Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Nikohning quyidagi turlari mavjud


Download 1.06 Mb.
bet188/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   195
Nikohning quyidagi turlari mavjud:
1. Monogam nikoh – bir erkakning bir ayol bilan nikohi.
2. Poligin nikoh – bir erkakning bir necha ayol bilan nikohi.
3. Poliandriya nikoh – bir ayolning bir necha erkaklar bilan nikohi.
4. Fraternal-poliandriya nikoh – bir necha aka-ukalarning bir ayol bilan bo‘lgan nikohi.
5. Sororal-poliginiya – bir necha opa-singillarning bir erkak bilan nikohi.
6. Ekzogam nikoh – nikoh juftini (xo‘ja-xo‘jaga) guruhdan tashqarida tanlangan nikoh.
7. Endogam nikoh – guruh ichidagi a’zo bilan tuzilgan nikoh.
8. Patrilineal nikoh – familiya, mol-mulk, ijtimoiy mavqeyi, otadan meros qoladi.
9. Matrilineal oila – onadan meros qoladi.
10. Patriarxal nikoh – oila boshlig‘i erkak.
11. Matriarxal nikoh – oila boshlig‘i ayol.
12. Egolitar nikoh – erkak va ayol o‘rtasida hokimiyat sharoitga ko‘ra taqsimlanadi (ishchi-ishchi).
13. Gomogen nikoh – er-xotin bir stratadan berilgan oilalar.
14. Geterogen nikoh – er-xotin turli sinf, qatlam va kastalardan bo‘lgan nikoh.
15. Patrilokal nikoh – yangi qurilgan yosh oila erkagining otasinikida turadigan oilalar.
16. Matrilokal nikoh – yangi qurilgan yosh oila kelinning otasinikida yashaydigan oilalar.
17. Takroriy nikohlar – ajrashgandan keyin tuzilgan nikoh. Unda nikoh a’zolarining oldingi nikohidan farzandlari yashashi mumkin.
18. Nuklear oila – er-xotin va ularning nikohga kirmagan farzandlari bilan yashaydigan oila.
Oila insonlarning tabiiy-biologik nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlarga asoslangan turmush birligi va o‘zaro javobgarlik orqali bog‘langan ijtimoiy guruhdir. Bu oilaning bugungi shakliga berilgan mukammal ilmiy ta’rifdir. Oila – jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o‘zining paydo bo‘lish, rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‘lgan. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi bosqichida – insonlar to‘da-to‘da bo‘lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib-qoidaga ega bo‘lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan oila bo‘lib yashaganlar. Oilaning bunday shakli fanda – poligamiya (ko‘p nikohlilik) deb ataladi. quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar asosan xususiy mulkning paydo bo‘lish natijasida oilaning tarkibi ham, shakli ham o‘zgardi. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi. Moddiy mahsulotlar yaratishda erkaklar ulushi yuqori bo‘la boshladi. Natijada oila huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi (erkaklar ustunliligi). Endi bir erkak oila boshlig‘i bo‘lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan bir oila bo‘lib yashardilar. Bunday oilalar ko‘p xotinlilik, ya’ni – poliginiya asosida tashkil bo‘lgan – poligamiya oila shakli bilan monogam (bir nikohli) o‘rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar.
Quldorlik davridan feodalizmga o‘tish, hamda feodal ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi oilaning monogam, ya’ni yakka nikohlilik ko‘rinishining paydo bo‘lishi asos bo‘lgan. Ushbu davrda xo‘jalik yuritishda ota-ona farzandlari, nevara-chevaralari bilan ishtirok etishgan. Kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida esa yirik-yirik sanoat korxonalarining paydo bo‘lish natijasida mayda dehqon xo‘jaliklar, mayda hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga ishchi kuchi sifatidagi talab asta-sekin kamayib boradi. Ko‘p bo‘g‘inli katta oila bo‘lib yashash hollari yo‘qola boshladi. Va oilaning yangi tuzilishi er-xotin va bolalardan iborat bo‘lgan nuklear oila va kabilar. Oilaning bugungi shaklida oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma’naviy, huquqiy, psixologik munosabatlar o‘zaro javobgarlik his tuyg‘ulari bilan bog‘lanib turadilar. Oilada har bir oila a’zosining o‘z ijtimoiy o‘rni bor. Oila asosini er-xotin tashkil etadi, lekin oilada er-xotin, ularning farzandlari, ota-onalari, opa-singillari, aka-ukalari va boshqa qarindoshlari yashashi mumkin. Oila tashkil topishiga, unda yashayotgan oila a’zolarining ijtimoiy o‘ringa qarindosh-urug‘lik munosabatlariga, miqdoriga qarab, bir nechta turlarga bo‘linadi. Nikoh birligiga ko‘ra oilalar ikki turga bo‘linadi: poligam va monogam.
Oilaning eng ko‘p tarqalgan turi nuklear oila bo‘lib, unda er-xotin turmush qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Agarda bironta farzandi turmush qurib, shu oilada yashasa, bunday oilalar murakkab oila hisoblanadi. Murakkab oilada ikki va undan ortiq oila yashaydi. Agar oilada er-xotin hayot bo‘lsa va birga yashasa, bunday oila – tugal yoki to‘liq oila deyiladi. Ularning biri oilada yashamasa yoki vafot etgan bo‘lsa, bunday oila tugalmas yoki noto‘liq oila deyiladi. Oila a’zolarining qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga ko‘ra ishchilar, xizmatchilar, ziyolilar, tadbirkorlar oilasi va hokazolar bor. Oila a’zolarining miqdoriga ko‘ra oilalar shartli ravishda uch turga bo‘linadi:
1. Kichik oilalar (2-4 kishi).
2. O‘rta oilalar (5-6 kishi).
3. Katta oilalar (7 va undan ortiq).
Garchi har taraflama ta’rif murakkab konseptual va siyosiy masalalarni qo‘ysa-da, oila bilan ishlash odamlarning o‘zlaridan kelib chiquvchi yoki oilaning ko‘p narsani qamrab olgan fenomenologik ta’rifiga asoslanadi va bu kontekstda tor ta’rif ham inobatga olinmog‘i darkor, deb hisoblaymiz. Agar ikki (yoki bir necha) odam oila sifatida qaraydigan, o‘zlari uchun mavjud bo‘lishning, odatda, umumiy hayotiy borliqni, Ikkinchi turdagi oila barcha odamlarda bor. Bu oila unda yaqin aloqalarga amal qilinishidan qat’iy nazar psixologik jihatdan muhim. Inson shunday oiladan paydo bo‘ladi. Oila a’zolari qondosh (yoki qondoshga yaqin), tik (avlodlar qarindoshligi) bo‘lganidek, yotiq qarindoshlik bilan ham bog‘liqdirlar; bunday oila barcha: tirik va o‘lik, yaqin va uzoq, mashhur va noma’lum qarindoshlarni birlashtiradi. Biz “qondosh(qarindosh)ga yaqin” deb gapiramiz, chunki turli oilalar va etnik guruhlar oilaning chegarasini o‘zlaricha belgilaydilar. Ba’zida odam birdan ortiq oiladan chiqadi, masalan, farzand qilib olish yoki ota-onalarning takror niqohdan o‘tishlari hollarida. Bugungi kunda oila tuzilmasi o‘zgardi va xiyla murakkab bo‘lib qoldi: bu qarindoshlik aloqalari va avlodlar orasidagi aloqalarga yoyiladi.
Oila va bolalar bilan olib boriladiagan ijtimoiy ish majburiyatlar, turli-tuman rollar va vazifalar – oilaviy hayotning bir qismi deb hisoblash qabul qilingan barcha narsani bo‘lishadigan iliq dilkash muhitini yaratgan bo‘lsalar, oila mavjud, deb hisoblaymiz.
Oila muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy ishchi garchi “shaxs – muhit” ning bor majmuyi e’tiborga olinsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni va aralashuvda birinchi o‘ringa oila yoki mijozning yaqin ijtimoiy muhiti qo‘yiladi. Ta’kidlanganidek, oila muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy xizmatchilar-ning rollari va vazifalari “inson – oila – muhit” majmuyining qaysi tomoniga asosiy e’tibor qaratilishiga bog‘liq. Ko‘rinadiki, ijtimoiy ishchilar qandaydir muayyan bir “maktab”ning o‘ziga xos tarafdori emaslar, chunki yordam ko‘rsatishda ishning barcha usullari potensial foydalidir. Har qanday oilada tarixiy, tuzilmaviy, ekologik, kommunikativ va hatto afsonaviy jarayonlar bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi. Ijtimoiy ishchilar ba’zi mezonlarga asoslangancha ushbu aniq holatda qaysi aspektlarga e’tibor qaratish lozimligini va oila bilan ishlash jarayonida bir aspektdan boshqasiga urg‘u berishni qachon ko‘chirishni tanlashlari mumkin. Biroq ijtimoiy ishchi muntazam ravishda o‘z ishining sifati va izchilligini kuzatib borishi zarur.
Bugungi kunda oila bilan ishlashning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas. Ko‘pchilik uni oilaviy terapiyaga tenglashtiradi va hatto oilaning barcha yoki bir necha a’zolarini bir butun holda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadigan alohida usullar bilan cheklaydi. Biroq oilalar bilan keng qamrovli ma’noda amaliy ish olib borish kelajak nuqtayi nazaridan belgilanadi.

Oila bilan ishlashni insoniy mavjudotga ularning yaqin va ancha keng muhiti bilan munosabatlari doirasida yondashish, ularning yordamga bo‘lgan ehtiyojlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish sifatida ifodalash mumkin. Bunday yondashuv diqqat markaziga oilani qo‘yadi va uni “qiziqishning yagona predmeti” sifatida ta’kidlaydi. Bu aslo alohida inson nimagadir bo‘ysunishi kerak degani emas, bu hatto ijtimoiy ishchi butun oila bilan shug‘ullanishi lozim degani ham emas. Bu insonni tushunish va unga shu insonning o‘zi bir bo‘lagi bo‘lgan yaqin insonlarining hiyla umumiy tizimi kontekstida yordam ko‘rsatish mumkin, deganidir. Bunday tizimning eng muhimi, odatda, oila bo‘ladi. Bu yana shuni ko‘rsatadiki, oila insonni doimo uning yaqin muhiti bilan ko‘rib chiquvchi ijtimoiy ish qiziqishining an’anaviy doirasida turadi. Oila bilan ishlash na oila va uning a’zolari, na oilaviy turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi ancha keng muhiti bilan cheklanmaydi. U nafaqat oddiy odamlar uchun, balki oila mansub bo‘lgan hiyla yirik ijtimoiy kuch va tizimlar uchun ham ahamiyatli bo‘lgan odam, oila va yaqinlarining o‘zaro munosabati birmuncha muhim ekanligini ko‘zda tutadi. Shuning uchun u umumiy xarakter kasb etadi.Oila bilan ishlovchi mutaxassis katta miqdordagi rollarni ijro etishi va turli kattalikdagi tizimlar bilan ishlashi mumkin. U dastur muallifi ham, ijtimoiy analitik ham, agentlikda boshqaruvchi ham bo‘lishi mumkin. Biroq u diqqatni asosan alohida inson, oila yoki guruhga bevosita xizmat ko‘rsatishga jamlaydi. Oila bilan ishlash sog‘liqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyati va albatta, oilaviy agentliklarni kiritgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida ham olib borilishi mumkin.


Ba’zi amaliyotchi mutaxassislar oila bilan ishlashda asosiy e’tibor hozirgi vaqtga qaratilishini talab qilib turib olsalar, boshqalari aksincha, asosiysi avlodlar orasidagi aloqani o‘rganish, deb hisoblaydilar. Biroq ularning ko‘pchiligi doimo, hatto eng kam darajada bo‘lsa ham tarixga murojaat qiladilar, bu esa ularga oilaning ichki olamini tushunishda yordam beradi. Oilalar bilan muayyan kontekst va aniq maqsad asosida ishlaydigan ijtimoiy ishchilar ulardan kelib chiqib, avlodlar orasidagi aloqalar rolini tadqiq etishga qanday o‘rin ajratishni hal qiladilar.
Ba’zi vaziyatlar o‘zgarishning asosiy maqsadi bo‘lishi mumkin bo‘lgan oilada tug‘iladigan munosabatlarni o‘rganish asosi deb hisoblanadi. Er-xotin juftligi, oilalar yoki odamlarning bir butun guruhi bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar ularga tadqiqotchi, ba’zida esa o‘z shaxsiy oilalari genealogiyasining haqiqiy eksperti bo‘lishlariga yordamlashadilar. Ular afsonalar, rivoyatlar, o‘z oilasining sirlarini o‘rganadilar, tarixiy xatolarni fosh etadilar va h.k. Bu turdagi tadqiqotlar natijasida mijozlar oila ichidagi mavjud munosabatlarni qanday o‘zgartirishni o‘rganadilar. Ijtimoiy ishchi mijozlarga axloqning turli imkoniyatlarini o‘rganishda yordamlashadi, oila a’zolari bilan munosabatni o‘zgartirishning turli strategiyalarini taklif qiladi, qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi va natijasini kuzatishga ko‘maklashadi. Hatto oila tarixini bunday chuqur o‘rganish talab etilmaydigan hollarda ham u bilan ba’zi tanishuvlar foydali bo‘ladi, agar oila kritik vaziyatga tushib qolsa yoki agar ijtimoiy ishchi muammoga duch kelgan ko‘pgina boshqa vaziyatlarda ham tezda hal bo‘ladi.
Muayyan e’tiborni talab qiluvchi uchinchi yo‘nalish oila tizimining zamonaviy holati hisoblanadi. Aniq vaziyatdan chetga chiqqancha ijtimoiy ishchi, uning fikricha, oila bilan ishlashning diqqat jalb qilinishi zarur bo‘lgan aspektini tanlashi mumkin. Mijozning muammosini aniqlash uchun uning ehtiyoji, tajribasi, shuningdek, ijtimoiy ishchining tajribasi va nazariy asosi, uning muammolar, ularni yechish lozim bo‘lgan muddatlar, madaniy darajasi, oilaning qandaydir sinfga mansubligi, ijtimoiy xizmatlar bilan muloqotdagi ilgarigi tajribasi, oilaning tuzilmasi va boshqa ko‘plab tasavvurini inobatga olish zarur. Oiladagi o‘zgarishlar zaruriy hisoblanadi, agar:
1) oila yomon uyushgan;
2) oila va atrof olam yoki oila a’zolari, turli avlod, turli jins vakillari orasida kerak bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri chegaralar mavjud;
3) oilada iyerarxiyaning parchalanishi kuzatiladi;
4) xato uchburchak yoki ittifoq yaratilgan, masalan, agar bola er-xotinlik tizimida kattalardan birining o‘rnini bosayotgan bo‘lsa.
Ko‘pchilik oila va er-xotin juftligiga agar oilaviy muloqot jarayonida yetarlicha e’tibor ajratilsa, yordamlashish mumkin. Qat’iy tartibli yoki oila a’zolaridan biri ekstremal yoki shafqatsiz axloqli bo‘lgan oilani o‘zgartirish uchun asos yaratishda hiyla murakkab yondashuvlar zarur.
Oila tizimining tuzilmaviy, tashkiliy va kommunikativ tomonlari kuzatish va boshqa usullar yordamida baholanadi. O‘z faoliyatining asosiy sohasi oila deb hisoblovchi ijtimoiy ishchilar mijozlar bilan muloqotda oilaviy aloqalarning stereotipiga ta’sir ko‘rsatishga urinarkanlar mijozlar bilan rasmiy uchrashuvlarda bo‘lganidek, uyga tashrif buyurishda ham faol va insoniy bo‘lishga intiladilar. Ijtimoiy ishchi oilaning o‘zligi kabi, atrof olamni ham yangicha his qilishiga muhit yaratishga harakat qiladi. Oilani tashvishga soluvchi muammoga yangicha yondashuv yordamida uning a’zolari o‘zlari va o‘z muammolariga yangicha qarashni boshlaydilar.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling