Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet35/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Axloq va huquq ‒ inson munosabatlarining o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan muhim elementlaridir. Ularning tabiati jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit, sotsial-sinfiy strukturaga bog‘liq bo‘ladi. Demokratik fuqarolik jamiyatida axloq va huquqning o‘zaro aloqadorligi quyidagi qonuniyat tufayli obyektivlashadi ‒umumxalq huquqining axloqiy potensiali, qonunchilikning axloqiy asoslari o‘sib boradi.
Shunday qilib, huquq-nafaqat siyosiy-yuridik, balki ijtimoiy-axloqiy hodisa. Jamiyatning huquqiy hayoti insonparvarlik, adolat, vijdon va burch, or-nomus, erkinlik va mas’uliyat kabi axloqiy hodisalarsiz rivojlana olmaydi.
Axloq va huquq munosabatlariga qadim davrlardan mutafakkirlar o‘z e’tiborini qaratganlar. Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun va Arastular huquqiy mafkurani ishlab chiqishar ekan, etikani qonunchilik bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Rim yuristlari: “Huquq urf-odatlar ma’qullagan narsalarni tavsiya qiladi”, ‒ degan postulatni ilgari surganlar.
Yangi davrda axloq va huquq uzviy bog‘liqlikda olib qaralgan, hatto Gelvetsiy: ““Etika” va “Qonunshunoslik”ni men bitta fan deb tushunaman”140,‒ deb yozadi.
Nemis klassik falsafasi namoyondalari ham axloq va huquq munosabatlariga o‘z e’tiborlarini qaratishgan. Kant: “Huquq axloqqa bo‘ysunadi”, deb hisoblagan. Gegelning fikricha, axloq va huquq bir-birini taqozo qiladi, farqi shundaki, axloq tashqaridan bo‘ladigan majburiylikka yo‘l qo‘ymaydi141.
Aslida, huquq inson xatti-harakatini boshqarish shakli sifatida tarixiy taraq-qiyotning muayyan bosqichida, axloq normalaridan kelib chiqadi. Huquq o‘z taraq-qiyotining turli bosqichlarida axloq bilan deyarli uyg‘un bo‘lgan. Faqat vaqt o‘tishi bilan yozma va shakllangan qonunchilikka aylangan. Boshqacha qilib aytganda, huquq o‘z ichiga axloqiylikni qamrab oladi.
Axloq va huquqning munosabati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) birligi va o‘xshashligida;
2) farqli tomonlarida;
3) o‘zaro ta’sirida142.
Axloq va huquq ijtimoiy ong shakllari sifatida umumiy ijtimoiy funksiyani bajaradi; insonning jamiyatdagi faoliyatini boshqaradi, normativ xususiyatga ega va fuqarolar bu norma va prinsiplarga amal qiladilar. Bu norma va prinsiplar umumiy xarakterga ega va jamiyatning barcha a’zolariga taalluqlidir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling