Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet164/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   195
Ijtimoiy-pedagogik funksiya insonlarni qiziqish va ehtiyojlarini belgilab, ularni ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish, qayta tayyorlash, shaxsiy hamda kasbiy qiziqishlar va qadriyatlar orasidagi tafovutlarni tenglashtirishdan iborat. Bunda ehtiyojmanlarni shaxsiy xususiyatlarini korreksiyalash va mavjud bo‘lmaganlarini shakllantirish nazarda tutilib, shakllantiruvchi treninglardan foydalanish mumkin;
Ijtimoiy-psixologik funksiya ehtiyojmanlarga psixologik maslahat va psixokorreksiyaviy yordam ko‘rsatib, ularni ijtimoiy adaptatsiyalashuvini, ijtimoiy munosabatlar jarayonini tekis kechishini ta’minlashdan iborat. Mazkur funksiyani bajarish uchun, psixodiagnostik, psixokorreksiyaviy va psixologik maslahatlar berish asoslariga tayanish lozim bo‘ladi hamda diagnostik va bilim orttiruvchi treninglardan foydalanish mumkin;
Ijtimoiy-tibbiy funksiya kasalliklarga duchor bo‘lmaslik uchun ogohlantiruvchi ishlar olib borish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganishga yordam berish, ovqatlanish madaniyati, tozalik me’yorlari, oilani reproduktiv vazifasini bajarish bo‘yicha maslahat berish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom hayot tarzini o‘rgatishdan iborat;
Ijtimoiy-maishiy funksiya turli qatlamga taalluqli bo‘lgan aholiga (nogironlar, yoshi keksalar, yosh oilalar, noto‘liq oilalar va b.) yashash sharoitini yaxshilash va maishiy hayotini tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Bunda mutaxassis milliy, etnik va maishiy hayot tarzini tashkil etish va boshqarishga oid kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi;
Kommunikativ funksiya yordamga ehtiyojmand bo‘lganlar axborot berishni tashkil etish, axborot ayriboshlashni ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi xizmatlar faoliyatiga turli ijtimoiy institutlarni jalb etishni tashkil etishdan iborat. Mazkur ijtimoiy institutlar faoliyati va ularning maqsadini chuqur bilishni taqozo etib, uni huquqiy va iqtisodiy asoslari bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lishi talab etiladi;

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling