Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet148/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   195
Ma’lumotlar refleksiyasi ijtimoiy ishchining mijoz tomonidan aytilganlarga nisbatan qiziqish mavjudligi va diqqat bilan tinglashda namoyon bo‘ladi. Refleksiyaning ushbu turi ijtimoiy ish xodimini mijoz aytganlarini to‘g‘ri tushuna olganligi haqida ishontirishidir. Ma’lumotlar refleksiyasi – bu mijoz aytganlarini o‘ziga yetkazib berish demakdir.
Hissiyotlar refleksiyasi. Bu holatda ijtimoiy ish xodimining vazifasi ma’lumotlar mazmuniga emas, balki hissiy tomonini tasvirlab berishga urinishdan iborat.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonida refleksiyalar juda ham katta ahmiyatga ega, chunki ular:
birinchidan, ijtimoiy ish xodimining mijozni tinglayotganini ko‘rsatadi;
ikkinchidan, ijtimoiy ish xodimini tinglashga majbur etadi;
uchinchidan, mijozning aytganini ijtimoiy ish xodimi noto‘g‘ri tushungan taqdirda mijoz ijtimoiy ish xodimining fikrini oydinlashtirishga ko‘maklashadi;
to‘rtinchidan, mijoz o‘z fikrini davom ettirishi uchun qo‘lay imkon yaratadi;
beshinchidan, mijozga suhbat mavzusini tanlash imkonini beradi, bu esa o‘z muammosini o‘zi hal etishi uchun yordam beradi.
Ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonida quyidagi omillarni e’tibor qaratishi lozim:
1. Tevarak-atrof va sharoit omili. Bunda mumkin bo‘lmagan quyidagi holatlarni e’tiborga olish lozim:
• mijoz bilan noqulay sharoitlarda uchrashish;
• stol ustida o‘tirib suhbat o‘tkazish;
• mijozga qarshisiga to‘g‘ri o‘tirish;
• mobil tel’yefonni yoqilgan holda qoldirish;
• stol ustida shaxsiy narsalar va fotosuratlarni qoldirish;
• e’tiborsiz kiyim;
• mijoz stulidan yuqori/katta stulni tanlash;
• konfidensial qog‘ozlarni yuzada qoldirish;
• uchrashuvga kechikib kelish/ bekor qilish.
Mumkin:
• turli mijozlar uchun turli materiallarni tayyorlash;
• suhbatni mutanosib sharoitda o‘tkazish;
• mijoz kelganda qabulxona administratoridan mijoz bilan do‘stona munosabatda bo‘lishni talab qilish;
agar mijoz ertaroq kelsa, uni kutib turish uchun joy bo‘lishi zarur;
• ro‘yxat bo‘yicha uchrashuvlarni belgilang vakundalik tuting.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling