Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet52/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195
Nazorat uchun savollar:
1. Axloq tushunchasini izohlang?
2. Etika tushunchasining lug‘aviy ma’nosi nima?
3. Etikaning qanday mezoniy tushunchalari mavjud?
4. Axloq o‘zining tarixiy taraqqiyotida qanday vazifalarni bajargan?
5. Axloqning funksiyalarini nimalardan iborat?
6. Axloqning shaxsiy va ijtimoiy o‘lchovlari qanday?
7. Axloqning kelib chiqishiga oid qanday yondashuvlari mavjud?


Mavzu bo‘yicha test savollari:
1. Axloq bu ‒ ...
A. jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir
B. oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlar
C. inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlar
D. insonning jamiyatdagi faoliyatini boshqaradi, fuqarolar bu norma va prinsiplarga amal qiladilar
2. Ijtimoiy ish xodimi o‘zining kasbiy faoliyati davomida o‘rnatilgan ............ amal qilishni talab etadi.
A. kasbiy normalarga
B. mehnat normalariga
C. burch normalariga
D. vijdon normalariga
3. Etika qanday bo‘limlardan iborat?
A. meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish)
B. meza-etika (etika konseptlari), va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish)
C. meta-sotsiologiya (sotsium konseptlari), normativ me’yor (etik normalarni belgilash) va nazariy etika (etik qiymatlarni ko‘rish)
D. psixologiya (ruhiy konseptlar), axloq va amaliy psixologiya (ruhiy jarayonlar)
4. Axloqning jamiyat hayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Bular qaysilar?
A. Regulyativ funksiya, Aksiologik funksiya (baholash), Axborot (bilish) funksiya, Tarbiyaviy funksiyasi.
B. Integrativ funksiya, Aksiologik funksiyasi (baholash).
C. Regulyativ funksiya, Axborot (bilish) funksiya, Targ‘ibot funksiyasi.
D. Relyatsion funksiya, Antropologik funksiya (baholash), O‘rganish funksiya, Axloqiy funksiyasi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling