Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Uyg‘onish davri va Yangi zamon axloq konsepsiyalarining
Download 1.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lorenso Valla
- Nikkolo Makiavelli
- Mishel Monten
3. Uyg‘onish davri va Yangi zamon axloq konsepsiyalarining
o‘ziga xos xususiyatlari Umuman olganda, O‘rta asrlar Ovro‘pa axloqshunosligi u qadar yuksak darajaga ko‘tarila olmadi. Faqat O‘rta asrlardan Yangi davrga o‘tish bosqichi sifa-tida namoyon bo‘lgan Uyg‘onish davridagina muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi: O‘rta asrlar musulmon Sharqida o‘rtaga tashlangan ko‘pgina axloqiy muammolar ta’sirida axloqqa insonparvarlik, insonni ulug‘lash, inson aqliy qudratiga ishonch singari yangicha nuqtayi nazardan yondashildi. Uyg‘onish davrining diqqatga sazovor axloqshunoslaridan biri italiyalik faylasuf Lorenso Valladir (1407-1457). Valla “Haqiqiy va yolg‘on ezgulik”, “Ixti-yor erkinligi haqida” kabi asarlarida barcha jonzotlarning tabiatan o‘zini asrashga va iztirobdan qochishga intilishi haqidagi fikrlarni o‘z axloqiy qarashlariga asos qilib oladi. Valla insonning jonli tabiat bilan aloqasini ruh orqali chuqurlashtiradi. Uning fikriga ko‘ra, hayvonlar ham odamlarga o‘xshash xotira, aql, iroda, tanlov, qobiliyat, achinish singari ba’zi ruhiy holatlarga ega. Lekin nutqqa, kulgiga egaligi, ayniqsa abadiylikka taalluqli ekani bilan inson hayvondan yuqori turadi; Xudoga o‘xshab abadiyatga daxldorligi bilan hayvonlardan farqlanadi, boshqa jihatlari bilan esa xuddi yulduzlar biz yoqqan olovga o‘xshaganidek, ularga o‘xshaydi. Valla lazzatni hamma yerda hamma intiladigan, ruh va vujud zavqlanishini o‘z ichiga olgan ne’mat, deb ataydi. U ‒ hamma intilishlarning maqsadi, yagona ne’-mat; hech kim qandaydir maqsadlar uchun lazzatlanmaydi, zero, lazzatning o‘zi ‒maqsad. Avgustindan farqli o‘laroq, Valla, muhabbat lazzatga o‘xshash, chunki ular ikkisining asosida ham hissiy idrok etish yotadi, deydi. Shuning uchun u Xudoni faqat Xudo bo‘lgani uchungina sevish kerak, degan fikrga qarshi boradi. Faylasuf Xudoni insonlarga ilohiylik beradigan ibtido sifatida, ko‘proq maqsad emas, vosita tarzida talqin etadi, ya’ni Xudo ne’matlar manbayi bo‘lganligi uchun muhabbatga loyiqdir. Ixtiyor erkinligi masalasiga ham Lorenso Valla katta e’tibor beradi. Uning fik-riga ko‘ra, har bir inson farovonlik uchun intiladi, yovuzlikdan esa, u o‘z yovuz-ligimi, o‘zganikimi qochishga urinadi. Ba’zan inson kimgadir zarar yetkazsa, albat-ta, yovuzligi tufayli emas, balki o‘z farovonligini ko‘zlab shunday ish qiladi. Demak, inson o‘z farovonligiga intilar ekan, u to‘g‘ri yo‘lni tanlashi kerak. Ne’matga, faro-vonlikka egalikning eng muhim sharti-baxtsizlik, xavf-xatar, bezovtalikdan yiroq va hamma tomonidan suyukli bo‘lish. Hammaga suyukli bo‘lish esa barcha lazzatlarning manbayi hisoblanadi; nafrat qurshovida yashash-o‘lim bilan teng. Shularga qarab, insonning yaxshi yoki yomonligiga baho beriladi. Valla zohidona fazilatlarga dunyoviy fazilatlarni ma’lum ma’noda qarshi qo‘yadi: “Fazilat nafaqat kambag‘allikka chidashda ‒ deydi u, ‒ balki boylikdan oqilona foydalanishdadir; nafaqat toq o‘tishda, balki oila qurishdadir; nafaqat bo‘y-sunishda, balki oqilona boshqarishda hamdir”. U zohidona fazilatlar asosida muhab-batni emas, qo‘rquvni ko‘radi, Xudoga ixlos emas, toqat bilan, muhabbat emas, qo‘rquv bilan ibodat qilishni ma’qul hisoblaydi188. Lorenso Vallaning axloqiy qarashlariga xulosa yasaydigan bo‘lsak, u odam-lararo bo‘ladigan barcha aloqalar va munosabatlarda manfaatni chetga surib qo‘y-maydi, hatto Xudoga munosabatni ham ana shu manfaat bilan bog‘laydi. Insonlar-ning o‘zaro munosabatlarida bir-biridan foydalanish maqsadi yotadi; manfaat, shax-siy farovonlik barcha insoniy qilmishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bundan, shaxsiyat va ijtimoiylik bir-biri bilan ajralmaydigan darajada bog‘liq, degan fikr kelib chiqadi. Uyg‘onish davri axloqshunosligida keyingi davrlar uchun ham xarakterli bo‘l-gan ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanadi. Birinchisi – inson tabiati ibtidodan ezgu, ikkin-chisi ‒ ibtidodan yovuz, degan g‘oya. Lekin ikkala yo‘nalish ham, real tajribadagi inson xudbin mavjudot, degan fikrda to‘xtaladi. Farq shundaki, birinchi yo‘nalish-dagi axloqshunoslar xudbinlikni tarixiy sharoitdan, jamiyatning oqilona tashkil etil-maganidan, tengsizlikdan kelib chiqqan deb bilsalar, ikkinchi yo‘nalishdagilar uni inson tabiatining ixtiyori sifatida talqin etadilar. Ana shu yo‘nalishlardan birinchisi-ga moyillikni Lorenso Valla qarashlarida ko‘rgan bo‘lsak, ikkinchi yo‘nalishning yirik vakili boshqa bir italiyalik mutafakkir Nikkolo Makiavellidir (1469-1527). Makiavellining axloqiy qarashlari asosan uning “Hukmdor” (1513) asarida o‘z aksini topgan. Unda mutafakkir saxiylik va tejamkorlik, shafqat va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat singari tushunchalarga batafsil to‘xtaladi. Lekin ularga faylasuf O‘rta asrlardagiga nisbatan yangicha mazmun va ma’no beradi. U shafqat va shafqatsizlik haqida fikr yuritib, hukmdor fuqarolarni mahkam tutib turish yo‘lida o‘zini shafqatsizlikda ayblashlaridan qo‘rqmasligi kerak, deydi. Uning bir qadar shafqatsizligi tartibsizliklarni keltirib chiqaradigan davomli shafqatsizliklardan afzaldir. Zero, o‘g‘rilik, qaroqchilik, qotillikni tug‘diradigan bunday tartibsizlik-lardan butun aholi aziyat chekadi. Bu fikrlarni Makiavelli, ayniqsa, yangi hukmdor-larga nisbatan ma’qul ko‘radi. Uning fikriga ko‘ra, yangi hukmdorni boshqa hukm-dorlarga nisbatan shafqatsizlikda kamroq ayblaydilar. Chunki yangi davlatga juda ko‘p xavf-xatar tahdid soladi. Makiavelli hukmdor o‘z fuqarolarining ko‘proq mehr-muhabbatiga emas, qo‘rquviga erishishi kerakligini aytadi: “...qaysi biri yaxshi-xalqning hukmdorni sevganimi yoki undan qo‘rqqanimi? Aytishlaricha, birvarakayiga ham qo‘rqqani, ham sevgani yaxshi; biroq mehr-muhabbat qo‘rquv bilan chiqisha olmaydi, shu bois tanlashga to‘g‘ri kelganda, qo‘rquvni tanlagan durust. Zotan, odamlar haqida, umu-man, hech qachon minnatdor bo‘lmaydigan, beqaror, munofiqlik va yolg‘onchilikka moyil, o‘z foydasini ko‘zlab, xatardan qochadigan jonzotlar deyish mumkin: toki sen yaxshilik qilib turar ekansan, ular butun borlig‘i bilan seniki, sen uchun hamma narsasidan, qoni-jonidan ham, bolachaqasidan ham, boyligidan ham kechishga tay-yor, lekin ishing tushganda, shu zahoti yuzini burib ketadilar... Bundan tashqari, odamlar o‘zida mehr-muhabbat uyg‘otgan kimsalardan ko‘ra, qo‘rquv uyg‘otgan kimsani xafa qilishdan ko‘proq tiyinadilar”189. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Makiavelli o‘z asarlarida, xususan, “Hukmdor” risolasida ilgari surgan axloqiy ta’limot, davlat rahbari axloqiy faoli-yatidagi fazilat va illatning o‘zaro aloqasi, bir-biriga o‘tib turishi, ba’zan esa, biri ikkinchisini keltirib chiqarishi haqidagi yangicha fikrlari haligacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Uyg‘onish davrining yana bir o‘ziga xos axloqshunosi, bu Mishel Montendir (1533-1592). Uning axloqiy badihalardan iborat “Tajribanoma” (1580-1588) asari G‘arb ma’naviy dunyosida ulkan voqea bo‘lgan amaliy axloq borasidagi noyob asar-dir. Uni G‘arbning o‘ziga xos “Guliston”i deb atash mumkin. Zero, yangi davr tajri-baviy axloqshunosligi Montendan boshlanadi: “Tajribanoma”da turli davr va xalqlar hayotida ro‘y bergan juda ko‘p axloqiy holatlar yig‘ilgan: ular muallifning nozik ruhiy-ijtimoiy kuzatishlariga moyil iste’dodli axloqshunos ekanini ko‘rsatadi. Monten o‘z mulohazalari orqali insonning tajribalar girdobiga ilojsiz tushib qolgan zot ekanligini ta’kidlaydi va bizda shunday qudratli, jonli tasavvur uyg‘otadiki, bu tasavvur uchun dunyo qiyofalar yaratadigan xomashyo manbayiga aylanadi. Mutafakkir o‘z davri uchun muhim bo‘lgan barcha masalalar bilan o‘zligini tahlil etish bilan shug‘ullanadi: “Yashash mening mashg‘ulotim, mening san’atim ‒ mana shu!... Men bunda xatti-harakatlarimni emas, balki o‘zimni, o‘z mohiyatimni tasvirlayman”, ‒ deydi mutafakkir190. Zero, o‘z-o‘zini kashf etish, o‘zini-o‘ziga tushuntirish, Monten fikricha, axloqiylikning sharti hisoblanadi. Uyg‘onish davri axloqiy ta’limotlari axloqshunoslik tarixida shubhasiz olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi. Zero, bu davr mutafakkirlari qadimgi dunyo axloqshunos-lari ilgari surgan nazariya va g‘oyalarni O‘rta asrlar musulmon Sharqi axloqshunos-ligi prizmasidan o‘tkazib, xulosalar chiqarishga intildi, muayyan ma’noda ularni Ovro‘pa axloq ilmida sintezlashtirish jarayonini boshlab berdilar. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling