Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti
Islom tasavvufida komil inson talqini
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o’rni
2.2. Islom tasavvufida komil inson talqini Inson muammosi, uning diniy-falsafiy tahlili islom tasavvufida o’ziga xos tarzda bayon etiladi. Tasavvuf so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi. A.Krimskiyning aniqlashicha, «So’fiy» so’zi VIII asrning o’rtalaridan boshlab tatbiq etila boshlangan va u asosan komil, e’tiqodli kishilarga nisbatan qo’llanilgan 1 . Ilmiy falsafiy adabiyotlarda ba’zi hollarda «Tasavvuf» va «So’fiylik» tushunchalari biri-ikkinchisidan farqlanmasdan ishlatiladi. Natijada, so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asoslari (tasavvuf) uning amaliyoti (so’fiylik) bilan qo’shib yuboriladi. Bu borada bahslash bizning vazifamizga kirmaydi. Shunisi ma’lumki Islomning bu tamoyili, ya’ni tasavvuf inson ruhiy-ma’naviy kamoloti haqidagi turli g’oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bo’laklarni birlashtiradi. Tasavvuf O’rta asrlar Sharq falsafasida inson, uning mohiyati va ma’naviy kamoloti haqidagi qarashlarning shakllanishida o’sha tarixiy davr madaniy- ma’naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu ta’limot bir butun, yaxlit sistemadan iborat bo’lib, insonparvarlik g’oyalari, adolatli hayot kechirishni targ’ib etgan. Afsuski Sho’rolar davrida tasavvuf ta’limoti zararli deb topildi va asta-sekin xalq ma’naviy hayotida asosan unutilib yuborildi. Ammo mustaqillik tufayli tasavvuf ta’limoti, uning buyuk namoyandalarining ma’naviy merosi qayta tiklanib bugungi avlodning tarbiyasida xizmat qilmoqda. O’rta Osiyoda tasavvufning asosan Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband) tariqatlari XII-XIV asrlarda keng tarqalib, islom dinining nufuzini oshirishda katta mavqyega ega bo’lgan. So’fizm ta’limotiga ko’ra inson tanasida biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lgan ikki – rahmoniy (yaxshilik ramzi) va shaytoniy (yomonlik ramzi) kuchlar mavjud. Inson komillik darajasiga ko’tarilmog’i uchun rahmoniy kuchning o’z tanasidagi shaytoniy kuchdan g’olib chiqishini ta’minlash malakasiga ega bo’lmog’i darkor. Inson, tanasidagi barcha g’azab shaytoniy qiliqlar nafs, bilimsizlikdan kelib chiqadi. Xususan nafs insondagi xudbinlikning zaminidir. Xudbinlik kishilarda faqat o’z manfaati haqida o’ylash kayfiyatini hosil qiladi.
1 Ғиѐс ул-луғот. 2 жилд, Душанбе, 1988, 14-бет. 44
Nafs balosiga giriftor bo’lgani kishi har qanday pastkashlik, axloqiy tubanlikdan yuz tortmaydi, harom-xarishdan hazar qilmaydi, asta-sekin boshqalar hisobidan yashashga ko’nikma hosil qiladi. Oqibatda, bunday kishilar zolim, berahm, riyokor bo’lib shakllanadilar. So’fiylarning e’tirof etishlaricha, millatlar va elatlar orasida sodir bo’ladigan turli mojarolarning zaminida ham nafs yotadi. Nafsni jilovlay olmaslik, molu dunyo to’plashga hirs qo’yish, intilish insonni o’tkinchi lazzat-u farog’at bilan ardoqlaydi. Natijada bunday kishilar ma’naviy-ruhiy qashshoq bo’ladilar. Shuning uchun inson o’z nafsiga erk bermasligi zarur. Nafsga erk bermaslik, uni jilovlay olish – ma’naviy yetuklik garovidir. So’fiylik talablariga ko’ra, nafs va g’azabning kushandasi bilimdir. Bilimga ega bo’lishni tasavvuf ta’limoti ulug’laydi. Bunga ko’ra barkamol inson o’z nafsini tiya oladigan, aql-farosatni har qanday hissiyotdan ustun qo’ya biladigan insondir. Ko’rinib turibdiki diniy-falsafiy ta’limot bo’lgan tasavvufda bilimga ega bo’lish, bilimni sevish muhim o’rin egallangan. Shu bois hozirgi mustaqillik sharoitida bu o’gitlarning bilimli bo’lishning ahamiyati yanada oshib borishi hammaga ravshan. Zeroki hozirgi zamon iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy muammolarining amalga oshirishini bilimli, tafakkur sohibi bo’lgan kishilar hal etiladi. Chunki Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz» 1 . «Komil inson» tushunchasi tasavvuf adabiyotida ko’p marta tilga olingan, bahsu munozaralarga sabab bo’lgan, tadqiqotlar nashr etilgan. Shulardan Ibn al- Arabiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayid Abduqodir Geloniy, Aziziddin Nasafiylarning risolalarni tilga olish mumkin. Ibn al-Arabiy fikricha komil insonni Alloh ilohiy nurdan yaratgan. Ilohiyot bilimdonlari ko’rsatishicha, ilohiy nur barcha mavjudotlardan hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir. Ibn al-Arabiy fikriga qaraganda, Alloh ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va uning suvratu ko’rinishini «komil inson» qiyofasida zuhur etdi. Shu ma’noda,
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq», 1998, 6-b.
45
Alloh odamni rahmon suratida yaratdi, degan hadis mavjud 1 . Ibn Arabiyning ta’kidlashicha, komil insonning yerdagi timsoli-hazrati payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.dir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi, odam ikkinchi barpo bo’ldi. Lekin olamni yaratishdan mantiqan ko’zlangan maqsad odam edi. Odam- maqsad, olam vosita edi. Buni Aziziddin Nasafiyning «Komil inson» risolasida ham ko’rish mumkin. U aytdiki «inson olami sag’ir (mikro olam), ilohiy va moddiy olam-olami kabir (Makro olam) dir. Nasafiy komil insonga ta’rif berib, «komil inson» deb shariat, tariqat va haqiqatga yetuk bo’lgan odamga aytadilar» 2 .
maorif. Tasavvufda komil inson, bir tomondan, xudo bilan odamlar o’rtasidagi vositachi, ilohiy amr g’oyibi asrorni oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug’zotdir. U insonlarning eng mukammali, eng aqlli va eng donosi. U insonlar jamiyatidan yetishib chiqadigan mo’tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir. Tasavvuf ahli o’qtiradiki, insonga erkin faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan. U harakat qilib komillikka erishuvi mumkin. Nasafiy kamolotning ikki belgisi bor, deb ta’kidlaydi: birinchisi-yaxshi axloq, ikkichisi o’zligini anglash. Bahouddin Naqshband 675 yilligi munosabati bilan (1993) Movarounnahr musulmonlari ifodoras nashri bo’lmish «Islom nuri» gazetasi bunday deb yozgan edi: «Tasavvuf – bu sodda qilib aytganda, islom dinimizning asosiy manbalari bo’lmish Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada kelgan ulug’ insoniy fazilatlarni, odob va axloqni-yuksak darajalarga ko’tarishga yordam beradigan, Allohning muhabbatini dunyo va barcha borliq muhabbatidan ustun qo’yishga o’zgaradigan, barcha razil sifatlardan poklanishga olib keladigan bir ta’limot demakdir» 3 .
qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi barcha musulmonlarning teng bo’lib,
1 Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob, T., 1996, 146-b. . 2 Umarov E., M. Abdullayev. Ma’naviyat asoslari. T., 2005, 63-b. 3
46
har kim o’zining halol mehanati bilan kun kechirishini, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi ta’limotdir. Bunday maqsadga erishish uchun Allohga vujudan berilishi, uning rizosiga yetishish orqali erishish mumkin, deb o’qtiradi. Bu maqsad, ya’ni Allohning visoliga erishish bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu bosqichlar – shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir. Bu bosqichlarning har birida inson haqiqatga asta-sekinlik bilan yaqinlasha boradi. Eng yuksak haqiqat inson o’z vujudi, ichki mulohazasi va kechinmalari orqali yetishgan bilimdir. Demak, tasavvuf yetuklik va ma’naviy kamolot cho’qqilariga yetishish yo’lidir. Dilga Allohning nomini jo qilish insonni qalbini poklaydi, uni iymon, halollik, axloqiy poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik yo’liga undaydi. Tasavvufning bu yo’li, axloqiy talablari o’zining asosiy mohiyati jihatidan diniy e’tiqod va iymonni dunyoviy muammolar bilan bog’langanligi va insoniyligi bilan ahamiyatlidir. Tasavvuf – insonning (dindorning) komillik darajasiga yetishi bilan Allohga yaqinlashuvi haqidagi ta’limot bo’lsa, tariqat – bu komil inson darajasiga erishishni ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir. Ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish bosqichlarini bosib o’tishning yo’l-yo’rig’idir. Diniy ulamolarning aytishicha, tariqatning nishonasi uchta: 1) dam (nafas) – aytilishi lozim bo’lmagan narsa haqida so’zlamaslik; 2) Qadam – qilinishi mann etilgan ishlarga qadam urmaslik; 3) Karam – ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli ish bilan shug’ullanish va ayni paytda qalb ibodatini kanda qilmasdik 1 . Har bir tariqat asoschisi, albatta, o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni targ’ib etgan, o’ziga tarafdorlar (murid) to’plagan. O’rta Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi shayxul- mashoix unvoniga musharraf bo’lgan Ahmad Yassaviydir. (XII) Uning aqidalari «Hikmat» nomli yagona asarida bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, peshona teri mehnati bilan
1 Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 133-б. 47
kun kechirish, Alloh taolloh visoliga yetishish yo’lida insonni ham botinan, ham zohiran takomili kabi axloqiy ko’rsatmalar ifodasini topgan. Ahmad Yassaviy mol-dunyo to’plashga mutlaqo qiziqmagan, kambag’alparvar va g’ariblar himoyachisi sifatida namoyon bo’lgan. U zamonasining ezilgan yo’qsil toifasini «g’arib», «yetim», «faqir» deb tilga oladi, ayrim hollarda tarki dunyochilik mazmunlar ham uchraydi. Lekin uning ta’limotida dunyodan butunlay yuz o’girilmaydi. Aksincha, nodonlik, jaholat, badnafslik, molu-dunyoga hirs qo’yish kabi illatlar qoralanadi va odamlarni ulardan uzoqlashishga da’vat etadi. Yassaviy ta’biricha, agar inson o’zini anglasa erdi. Haqni biladi, xudodan qo’rqadiyu, insofga keladi. Yassaviy tanlagan yo’lning o’ziga xosligi-insonning o’z gunohlarini, axloqiy nuqson va qusurlarini, jumladan, tamagarlik, manmanlik, boriga qanoat qilmaslik kabi kamchiliklarni ayovsiz ochib tashlash va ulardan xalos bo’lish kurashidir. Bu yo’l Yassaviyning fikricha, yagona to’g’ri yo’l-aslida xudo yo’lidir. Najmiddin kubro nomi bilan yoyilgan tasavvufning Kubroviya tariqati inson muammosiga ko’proq e’tiborni qaratish bilan ajralib turadi. Shayx kubro tasavvufda «keng fe’llik» yo’lini tutgan. Ul zotning xonaqosida sunniy mazhabli shogirdlar bilan birga, shia mazhabli shogirdlar ham ta’lim olishgan, chunki, uningcha tasavvuf ahli uchun parvardigor ishqi, diydori hamma narsadan ustun. So’fiy ilohiyot olamiga ruhan qo’shilish uchun yashaydi. Kubroning ta’limotida yuqoridagi sifatlardan farqli ularoq, javonmardlik, vatanparvarlik g’oyalarini tariqatga joriy etganligidir. Kishi umrini do’stlar xizmatiga bag’ishlagan, faqat yaxshilikga ega bo’lgan, mqxtojlarga yordamini ayamagan, piru ustozlari, do’stlarini sharafini himoya etgan, ham zohiran va ham botinan pok yurib, pokiza insonlar so’xbatini qozongan kishilar javonmardlar deb atalgan. Naqshbandiya tariqatining asoschilari Abul Xoliq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband «dil ba yoru dast ba kor» shiori ostida hammani mehnantni sevishga da’vat etganlar. Naqshbandiya tariqatida insonlarni har bir nafasni xushyorlik bilan olish (Hush dar dam), har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish
48
(nazar bar qadam), o’z vatanida, uyida bo’la turib, fikran va zikran butun borliq haqida fikr yuritish (safar dar vatan) va hokazo kabi g’oyalar ifodasini topgan. Ko’rinib turibdiki Naqshbandiya tariqatida ilohiylik insoniylik bilan qo’shilib ketgan. Shu bois bu shior bugungi kun uchun ham dolzarbligi bilan ajralib turadi. Tasavvuf ta’limoti islom odobini, ma’naviyatini yana ham yuqori bosqichga ko’tardi. Insoniylik mezonlarining muhim masalalari diqqatni qaratdi. Kishilarni bu dunyoda bir buyuk va muayyan maqsad sari yetakladi. Butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtada jamladi. Ana shu asosda komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Xuddi shu vazifalarni ado etishda adabiyot tasavvufga, tasavvuf adabiyotga bog’langan va vobastadir. Chunki har qanday adabiyot, oxir oqibatda «Insonga bu dunyoda qanday yashashi kerak?» degan savolga javob izlaydi. Tasavvuf insonning komillikka intilishini uning Allohga etish sari yo’li tarzida ko’rsatadi va bu umumiy yo’lni «Ishq» deb ataydi. Tasavvuf ham adabiyot ham insonni o’rganar ekan, avvalo uning ko’ngliga tayanadi, ko’ngilni tarbiyalashga, ko’ngilli kishisini voyaga yetkazishga intiladi. Chunki Alloh kishining ko’nglida jilva qiladi. Insonning ichki ma’naviy madaniyati mezonlari, uning o’z xudbinligini qay darajada yenga olganiga qarab aniqlanadi. Tasavvuf ana shu insoniy madaniyatining eng Oliy cho’qqisiga intilgan falsafa edi. Shuning uchun T.Oqmurodovning «Tasavvuf din emas, lekin diniy oqim, diniy falsafadir», - deb yozishida ham haqiqat bor 1 .
Ingliz tasavvufshunos olimi J.S.Trimingem yozishiga, O’rta Osiyoda tasavvuf rivojida ikki buyuk so’fiyning hissasi ko’p. Biri Abulhasan Ali al- Xoraqoniy (vaf.1034), ikkinchisi Abu Ali al-Farmadiy (vaf. 1084). Farmadiyning ikki shogirdi – al-G’azoliy va Yusuf Hamadoniy musulmon olamida juda mashhur bo’lgan. Ko’p tariqat silsilala ana shu ikki shogirddan boshlanadi 2 . Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy – Yusuf Hamadoniy shogirdlari
1 Оқмуродов Т. Дин ва ҳурфикрлилик тарихи, 149 – б. 2 Ўша жойда, 148-б 49
hisoblanadilar. Tasavvuf ko’p qirrali bo’lib, ulkan adibu faylasuflarning ijodiy faoliyatida ta’sir yetkazgan: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hyeam bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar. A.Jomiyning mashhur «Bahoriston» asarida yozilishicha, shayx Abusaid Abulxayrxon «Tasavvuf nima? «deb so’raganlarida» boshingda ne bo’lsa chiqarib va boshqalardan senga nima ozor yetsa ranjimaslik» degan ekan. Haqaqiy so’fiylar chindan ham bu shartlarga qat’iy rioya qilganlar. A.Navoiy naqgbandiylik asoslarini «qanoat tariyqi» deb atadi va buni butun ijodi davomida sharhlashga o’zini bag’ishladi. A.Navoiy insonning Allohga ishqini uning insonga ishqi orqali tarannum etgan shoirdir. Fariddin Attor, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy kabi yirik shi oru mutafakkirlarning asarlari tasavvuf ma’naviy-axloqiy mazmuni bilan sug’orilgan. Naqshbandiya tariqatining keyingi taraqqiyotiga, ya’ni XV asrda uni kuchli davom ettirgan mashhur shayxlardan biri Xoja Ubaydulloh Ahror Valiydir. Naqshbandiya Kichik Osiyo va Kavkazda, Eron va Turkiston, Pokiston va Afg’oniston, Hindiston va Turkiyaga keng tarqala bordi. Ingliz sharqshunosi J.S.Trimingem yozganidek, tasavvuf, jumladan, Naqshbandiya falsafasi «bundan buyon ham insoniyatning ma’naviy barkamolligi uchun muhim hayotiy ta’limot bo’lib qolaveradi». Rus olimi I.M.Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo’lgan yozma manbalarda «so’fizim» tushunchasining yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan 1 . So’fiylikda zuhd va taqvo- ko’ngilni foniy dunyo gunohlaridan, g’araz, tamalardan tozolash, va Xudo buyurganiga amal qilib, Alloh man etgan ishlardan saqlanish demakdir. So’fiylar fikricha, ilohiy ishq har qanday g’arazli manfaatlardan xoli bo’lishi zarur. Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, borliqdagi hamma xilqatlarda, xususan, odamzodda ham lohiy zarralar bor, so’fiyning maqsadi ko’nglidagi ilohiy zarralarni uzoq va mashaqqatli poklanish yo’lidan borib, yana Allohga qaytarishdan iboratdir. So’fiylik yo’lini tutish uchun avval komil musulmon
1
50
bo’lish, shariatning barcha talablarini bekamu ko’st bajarish shart, ya’ni ma’naviy- axloqiy me’yorlarga tayanib, insoniy sifatlarga (tom ma’noda) rioya qilib yashash, kun kechirish darkor. Chunki insonni Xudo o’ziga o’xshatib yaratganmi, Allohning bu olamni paydo qilishdan ko’zlangan bosh maqsadi ham, aslida, inson ekanmi, demak, inson Allohning bu muruvvatiga shukronalar aytib, o’zini batamom Allohga bag’ishlashi, buning uchun esa o’zini unga loyiq darajada poklanish-kamolga yetkazish kerak. Ana shunday o’zini oliy maqsadga chog’lagan, jismini unitib, ruxini Allohga yetar darajada o’stirgan, yetar darajada poklagan jism ehtiyojlari tufayli paydo bo’ladigan jamiki insoniy illatlardan forig’ qilgan kishilar insoni komil bo’lganlar. Tasavvufiy aqidalarga ko’ra, komil insonlar pirovardida, shubhasiz, Alloh vasliga musharraf bo’ladilar, ruhan Alloh bilan birlashib ketadilar 1 .
bechoralar, muhtojlar xizmatida bo’lishi, doimo xudoning borligi va birgaligini unutmasligi kabi so’fiylik aqidalariga ega bo’lishlari lozim. XIII-XIV asr boshlarida yashab ijod etgan mutasavvuf olim shayx Aziziddin Nasafiy «Insoni komil» risolasida qo’yidagilarni aytgan: «… Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, odamlar orasida komil inson (!) bor. Bas, jumla odamzod komil inson (!) tufayli (Sharafli)dir. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqorigacha martabalardagi mavjudotning xulosasi (!) va qaymog’idir (!)… Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham mazharidir» 2 . Shunday qilib, tasavvufda komil inson – e’tiqodi kuchli, irodasi mustahkam, vujudi ham zohiran va ham botinan pok kishi ilohiylashtirilgan bo’lsa ham, u dunyoviy mazmunga ega. Shu bois mustaqillik sharoitida bu ta’limotdan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish ahamiyatdan xoli emas. Bu masalaga alohida e’tibor berib, I.A.Karimov shunday degan edi: «Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin
1 Sultonmurod Olim. «Buyuk Naqshbandiya». Kecha, bugun, ertaga. «Fan va turmush», 1993, 5-6-son., 15-b. 2
O’sha joyda, 15-bet. 51
fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat» 1 .
1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T8, T, «O’zbekiston», 2000, 341- b.
52
3.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o’rni Ma’naviy ne’matlar, jumladan, diiny qadriyatlarga nisbatan e’tibor jonlanishining asosiy sabablaridan biri, bu – juda kuchli milliy uyg’onish jarayonidir. Mustaqillik oydin milliy hayotni barqaror etishga umid uyg’otdi. Endi odamlar o’zining mu’tadil taraqqiy etishiga xalaqit berayotgan har qanday to’siqlarni olib tashlashga zo’r havas bilan kirishmoqdalar. Bunday sharoitda har bir millat vakili o’zining kelib chiqishi, tomiri, ildiziga nazar tashlashi tabiiydir. Milliy uyg’onish esa ma’naviylikka harakat, komillikka intilish, an’anaviy qadriyatlarga murojaat qilishdir. Afsuski, sobiq sho’rolar davrida diniy doirasida tashakkul topgan madaniy merosimizni zararli deb topildi. Endi bunday an’anaviy boylikni qaytib tiklash zaruriyati sodir bo’lmoqda. Chunki haligi «chiqitga chiqarib qo’yilgan» qadriyatlar tomonidan ardoqlanib, asrab kelingandir 1 .
balki hozirgi vaqtda ham odob-axloq va umuman ma’naviyat va insoniylik masalalari juda katta o’rin olgan va yetarli darajada keng sharhlanadi. Islom ma’naviyatida ta’lim-tarbiya, xususan komil insonni shakllantirish masalasi katta o’rin egallagan. Shu bois komillik – yaxshilik, saxovat, soflik, hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, qanoat, rostgo’ylik, insof, adolat, nekbinlik, bag’rikenglik kabi fazilatlarni o’z ichiga oladi. Unga osonlikcha erishib bo’lmaydi. Bunga erishuv-zahmatli sinovlarni yengish demakdir. Shuni ta’kidlash zarurni islom ta’limotida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Boshqa dinlardagidek, odob-axloq muammolari unda yetarli darajada keng sharhlanadi. Nafaqat o’tmishda, balki hozirgi vaqtda ham axloqiy masalalarni yoritishda din, jumladan islom dinining mavqyei ustuvordir. Shuning uchun diniy ko’rsatma va muqaddas axloqiy qonun-qoidalar va me’yorlar dindorlar va dindor bo’lmagan kishilar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul qilingan. Bundan barcha musulmonlar uchun muqaddas bo’lmish Qur’on ham mustasno emas. Biz unda axloqiy qadriyatlarning umuminsoniy bayonini ko’ramiz.
1 Bozorov O., A.Xudoyqulov. Axloqiy qadriyatlar va islom. Samarqand, «Zarafshon», 1992, 6-b. 53
Darhaqiqat, Qur’on suralarida, jumladan 4; 29, 6; 152-157 suralarida umuminsoniy deb hisoblash mumkin bo’lgan xatti-harakat va tartib-qoidalar bayon qilingan: o’z bolalarini va umuman odam o’ldirish, o’z joniga qasd qilish taqiqlanadi. Shuningdek, o’z ota-onalarini hurmat qilish zarurligini, to’g’ri so’zli bo’lish va ishga adolat bilan yondashish, o’lchovlarga aniq amal qilish, yetimlar va bechoralar mulkiga tajovuz qilmaslik ta’kidlanadi. Qur’onning juda ko’pgina suralarida kambag’allarga, musofirlar va qashshoqlarga yordam berish, musibat va kulfatlarga chidamli bo’lish, iflos va gunoh ishlardan o’zini chetga olish, kechirimli bo’lish, o’g’irlik qilmaslik va hokazo kabi muqaddas umuminsoniy axloqiy qoidalar bayonini uchratamiz 1 . Masalan Allohning yo’liga himmat yuz, ming martaba oshirib qaytariladi. «Baqara» surasining 261-262 oyatlarida «Alloh yo’lida mollarini in’om-ehson qiladigan kishilarning yaxshiligi yetti yuz borabar bo’lib qaytadi… ular uchun hyech qanday xavfi-xatar yo’q va ular g’amgin bo’lmaydilar», deyilgan 2 .
hisoblanadi. Bu faqat ilohiy mazmunga ega bo’lmasdan, balki o’z mohiyatiga ko’ra dunyoviy va insoniy ahamiyati mavjud ekanligi ravshan. Sofdillik, vijdoniylik, to’g’rilik Qur’onda e’zozlagan. «Alloh sha’niga yolg’on to’qigan yoki uning oyatlarini yolg’on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta bunday zolimlar nojat topmaslar («An’om surasi, 21-oyat»)» 3 . Yagona Allohga e’tiqod qilishni Qur’oni Karim inson tabiatining asosiy sifati
deb biladi.
Xususan, «Al-isro» surasining 23-24 oyatlarida: «Parvardigoringiz, yolg’iz uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga yetealar, ularga qarab «Uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt gan!... «Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanoatini past tut-xokisor bo’l va: «Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen
1 O’sha joyda 7-8-б. 2 O’sha joyda 9-б. 3 O’sha joyda 10-б. 54
ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!) 1 ». Ko’rinib turibdiki bu oyatlar zaminiy, hayotiy ahamiyatga ega. Islom musulmonlarni o’zaro ittifoq, birdam yaxshi muomalada bo’lib, bir- birovlariga aziyat yetkazmaslikka da’vat qiladi. «Komil musulmon shunday odamki, islom arkonlarini to’la bajarib na tilidan va na qo’lidan musulmonlarga izo bermaydi» 2 . Xullas, islomning ilohiy ta’limoti jamiyatdagi odamlarga yaxshi amallarni buyurib, yomon amaldan qaytarib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik, hurmat va ehtiromga undaydi. Islom ta’limotida kamtarlik, beozorlik, kamsuqumlik e’zozlangan. Qur’onning «Ol-i Imron» surasidagi 134-oyatida yozilgan: (U taqvodor zotlar) yaxshi – yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g’azablarini ilgariga yutadigan odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi. Ammo «Alloh zolim kimsalarni sevmaydi». Tarixdan ma’lumki, har qanday din, shu jumladan islom ham o’zining boshlang’ich davrida xalq o’rtasida mustahkam mavqyega ega bo’lish uchun shu dinga e’tiqod qiluvchi odamlar orasida foydali tartib va xatti-harakatlarni muqaddaslashtiradi. Shu sababli dinga e’tiqod qiluvchi xalqlarning bir necha avlodlari hayoti davomida mustahkamlangan rasm-rusmlar va udumlarga zid bo’lgan barcha salbiy axloqiy tartiblar ular tomonidan qabul qilinmagan. Jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali axloqiy tartib- qoidalar, garchi diniy aqida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir. Qur’onning yaratilishi inson hayoti qadr-qimmatining o’sishiga asosiy zamin bo’ldi. Oxirgi payg’ambarlardan bo’lmish Muhammad Alayhi salom insonlarni ummatga birlashtirib, xudoni oldida hammani barobar, deb e’lon qildi. Bu o’z zamonasiga muvofiq umuminsoniy qadriyatlardan biri edi. Insonning ruhiy, ma’naviy birligi milliylik birligidan ustun deb e’tirof etildi. Muqaddas kitoblarda insonlarning birlashuviga, do’stligiga chorlovchi fikr- mulohazalar ustunroqdir. Shu bois «Alloh oxiratda nifoq bo’lganlar ustidan hukm
1 O’sha joyda, 11-б. 2 O’sha joyda, 12-б. 55
chiqaradi», kabi fikrlar insoniyatni birlikka, do’stlikka, hamjihatlikka da’vat etadi. Bu g’oya hadislarda yanada oddiyroq bayon etiladi: «Kimiki g’ayri dinni haqorat qilsa, qiyomat kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi. Mo’minlar ila bir yurtda sulh ila yashayotgan g’ayri dinni o’ldirgan odam jannat hididan benasibdir, zero uning hidi qirq yillik yo’lgacha taralib turadi» 1 . Turli mintaqalarda yashovchi millat va elatlar turli diniy e’tiqodga sig’inzanlar ham, bir xil baxt-saodatga, yorug’ maqsadlarga intilish, bu – umuminsoniy qadriyat sifatida tarix va hayotning zaruriy taqozosidir. Abu Nasr Forobiy aytganidek: «Avlodi bani bashar bir yo’sinda tavallud topgay, inchunin, bir yo’sinda, baxtli bo’lmoqlari lozim». Sabr-toqat diniy tuyg’unlardan biri sifatida doim ardoqlangan. Alloh sabr qiluvchilarni sevadi» (3:146). Sabr-toqat faqat Qur’ondagina emas, balki «Bibliya» («Injil») mantlarida ham mavjud 2 . Sabr-toqat bilan odob saqlash, xokisor bo’lish (tovoze’)ni o’rgansak, xalqning muhabbatini qozonamiz, odamlarni do’stlashtiramiz, takabburlikka zid bo’lgan muloyimlik va kamtarlik yo’lini ochamiz. Bu bilan har qanday dushmanning ko’nglida insoniylik zavqini qo’zg’atish mumkin. Odob insoniy kamolot sifatida yoshlarda ulug’larga nisbatan mehr uyg’otadi, har xil musibat, azob-uqubatlarni keltirib chiqaruvchi hurmatsizlik, manmanlik, kamsitish, qo’pollik va hakozo bartaraf etishga olib boradi. «Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’payaversa, xalqning do’stligi, ularning bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob va tavoze’ kabi yaxshi xulqqa ega bo’lsa, o’zi ham xalqning izzat-hurmatiga sazovor bo’ladi. Odob va tavoze’ mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik do’stlikka putur yetkazadi. Odoblilik do’stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug’lik bag’ishlaydi. Tavoze’ va odob egallariga hamma ta’zim qiladi va hurmat bildiradi. Odob urug’ini ekkan odamning hosili javohir bo’ladi» 3 -deb, o’qtirgan edi A.Navoiy.
1 Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 81-б. 2 Этикет у народов Передний Азии. М., «Наука», 1988, с.47. 3 Навоий А. «Муҳбуб-ул-қулуб», Т., 1983, 48-бет. 56
Xullas, sabr-toqat inson uchun eng zarur bo’lgan fazilatlardan biridr. Islom dini bu borada Qur’onning qo’yidagi so’zlariga amal qilishni buyuradi: «… sabr – toqat qilingiz! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir» (8:46) yoki «Sabr va salot (namoz o’qish) bilan madad so’ranglar» (2:45-46). Sabr-toqat axloqiy duch kelganda, ularni Alloh yuborgan sinov deb bilishi kerak. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar ichida yana eng muhimidan – insof va andisha hisoblanadi. Andishali (lekin qo’rqoq emas) kishi xatti – harakatining oqibatini o’ylab, yuz-xotirni esdan chiqarmay fikr yuritadigan kishilar xalq orasida e’zozlanadi. Andisha, mulohaza, insof insonni saodatga olib keluvchi fazilatlarni, baxt uchun izlangan narsalarni tiklay olish qobiliyatidir. Chunki «andishadi va insofli kishi biror ishni qilnishidan oldin, o’zi uchun qayg’urmasdan, boshqalar, ya’ni xalq uchun qayquradi. Andishali, mulohazali kishilarni xalq dono deb atadi va bu umuminsoniy fazilat insondagi bir quvvatki, u quvvat sog’lom aql deb ataladi»
1 . Islom dini ta’limoti tufayli bu axloqiy qadriyat asrlar davomida saqlanib kelingan va
bugun mustaqillik sharoitida kishilarimiz ma’naviyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan. Kechirish, gunohidan kechish, tavba qilish ham islomning axloqiy ko’rsatmalaridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab insoniyat axloqiy munosabatlarida nojo’ya xatti-harakat va so’zni tahlil qilish jarayonida kishilarni kechirish, vijdon amri bilan insof yuzasidan ish yuritish his-tuyg’ulari shakllangan. Gunohkor odam-hali jinoyatchi emas. Inson o’z gunohini anglab etishi mumkin. Mana shu masala Qur’onda juda muhim hisoblanadi. Gunoh shariat qonuniga, islom aqidalariga xilofdir. Chunki islom ilohiy deb e’lon qilingan tartib-qoidalarga itoat etmaslikni gunoh deb asoslaydi. Lekin islomning insonparvarlik xususiyati shundaki Alloh bandalarining gunohlarini kechiradi, avf etadi, to’g’ri yo’lga yo’naltiradi. Islom axloqi hududiga ushlab turadi. Gunohni yuvish, undan forig’ bo’lish uchun kishi qilmishidan tavba qilishi, uni takrormasligini vijdonan va’da berishi zarur? «tavba qilgan xudoga yoqadi», «xatosiz ish faqat xudoga xosdir»,
1 Форобий Абу Наср. «Рисолалар», Т., 1975, 11-бет. 57
deydi odamlar. Tavba qilgan kishi taskin topadi. Tavba-gunoh sodir qilgan kishining ko’nglini tozalaydi. Din, islom ham bandalarini boshqalarning yomonligiga yaxshilik bilan javob qaytarishga da’vat etadi. Bu da’vat kishilar qalbida dushmanlik va nafrat o’rniga muhabbat va do’stlikni joylaydi. Yomonlikka yomonlik qilish-xudoning xohishiga zid, qasoskorlik-rozilik. Yer yuzida odamlarga ozor beruvchilar va zulm egalari xudoning marxamatidan benasibdir. Islom mehr-shafqatga nafaqat axloqiy fazilat, balki e’tiqodning ajralmas qismi sifatida qaraydi. Shuning uchun har bir musulmon rahmdillikka intilishi zarur. Islom mehr-shafqat va rahmdillikning asosiy dalili sifatida «Bismilla-hir rahmonir rahim» kalimasini keltiradi. Buning mazmuni: barchaga rahmdil bo’lgan va qiyomat kunida bandasiga mehribon bo’ladigan Alloh nomi bilan boshlayman», demakdir. Yoki islom Qur’onga tayangan holda «Senga birov yomonlik qilsa, yoki qo’pol muomalada bo’lsa, sen uni yaxshi gap, yaxshi muomala bilan qaytar. Shunday qilsang, uning adovati do’stlikka, yomon niyati yaxshilikka aylanib, o’rtalarida mehr-oqibat hosil bo’lur, ashaddiy dshmannining samimiy do’stga aylanur. Mehr-shafqatli odamning muomalasi ham nazokat bilan bezalgan bo’ladi». Darhaqiqat bunday fazilatga ega bo’lmagan kishilarda muruvvat, saxovat, himmatni uchratmaysan. Demak, islom umuminsoniy axloqiy qadriyat hisoblangan xushmuomalalikka da’vat etadi. Qur’onda aytiladi: ezgulik va tavba yo’lida hamkorlik qilinglar, gunoh va dushmanlik mudaosidagi har qanday amalni ham moddiy, ham ma’naviy qo’llab- quvvatlamangiz» 1 . Demak, rahmdilik shaxs, inson ma’naviyati bilan chambarchas bog’liq. Ma’naviyatsizlik esa rahmdillik, achinish bilan birga bo’la olmaydi. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar qatorida yana bir ulug’ farz borki, bu- ehson (xayr-ehson) tushunchasidir. Xayr-ehson, hadya, in’om, xolis va beg’araz yordam, yaxshilik qilish demakdir. Bu islomda qat’iy talab qilingan. Hazrat A.Navoiy fikricha inson uchun «Ulug’ farz ehson qilishdirki, bu haqda ko’p gaplar aytilgan… Ehson degan sifatni abadiy sifat deb, uni fitna va ofatlardan to’siq…
1 Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 55-б. 58
deb bil. Insoniyat bog’ining eng go’zal daraxti-ehsondir…». Baxil ehsondan qochar, xasis-mehmondan degan hikmatli so’z xalq tomonidan bexudaga aytilmagan» 1 . Islom dinida, xususan, yetim-yesir, beva-bechora, musofir, nogiron, xastalarga mehr ko’rsatish amallari ulug’lanadi. Masalan, Qur’onning «Baqara» surasida «… o’zi yaxshi ko’rib turib molini qarindosh-urug’lariga, yetim- yesirlarga… beradiganlar… yaxshi kishilardir» deyiladi. Yoki shu suraning 274 oyatida aytilishicha, «mol dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson qiladigan zotlar uchun Parvardigorning huzurida ajr bor. Ular uchun hyech qanday xavfu xatar yo’q va ular g’amg’in bo’lmaydilar». Xayr-ehsonni qadrlashni yoqlovchi hadislar ham anchagina. «Ro’zaning hikmatlaridan biri, beva-bechoralarga mehr ko’rsatishdir… chunki ro’za tutgan kishi qorin ochganda beva-bechoralarni esga oladi va ularga rahmi keladi. Ro’za inson qalbida rahmdillikni tarbiyalaydi». Imom at-Termiziyning «Sunan» kitobida «Sadaqa muqarrar Allohning g’azabini so’ndiradi va yomon o’limdan saqlaydi» 2 ,
shakllari bor. Bugungi kunda me’rakalarda haddan tashqari dabdabalik, isrofgarchilik ko’rinib turibdi. A.Navoiyning ta’kidlashicha, «saxovatning ortig’i isrofgarchiliklar, nom chiqarish uchun gavharni hovuchlab sochish, maqtanish uchun etaklab pul berish saxovat hisoblanmaydi». Ma’lumki nojo’ya xayr-ehson, insonni ranjitib qo’yishi ham mumkin. Chunki xalqimiz sharafni, obro’ni avvalo halol mehnat, so’ngra hayo va odobdan deb biladi. Qanoat qilganni, avaylab- asrashni, moddiy ne’matlarni qadrlashni xalq ardoqlaydi. Shuning uchun xayru-ehson, saxovatni faqatgina sadaqa, moddiy in’om deb tushunish kaltafahmlikdir. Xayr-ehson va saxovat deganda, samimiylik, iltifot, izzat-hurmat, sof e’tibor kabi fazilatlarni ham tushunish kerak. A.Navoiyning ta’kidlaginidek, «O’zingda ko’p bo’lsa, in’om ber; ko’p bo’lmasa, oz berishdan or qilma. Agar qo’l bilan xayr berish iloji bo’lmasa, til bilan naf yetkazish mumkin.
1 Навоий А. «Маҳбуб ул-қулуб», 45-б. 2
«Islom nuri». 2 (20)-son, 1441 h.-1991 yil. 59
Odamning bir so’z bilan xursand qilish kerak bo’lgan vaqtda unga xazina bersang, u qaramaydi». Xullas, «Baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam bergan xalq- fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam bersalar butun yer yuzi fazilatli bo’ladi» 1 .
Ulug’ A.Navoiy bashorat qilganlari bugungi kunda jahonda sodir bo’layotgan integrasion jarayonlarda, bashariyat hamkorligida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bu o’rinda, ya’ni umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishida dinning ham yuksak rolini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Chunki xalqimiz hayotida, uning milliy qadriyatlarni saqlashda va ularni avloddan avlodga yetkazib berishda islom dini keng imkoniyatlar yaratgan. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatning shakllanishida umuminsoniy axloqiy qadriyatlardan foydalanish yuksak
ahamiyatga ega. Chunki umuminsoniy axloqiy qadriyatlar islom ta’limoti negizida rivojlanib, xalqimizning turmush tarzi, milliy urf-odatlari va an’analari bilan uyg’unlashib kelgan va bugun milliy g’oyamizni shakllantirishda keng yo’l ochib beradi.
Jahonda globallashuv jarayoni sodir bo’layotgan hozirgi vaqtda, uning MDH-ga ham ta’siri borligini madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan madaniy jumladan, islomiy qadriyatlarni asrab-avaylash, ilmiy asoslangan holda undan unumli foydalanishimiz lozim. Milliy ma’naviyat va islomiy qadriyatlarning tiklanishi va ravnaqi nafaqat shaxsning ruhiy poklanishiga, balki o’zligini anglash, milliy g’urur, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik hissini tarbiyalashda keng imkoniyat beradi. Shuning
uchun, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir» 2 .
1 Навоий А. «Маҳбуб ул-қулиб», 52-б. 2
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. T., «O’zbekiston», 2000, 341-b. |
ma'muriyatiga murojaat qiling