

 O’sha joyda, 12-б. 



 

55 


chiqaradi», kabi fikrlar insoniyatni birlikka, do’stlikka, hamjihatlikka da’vat etadi. 

Bu g’oya  hadislarda yanada  oddiyroq  bayon etiladi:  «Kimiki  g’ayri  dinni haqorat 

qilsa, qiyomat kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi. Mo’minlar ila bir yurtda 

sulh  ila  yashayotgan  g’ayri  dinni  o’ldirgan  odam  jannat  hididan  benasibdir,  zero 

uning hidi qirq yillik yo’lgacha taralib turadi»

1



Turli  mintaqalarda  yashovchi  millat  va  elatlar  turli  diniy  e’tiqodga 

sig’inzanlar  ham,  bir  xil  baxt-saodatga,  yorug’  maqsadlarga  intilish,  bu  – 

umuminsoniy  qadriyat  sifatida  tarix  va  hayotning  zaruriy  taqozosidir.  Abu  Nasr 

Forobiy  aytganidek:  «Avlodi  bani  bashar  bir  yo’sinda  tavallud  topgay,  inchunin, 

bir yo’sinda, baxtli bo’lmoqlari lozim». 

Sabr-toqat  diniy  tuyg’unlardan  biri  sifatida  doim  ardoqlangan.  Alloh  sabr 

qiluvchilarni sevadi» (3:146). Sabr-toqat faqat Qur’ondagina emas, balki «Bibliya» 

(«Injil») mantlarida ham mavjud

2

.  Sabr-toqat bilan odob saqlash, xokisor bo’lish 



(tovoze’)ni 

o’rgansak, 

xalqning 

muhabbatini 

qozonamiz, 

odamlarni 

do’stlashtiramiz,  takabburlikka  zid  bo’lgan  muloyimlik  va  kamtarlik  yo’lini 

ochamiz.  Bu  bilan  har  qanday  dushmanning  ko’nglida  insoniylik  zavqini 

qo’zg’atish mumkin. Odob insoniy kamolot sifatida yoshlarda ulug’larga nisbatan 

mehr  uyg’otadi,  har  xil  musibat,  azob-uqubatlarni  keltirib  chiqaruvchi 

hurmatsizlik,  manmanlik,  kamsitish,  qo’pollik  va  hakozo  bartaraf  etishga  olib 

boradi.  

«Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’payaversa, xalqning do’stligi, ularning 

bir-biriga  bo’lgan  mehr-muhabbati  borgan  sari  rivoj  topadi.  Agar  kishi  odob  va 

tavoze’ kabi yaxshi xulqqa ega bo’lsa, o’zi ham xalqning izzat-hurmatiga sazovor 

bo’ladi. Odob va tavoze’ mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik do’stlikka 

putur  yetkazadi.  Odoblilik  do’stlik  oynasiga  jilo  beradi  va  ikki  oraga  yorug’lik 

bag’ishlaydi. Tavoze’ va odob egallariga hamma ta’zim qiladi va hurmat bildiradi. 

Odob  urug’ini  ekkan  odamning  hosili  javohir  bo’ladi»

3

-deb,  o’qtirgan  edi 



A.Navoiy. 

                                                 

1

 Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 81-б. 



2

 Этикет у народов Передний Азии. М., «Наука», 1988, с.47. 

3

 Навоий А. «Муҳбуб-ул-қулуб», Т., 1983, 48-бет. 



 

56 


Xullas, sabr-toqat inson  uchun  eng zarur bo’lgan  fazilatlardan biridr.  Islom 

dini bu borada Qur’onning qo’yidagi so’zlariga amal qilishni buyuradi: «… sabr – 

toqat qilingiz! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir» (8:46) yoki «Sabr va 

salot  (namoz  o’qish)  bilan  madad  so’ranglar»  (2:45-46).  Sabr-toqat  axloqiy  duch 

kelganda, ularni Alloh yuborgan sinov deb bilishi kerak. 

Umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlar  ichida  yana  eng  muhimidan  –  insof  va 

andisha  hisoblanadi.  Andishali  (lekin  qo’rqoq  emas)  kishi  xatti  –  harakatining 

oqibatini o’ylab, yuz-xotirni esdan chiqarmay fikr yuritadigan kishilar xalq orasida 

e’zozlanadi. Andisha, mulohaza, insof insonni saodatga olib keluvchi fazilatlarni, 

baxt  uchun  izlangan  narsalarni  tiklay  olish  qobiliyatidir.  Chunki  «andishadi  va 

insofli  kishi  biror  ishni  qilnishidan  oldin,  o’zi  uchun  qayg’urmasdan,  boshqalar, 

ya’ni xalq uchun qayquradi. Andishali, mulohazali kishilarni xalq dono deb atadi 

va  bu  umuminsoniy  fazilat  insondagi  bir  quvvatki,  u  quvvat  sog’lom  aql  deb 

ataladi»


1

.  Islom dini ta’limoti tufayli bu axloqiy qadriyat asrlar davomida saqlanib 

kelingan 

va 


bugun 

mustaqillik 

sharoitida 

kishilarimiz 

ma’naviyatini 

shakllantirishda katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan. 

Kechirish,  gunohidan  kechish,  tavba  qilish  ham  islomning  axloqiy 

ko’rsatmalaridan  biri  hisoblanadi.  Qadim  zamonlardan  boshlab  insoniyat  axloqiy 

munosabatlarida  nojo’ya  xatti-harakat  va  so’zni  tahlil  qilish  jarayonida  kishilarni 

kechirish, vijdon amri bilan insof yuzasidan ish yuritish his-tuyg’ulari shakllangan. 

Gunohkor  odam-hali  jinoyatchi  emas.  Inson  o’z  gunohini  anglab  etishi  mumkin. 

Mana  shu  masala  Qur’onda  juda  muhim  hisoblanadi.  Gunoh  shariat  qonuniga, 

islom aqidalariga xilofdir. Chunki islom ilohiy deb e’lon qilingan tartib-qoidalarga 

itoat  etmaslikni  gunoh  deb  asoslaydi.  Lekin  islomning  insonparvarlik  xususiyati 

shundaki  Alloh  bandalarining  gunohlarini  kechiradi,  avf  etadi,  to’g’ri  yo’lga 

yo’naltiradi.  Islom  axloqi  hududiga  ushlab  turadi.  Gunohni  yuvish,  undan  forig’ 

bo’lish  uchun  kishi  qilmishidan  tavba  qilishi,  uni  takrormasligini  vijdonan  va’da 

berishi  zarur?  «tavba  qilgan  xudoga  yoqadi»,  «xatosiz  ish  faqat  xudoga  xosdir», 

                                                 

1

 Форобий Абу Наср. «Рисолалар», Т., 1975, 11-бет. 



 

57 


deydi  odamlar.  Tavba  qilgan  kishi  taskin  topadi.  Tavba-gunoh  sodir  qilgan 

kishining ko’nglini tozalaydi. 

Din, islom ham bandalarini boshqalarning yomonligiga yaxshilik bilan javob 

qaytarishga  da’vat  etadi.  Bu  da’vat  kishilar  qalbida  dushmanlik  va  nafrat  o’rniga 

muhabbat va do’stlikni joylaydi. Yomonlikka yomonlik qilish-xudoning xohishiga 

zid,  qasoskorlik-rozilik.  Yer  yuzida  odamlarga  ozor  beruvchilar  va  zulm  egalari 

xudoning marxamatidan benasibdir. Islom  mehr-shafqatga nafaqat axloqiy fazilat, 

balki e’tiqodning ajralmas qismi sifatida qaraydi. Shuning uchun har bir musulmon 

rahmdillikka intilishi zarur. 

Islom  mehr-shafqat  va  rahmdillikning  asosiy  dalili  sifatida  «Bismilla-hir 

rahmonir rahim» kalimasini keltiradi. Buning mazmuni: barchaga rahmdil bo’lgan 

va qiyomat kunida bandasiga mehribon bo’ladigan Alloh nomi bilan boshlayman», 

demakdir. Yoki islom Qur’onga tayangan holda «Senga birov yomonlik qilsa, yoki 

qo’pol  muomalada  bo’lsa,  sen  uni  yaxshi  gap,  yaxshi  muomala  bilan  qaytar. 

Shunday  qilsang,  uning  adovati  do’stlikka,  yomon  niyati  yaxshilikka  aylanib, 

o’rtalarida  mehr-oqibat  hosil  bo’lur,  ashaddiy  dshmannining  samimiy  do’stga 

aylanur.  Mehr-shafqatli  odamning  muomalasi  ham  nazokat  bilan  bezalgan 

bo’ladi». Darhaqiqat bunday fazilatga ega bo’lmagan kishilarda muruvvat, saxovat, 

himmatni uchratmaysan. Demak, islom umuminsoniy axloqiy qadriyat hisoblangan 

xushmuomalalikka da’vat etadi.  

Qur’onda  aytiladi:  ezgulik  va  tavba  yo’lida  hamkorlik  qilinglar,  gunoh  va 

dushmanlik  mudaosidagi har qanday  amalni ham  moddiy,  ham  ma’naviy  qo’llab-

quvvatlamangiz»

1

. Demak, rahmdilik shaxs, inson ma’naviyati bilan chambarchas 



bog’liq. Ma’naviyatsizlik esa rahmdillik, achinish bilan birga bo’la olmaydi. 

Umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlar  qatorida  yana  bir  ulug’  farz  borki,  bu-

ehson  (xayr-ehson)  tushunchasidir.  Xayr-ehson,  hadya,  in’om,  xolis  va  beg’araz 

yordam,  yaxshilik  qilish  demakdir.  Bu  islomda  qat’iy  talab  qilingan.  Hazrat 

A.Navoiy fikricha inson uchun «Ulug’ farz ehson qilishdirki, bu haqda ko’p gaplar 

aytilgan…  Ehson  degan  sifatni  abadiy  sifat  deb,  uni  fitna  va  ofatlardan  to’siq… 

                                                 

1

 Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 55-б. 



 

58 


deb  bil.  Insoniyat  bog’ining  eng  go’zal  daraxti-ehsondir…».  Baxil  ehsondan 

qochar,  xasis-mehmondan    degan  hikmatli  so’z  xalq  tomonidan  bexudaga 

aytilmagan»

1



 Islom  dinida,  xususan,  yetim-yesir,  beva-bechora,  musofir,  nogiron, 

xastalarga  mehr  ko’rsatish  amallari  ulug’lanadi.  Masalan,  Qur’onning  «Baqara» 

surasida  «…  o’zi  yaxshi  ko’rib  turib  molini  qarindosh-urug’lariga,  yetim-

yesirlarga…  beradiganlar…  yaxshi  kishilardir»  deyiladi.  Yoki  shu  suraning  274 

oyatida aytilishicha, «mol dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson 

qiladigan zotlar uchun Parvardigorning huzurida ajr bor. Ular uchun hyech qanday 

xavfu xatar yo’q va ular g’amg’in bo’lmaydilar». 

Xayr-ehsonni  qadrlashni  yoqlovchi  hadislar  ham  anchagina.  «Ro’zaning 

hikmatlaridan  biri,  beva-bechoralarga  mehr  ko’rsatishdir…  chunki  ro’za  tutgan 

kishi  qorin  ochganda  beva-bechoralarni  esga  oladi  va  ularga  rahmi  keladi.  Ro’za 

inson qalbida rahmdillikni tarbiyalaydi». Imom at-Termiziyning «Sunan» kitobida 

«Sadaqa muqarrar Allohning g’azabini so’ndiradi va yomon o’limdan saqlaydi»

2



degan iboratli qayd bor. Lekin xayru-ehson, saxovatning ham me’yori va  muvofiq 



shakllari  bor.  Bugungi  kunda  me’rakalarda  haddan  tashqari  dabdabalik, 

isrofgarchilik  ko’rinib  turibdi.  A.Navoiyning  ta’kidlashicha,  «saxovatning  ortig’i 

isrofgarchiliklar,  nom  chiqarish  uchun  gavharni  hovuchlab  sochish,  maqtanish 

uchun  etaklab  pul  berish  saxovat  hisoblanmaydi».  Ma’lumki  nojo’ya  xayr-ehson, 

insonni  ranjitib  qo’yishi  ham  mumkin.  Chunki  xalqimiz  sharafni,  obro’ni  avvalo 

halol  mehnat,  so’ngra  hayo  va  odobdan  deb  biladi.  Qanoat  qilganni,  avaylab-

asrashni, moddiy ne’matlarni qadrlashni xalq ardoqlaydi.  

Shuning uchun xayru-ehson, saxovatni faqatgina sadaqa, moddiy in’om deb 

tushunish  kaltafahmlikdir.  Xayr-ehson  va  saxovat  deganda,  samimiylik,  iltifot, 

izzat-hurmat,  sof  e’tibor  kabi  fazilatlarni  ham  tushunish  kerak.  A.Navoiyning 

ta’kidlaginidek, «O’zingda ko’p bo’lsa, in’om ber; ko’p bo’lmasa, oz berishdan or 

qilma.  Agar qo’l bilan xayr berish iloji bo’lmasa, til bilan naf yetkazish mumkin. 

                                                 

1

 Навоий А. «Маҳбуб ул-қулуб», 45-б. 



2

 

«Islom nuri». 2 (20)-son, 1441 h.-1991 yil. 



 

 

59 


Odamning bir so’z bilan xursand qilish kerak bo’lgan vaqtda unga xazina bersang, 

u  qaramaydi».  Xullas,  «Baxtga  erishish  maqsadida  o’zaro  yordam  bergan  xalq-

fazilatli  xalqdir.  Shu  tartibda  barcha  xalqlar  baxtga  erishish  uchun  bir-biriga 

yordam bersalar butun yer yuzi fazilatli bo’ladi»

1

.  


Ulug’  A.Navoiy  bashorat  qilganlari  bugungi  kunda  jahonda  sodir 

bo’layotgan  integrasion  jarayonlarda,  bashariyat  hamkorligida  yaqqol  namoyon 

bo’lmoqda.  Bu  o’rinda,  ya’ni  umuminsoniy  qadriyatlarning  tiklanishida  dinning 

ham  yuksak  rolini  e’tirof  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  xalqimiz  hayotida, 

uning milliy qadriyatlarni saqlashda va ularni avloddan avlodga yetkazib berishda 

islom  dini  keng  imkoniyatlar  yaratgan.  Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatning 

shakllanishida 

umuminsoniy 

axloqiy 

qadriyatlardan 

foydalanish 

yuksak 


ahamiyatga ega. Chunki umuminsoniy axloqiy qadriyatlar islom ta’limoti negizida 

rivojlanib,  xalqimizning  turmush  tarzi,  milliy  urf-odatlari  va  an’analari  bilan 

uyg’unlashib kelgan va bugun milliy g’oyamizni shakllantirishda keng yo’l ochib 

beradi. 


Jahonda  globallashuv  jarayoni  sodir  bo’layotgan  hozirgi  vaqtda,  uning 

MDH-ga  ham  ta’siri  borligini  madaniyatining  tarkibiy  qismi  bo’lgan  madaniy 

jumladan,  islomiy  qadriyatlarni  asrab-avaylash,  ilmiy  asoslangan  holda  undan 

unumli  foydalanishimiz  lozim.  Milliy  ma’naviyat  va  islomiy  qadriyatlarning 

tiklanishi va ravnaqi nafaqat shaxsning ruhiy poklanishiga, balki o’zligini anglash, 

milliy  g’urur,  milliy  iftixor,  vatanparvarlik,  insonparvarlik  hissini  tarbiyalashda 

keng 

imkoniyat 



beradi. 

Shuning 


uchun, 

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

ta’kidlaganidek,  «Bu  sohadagi  eng  asosiy  vazifamiz  –  milliy  qadriyatlarimizni 

tiklash,  o’zligimizni  anglash,  milliy  g’oya  va  mafkurani  shakllantirish,  muqaddas 

dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik 

yillarida  boshlangan  ezgu  ishlarimizni  izchillik  bilan  davom  ettirish,  ularni  yangi 

bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»

2



 



                                                 

1

 Навоий А. «Маҳбуб ул-қулиб», 52-б. 



2

 

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. T., «O’zbekiston», 2000, 



341-b. 

 

60 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling