Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet56/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195
Handarzlar. “Avesto”, zardushtiylik ta’limoti dastlab ko‘rib o‘tganimizdek, Turon mintaqasida vujudga kelgan hamda yoyilgan bo‘lsa, keyinchalik Eronzamin va Hindistonning forslar yashaydigan mintaqalarda juda keng tarqaldi. Ba’zi yer-larda musulmonchilik kirib kelgandan so‘ng ham o‘z mavqeyini saqlab qoldi. Pahlaviy tilida yaratilgan “Handarzlar” (o‘gitlar) garchand diniy-e’tiqodiy asosga suyansa-da, mohiyatan axloqiy pandnomalar sifatida otashparastlar orasida mashhur bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi Qadimgi Eronning ulug‘lari nomidan tartib berilgan: “Dastlabki ustozlar o‘gitlari”, “Xusrav Anushiravon o‘gitlari”, “Buzurjmehr o‘gitlari” v.h.
“Buzurjmehr o‘gitlari” handarzida mazkur uchlik ezgulikning asosi sifatida quyidagicha ta’riflanadi: “Ezgulik nima-yu, yovuzlik nima? Ezgulik bu ‒ ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal, yovuzlik esa yovuz o‘y, yovuz so‘z va yovuz amal”. Shundan keyin mazkur uchlik tahlil etilib, uning axloqiy mohiyati ochib beriladi, har bir so‘zning axloqiy xususiyati o‘ziga xos, ta’bir joiz bo‘lsa, axloqshunoslik nuqtayi nazaridagi talqin etiladi: “Ezgu o‘y bu ‒ fikrlashdagi mo‘tadillik, ezgu so‘z ‒ saxiylik, ezgu amal ‒ to‘g‘rilik. Yovuz o‘y, bu – fikrlashdagi isrofgarchilik, yovuz so‘z – pastkashlik, yovuz amal esa yolg‘onchilik”167.
Bundan tashqari mazkur handarzda insonning ma’naviyatiga, ayniqsa aql va ilmga alohida e’tibor berildi: Ahura-Mazda odamlarni yovuz devlardan himoya qilishi uchun bir necha ma’naviy jihatlarni yaratgan. Bular ‒ tug‘ma aql, kasb etiladigan (o‘ziga yo‘qtiriladigan) aql, fe’l-atvor, umid v.h. Tug‘ma aql vujudni qo‘rquvdan xolis qiladi, mol-dunyoning o‘tkinchiligini va o‘limning haqligini eslatib turadi. Ikkinchi turdagi aql esa taqvodorlar yo‘lidan borish, ulardan o‘rganish orqali vujudga keladi va nima bo‘lishini oldindan bilish, nima bo‘lib o‘tganini yodda tutish uchun xizmat qildi. Demak, tug‘ma aql inson mohiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, aqliy tarbiya orqali kasb etilgan aql esa uning mavjudligi, hayotiy amaliyoti masala-lariga borib taqaladi. Buzurjmehrning quyidagi o‘z-o‘zi bilan savol-javobi yuqori-dagi ma’naviy xususiyatlarning axloqiy mohiyatini yanada yaqqolroq ochib beradi:
Handarzlardan biri baxtli kishining fe’li va aqliga bag‘ishlangan. Unda baxt tushunchasi quvonch bilan bog‘liq tarzda talqin qilanadi. Baxtli kishi haq yo‘lni tanlagan, nuqsonlardan forig‘ insondir, shu xislatlar tufayli u qalban va fikran quv-noq yashaydi, odamlarga muloyim munosabatda bo‘ladi, har kim bilan unga mos keladigan munosabatni tanlaydi, baxtni ma’budlardan, fazilatlarni o‘z do‘stlaridan olishga intiladi, dono qarorlar qabul qiladi. “Dono qaror, insonning aql bilan vujudni uyg‘unlashtirishi, faoliyatli, g‘ayratli, jasoratli bo‘lishi, shuningdek, o‘z ichidagi dushmanni yengishi bilan belgilanadi. Zero, o‘z ustingdan hukmronlik qilish kimningdir ustidan hukum yurgizishga qaraganda yoqimliroqdir”168.
Shunday qilib, handarzlar to‘plangan, bitilgan davr o‘rta asrlarga to‘g‘ri keli-shini hisobga olsak, “Avesto” ta’sirining vaqt va qamrov doirasi naqadar kengligini ko‘rish mumkin.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling