Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy ishda refleks amaliyotining rivojlanishi


Download 1.06 Mb.
bet147/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   195
4. Ijtimoiy ishda refleks amaliyotining rivojlanishi
Refleksiya (lot. reflexio-ortga qaytish, ortga nazar) ‒ individ o‘z ongida sodir bo‘layotgan hodisalar ustida fikrlash jarayonini ifodalaydigan falsafiy tushuncha407. Bunda refleksiyaning quyidagi uchta turi ajratiladi:
- bilimlar va xatti-harakatlar analizini ko‘rib chiqishga, ularning ma’nosi va chegaralari haqida o‘ylashga chorlaydigan elementar refleksiya;
- berilgan ilmga xos uslub va usulni aniqlashga suyanadigan nazariy ilmning tahlili va tanqidini namoyon etadigan ilmiy refleksiya;
- borliq, tafakkurning chegaraviy asoslarini, insonning madaniyatini to‘laligicha tushunish, anglash falsafiy refleksiyadir.
Refleksiya faqat bilish shakligina emas, balki evristik tamoyil ham hisoblanadi: u ijtimoiy ishda yangi bilim manbayi ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Refleksiya o‘ziga xos muammo sifatida qadimgi yunon falsafasidayoq muhokama mavzusiga aylangan edi. Masalan, Suqrot birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash masalasini qo‘yib, uning predmeti sifatida ma’naviy faollikni ko‘rsatadi. Aristotel va Platon tafakkur va refleksiyani Demurg (yaratuvchi), obyekt va subyekt birligi bo‘lgan atributlar deb uqtiradilar.
Bu borada Imom G‘azzoliy shunday qarashni ilgar suradi: “Aziz birodarim, bilib qo‘yki, qonuniy yo‘lda zo‘r berib ishlagani holda, yana faqirona yashayotgan kimsa qanoatli bo‘lishi, tamagir bo‘lmasligi, ko‘zi boshqalarning mol-mulkida bo‘lmasligi va g‘ayriqonuniy foyda topish yo‘llariga bosh urib ketmasligi ham kerak. Odam bunday sifatlarga yeyishda, kiyishda va maskan borasida qanoatli bo‘lishi, dabdaba ketidan quvmaslik va ortiqcha hoy-u havaslardan qochish orqali ega bo‘lishi mumkin. Agar kishi ko‘proq boylikka ega bo‘lgisi kelsa yoki orzu-havaslarga berilsa, qanoatli bo‘lolmaydi va shubhasizki, ochko‘zlik va hirs nomli yomon atvorlar bilan pok nomiga dog‘ tushiradi. Hirs va ochko‘zlik kishini yomon axloq sari, g‘ayrimashru’ va harom foyda yo‘llariga boshlaydi. Zotan, odamzotning tabiati hirs, ochko‘zlik va qanoatsizlikka moyildir”408, – deya har bir kasb egasining odob-axloq me’yorlariga amal qilishga chorlaydi.
Refleksiya tushunchasi o‘rta asr neoplatonizmida ilohning “aql energiyasi”, “o‘z-o‘zini namoyon qilish” kabi talqin etilgan. Yangi zamonda esa refleksiyaning talqini ilmiy bilimlarni asoslash, ijtimoiy muammolar bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy ishda refleksiya fanda real mavjud bilim va uning shakllanish mexanizmlari tahlilga yunaltirilgan ilmiy o‘z-o‘zini bilish shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Refleksiya mantiqiy va ilmiy bilish faoliyatini ongli ravishda nazorat qilish usulidir. Refleksiya ijtimoiy ishda haqiqatda boshqa individlar yoki omma tomonidan baholanishi va qabul qilinishi kabi yoki amaldagi subyekt-shaxsni (ijtimoiy ishchi-mijoz) anglash shaklida namoyon bo‘ladi.
Shu tariqa, refleksiya faoliyat jarayonini qayd qiladi hamda faoliyatning mavjud bo‘lishidagi uzilishlarni bartaraf qilishni ta’minlaydi va noaniqlikdan, aniq predmetni ajratib oladi. Refleksiya quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- bilishga oid (Dj.Lokk);
- bilim asosini izlash, ruhni rivojlantirishni harakatlantiruvchi kuch (G.Gegel);
- tafakkurni obyektdan xalos qilish (I.G.Fixte);
- bevosita bilimni anglash (L.Nelson);
- yangi bilim manbayi (A.A.Matyushkin);
- tafakkurning takomillashtirilishi (P.Dorner);
- o‘z xulq-atvorini (galdagi harakatini) loyihalashtirish (G.Blumer, R.Xarre, B.I.Hasan);
- o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi baholash (V.A.Bashanov, G.I.Katrich);
- o‘tmishga nazar tashlash, mantiqiy asoslash, umumlashtirish, tizimlashtirish, maqsadlar, qadriyatlar, dasturlarni ijodiy jihatdan ishlab chiqish (M.I.Naydenov, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov);
- integratsiya (A.M.Matyushkin, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov);
- faoliyatni rivojlantirish (O.S.Anisimov, S.A.Golitsin, A.V.Lektorskiy, V.S.Shvirev);
- faoliyatni boshqarish (A.G.Ogursov, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov);
- faoliyatdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish (O.S.Anisimov, G.P.Shedrov-skiy);
- kasbiy mahoratning akme-omili (O.S.Anisimov, A.A.Derkach, N.B.Koval-yova, S.N.Maslov, O.A.Polishuk, I.N.Semyonov, S.Y.Stepanov)409.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilar ekanmiz, refleksiya vazifalarining bir necha guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- birinchi guruh bilishga oid vazifalar, o‘tmishga murojaat qilish bilan bog‘liq;
- ikkinchi guruh takomillashtirish, rivojlanish, ijod bilan bog‘liq;
- uchinchi guruh loyihalashtirish, qayta tafakkur qilish bilan bog‘liq;
- to‘rtinchi guruh boshqarish bilan bog‘liq;
- beshinchi guruh tanqid, nazorat, asoslash, baholash bilan bog‘liq;
- oltinchi guruh integratsiya, tashkillashtirish bilan bog‘liq;
- yettinchi guruh faoliyat sarhadlaridan chetga chiqish bilan bog‘liq.
Refleksiya – bu ijtimoiy ish xodimining nafaqat o‘z-o‘zini tushunish va bilish, balki boshqalarni “refleksiyalovchi” obyekt, ya’ni mijozning shaxsiy xususiyatlari, emotsional ta’sir va kognitiv (bilish bilan bog‘liq) tasavvurlari haqida bilishini aniq-lash hamdir. Ushbu tasavvurlarning mazmunini o‘zaro hamkorlik predmeti (natija) sifatida namoyon bo‘lganda refleksiyaning alohida ‒ predmet-refleksiya munosabat-lari shakli rivojlanadi.
Refleksiya murakkab jarayon sifatida subyektlarning bir-birini aks ettirishini xarakterlovchi, kamida quyidagi:
- haqiqatda ijtimoiy ish xodimining qandayligi;
- ijtimoiy ish xodimi o‘zini qanday tutishi;
- ijtimoiy ish xodimining mijozga qanday ko‘rinishi;
- mijoz tomonidan xuddi shunday holatning namoyon etishi kabi holatlarda namoyon bo‘ladi.
Refleksiya ijtimoiy ish xodimlari bir-birini o‘ziga xos xislatlarini qayta tiklash va rivojlantirish mazmunidagi xxizmatchilar bir-birining faoliyatini aks ettirish jarayonidir. Shu bilan bir qatorda, ushbu o‘zaro aks ettirishni o‘rganish ijtimoiy psixologiyada eksperiment asosida o‘tkaziladi. Va birgalikda faoliyat yurgizayotgan ijtimoiy xizmatchilar juftligini yoki o‘zaro hamkorlik bilan bog‘langan real ijtimoiy guruhlarni o‘rganish bilan bog‘liqdir (D.Xolm, T.Nyukoma, Ch.Kuli, G.M.Andreyev ishlarida).
Psixologiyada refleksiyani tizimli o‘rganish asosida 1900-1930-yillarda (I.M.Sechenov, V.M.Bexterov) bosh miyaning ishtirokida kechadigan reflekslarni o‘rganish predmeti qilib olgan tabiiy-ilmiy yo‘nalish yuzaga keldi. Psixofiziologiyadagi bu yo‘nalish refleksiologiya (lot. reflixus-aks ettirilgan, logos-ta’lim) nomini oldi. Psixologiya doirasida vujudga kelib refleksiologiya, pedago-gika, psixiatriya, sotsiologiya, ijtimoiy ish, madaniyatshunoslikka kirib keldi. Lekin bir kator empirik muvaffaqlatlarga qaramasdan, refleksiologiya xulq faoliyatining qo‘shimcha hodisasi sifatida psixik jarayonlarni mexanistik talqinini yenga olmadi.
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyati ong strukturasini vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi:
a) ijtimoiy xususiyati xatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan belgilarning qamrab olinganligi;
b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi tushunishga nisbatan qobiliyatlilik;
d) predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga va alomatlarga ega bo‘lishligi va b410.
Refleksiya bu mijoz tomonidan aytilganlarga qaytishdir. Bu mijozlarni eshitish va ular tomonidan aytilganlarni bir majmuaga keltirish vositasidir. Bu mijoz tomonidan aytilgan barcha fikrlarning uning o‘ziga qaytarishdir.
Refleksiyaning ikki turi mavjud: ma’lumotlar refleksiyasi va hissiyotlar refleksiyasi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling