Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Download 1.06 Mb.
|
Sodiqlik va vijdonlilik. Odamlarga ish qilish va vijdonlilik jamiyat e’tiborini ijtimoiy muammolarga jalb qiladigan, ochiq hamda o‘ziga xos ishonch uyg‘otadigan tarzda odamlarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Shu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishda tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- ijtimoiy ishchilarning boshqa odamlar manfaatlari va jamoatchilik farovon-ligiga erishish bo‘yicha faoliyati shaxsiy, moddiy yoki moliyaviy foydani kutmaydi. - mijoz va uning ijtimoiy atrofidagilar manfaatlari, mijozning qiziqishlari va ijtimoiy ishchining shaxsiy qiziqishlari; umuman olganda, ijtimoiy ishchining vijdonliligi vositasida mijoz manfaatlari, professional hamjamiyat va jamiyat manfaatlari muvozanatini ta’minlash. Birlarining manfaatlari boshqalarining manfaatlaridan yuqori qo‘yilmasligi, qay birigadir zarar etkazilmasligi lozim. - ijtimoiy ishchilar tomonidan ijtimoiy ish missiyasiga professional faoliyat, uning qadriyatlari va axloqning etik standartlari sifatida rioya qilishi; - ijtimoiy ishchilar tomonidan mijoz bilan ishlashda maxfiylikka amal qilinishi, uni ta’minlash uchun choralar qo‘llanishi darkor. Ijtimoiy ishchi mijozni u yoki bu axborot uning ruxsati bilan qaror qabul qilish uchun boshqa tashkilot, ijtimoiy ishga berilishi mumkinligi haqida o‘z vaqtida xabardor qilisha lozim. Maxfiylik mijoz yoki boshqa shaxslar hayoti uchun xavfli bo‘lgan sharoitda buzilgan bo‘ladi; - ijtimoiy ishchi yordam uchun murojaat qilgan mijozni muammoni hal qilish uchun uning manfaatida qo‘llanadigan harakatlar haqida to‘liq va ochiq xabardor qiladi; - ijtimoiy ishchining etik tamoyillarni qo‘llab-quvvatlash uchun sharoitni vijdonan va mas’uliyat bilan yaratish hamda ko‘maklashish faoliyati. Ijtimoiy ishchining professional vakolatliligi ijtimoiy ishning qadriyati hisoblanadi va ularning o‘z majburiyatlarini doimiy professional rivojlanish va professional o‘sishning etik tamoyillariga asoslangancha, samarali bajarishni o‘zi ichiga oladi. Bu quyidagilarni anglatadi: - professional majburiyatlarni sifatli bajarishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ishchining munosib va mas’uliyatli axloqi; - professional majburiyatlarni bajarishda ijtimoiy ishchilarning beg‘araz axloqi, professional tamoyil va standartlarga zid bo‘lmagan axloq; - mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblar bilan muloqotda xatar va ekspluatasiyani kamaytirish va ularning oldini olish uchun aniq professional chegara o‘rnatish; - ijtimoiy ishchilarning professional chegarani buzadigan harakatlar, shu jumladan, katta vakolatga ega bo‘lgan mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblari bilan yaqin yoki jinsiy xarakterdagi munosabatdan qochishlari zarur; - ijtimoiy ishchining o‘z amaliy faoliyatida bilimi, malakasi va mahoratidan samarali foydalana bilishi; - ijtimoiy noxushlik omillari va ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llarini aniqlash uchun tadqiqot faoliyatida ishtirok etish, olingan ilmiy natijalarni o‘z hamkasblari orasida tarqatish, bilimlarni ommaviy axborot aloqalari orqali ommalashtirish; - o‘z bilimlari chegarasini tan olish va o‘zlarining ish beruvchilarini ishga boshqa professionallarni jalb qilish zaruriyati to‘g‘risida xabardor qilish. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling