Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Download 1.06 Mb.
|
Oilaning vazifasi:
a) jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash. Oila o‘z oila a’zolari biologik mavjudligini, ularga oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak berib, ular sog‘ligini saqlashga g‘amxo‘rlik qiladi, aholi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadi; b) jamiyat madaniy uzluksizligini ta’minlaydi-oila shaxsning boshlang‘ich ijtimoiylashuvini amalga oshiradi; d) balog‘atga yetmaganlar va mehnatga qobiliyatsizlarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlaydi; e) shaxsning begonalashuvi (jamiyatdan ajrab qolishi)ning oldini oladi. Oila individga emotsional va intim ehtiyojlarini qondirishni, ma’naviy o‘z-o‘zini boyitishni ta’miinlaydi; f) oila a’zolari xulq-atvorining ijtimoiy nazorati va axloqiy chegaralash462. Qarindoshlik aloqasining tuzilishiga bog‘liq holda oddiy (nuklear) va murakkab oila farqlanadi. Oilaning bitta nikoh juftligidan va ularning ba’zan nikohidan bo‘lmagan bolali (yoki bolasiz) shakli oddiy oila hisoblanadi. Agar oilada bolalar ota-onalaridan biri bilan yashasalar u to‘liq bo‘lmagan oila deyiladi. Uch yoki ortiq avlodli oila, ota-onalar, ularning katta bolalarining erlari, xotinlari va ularning bolalari ‒ nevaralaridan iborat oila murakkab, kengaygan oila hisoblanadi. Bir necha o‘zaro urug‘chilik va umumiy xo‘jalik asosida bog‘langan nuklear oilalar ham murakkab oila deb ataladi. Bolalar soni bo‘yicha bolasiz, yosh bolali va ko‘p bolali oilalar bo‘ladi. Oilaning tashkiliy asosi nikoh hisoblanib, nikoh (arabcha) – erkak va ayol o‘rtasidagi tarixan shakllangan oilaviy bog‘lanish. Nikoh ularning bir-birlariga va bolalarga munosabatlar bo‘yicha huquq va majburiyatlarini yuzaga chiqaradi. Hozirda jahonning ko‘pgina davlatlarida nikohni rasmiylashtirish (qayd etish) qonun yo‘li bilan mustahkamlangan. Ayrim davlatlarda diniy (islomiy, nasroniy nikoh) rasman tan olinadi, ayrim davlatlarda esa fuqaroviy yoxud ham unisi, ham bunisiga amal qilinadi. nikoh hodisa sifatida o‘z tadrijiyligiga ega: ♦ nikoh yoshiga yetish; ♦ umr yo‘ldoshini tanlash va belgilash; ♦ nikohga kirishish; ♦ nikohni to‘xtatish. Nikoh yoshi – nikohga kirishish minimal yoshini aniqlash yoki urf-odatga ko‘ra yoki qonunga ko‘ra belgilanadi, lekin har ikkisida ham jinsiy, ham ruhiy va ijtimoiy yetuklikka erishganlik hisobga olinadi463. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling