Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet81/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195
Ozodlik va zaruriyat nisbati. Ozodlik ‒ insoniyatning azaldan erkin, hur va mustaqil yashash orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o‘zida mujassam etadigan tushuncha. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurri-yatga intilib yashaydi. U doimo o‘zini erkin his qilishga, tahlikasiz turmush kechi-rishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham insoniyat tarixining turli davrilarda jahon-ning barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash bo‘lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko‘p ko‘rgan255.
Xo‘sh, ozodlikning o‘zi nima? Ozodlik nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? “Ozodlik” g‘oyasining qudrati shundaki, u odamlarning o‘zaro munosabatlari, mamlakatlar va davlatlararo munosabatlarni me’yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki ortiqcha ta’zim-tavozega chek qo‘yadi. Ozodlik o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolarining o‘zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o‘rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Ozodlik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammo-lari va o‘z taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan istiqbol haqida o‘ylash. Ozodlik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyati. Ozod yashashga, mustaqil fikrlashga, o‘z taqdirini belgilashga, o‘z hayotini o‘zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, bu dunyoning shiddatli muammolar bo‘hroni qarshisida dovdirab qolmaydi. Ana shu oddiy hayotiy haqiqatni davlat mustaqilligiga ham qiyoslash mumkin. Ozodlik mustamlakachilikning har qanday shaklini u taqozo etadigan to‘siqlar va zo‘ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda, ozodlik jahon taraqqiyotining ilg‘or tajribalari asosida o‘z ravnaqining o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga, yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o‘zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo‘lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Ozodlik g‘oyasi-mazlumlarni o‘z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko‘rinishini inkor etadigan umuminsoniy g‘oya. Bu g‘oya insoniyat tarixining azaliy yo‘ldoshi, o‘tmishdan hozirga qadar o‘z ahamiyatini saqlab kelayotgan ezgu qadriyatni ifodalaydi. Uning mazmun-mohiyatini bir necha yo‘nalishda talqin va tahlil qilish mumkin. U ijtimoiy ma’noda ‒ jamiyat hayotining qandayligi va qay tarzda tashkil etilganligini, siyosiy ma’noda ‒ mustaqil va emin-erkin yashashni, iqtisodiy ma’noda ‒ mulk va moddiy boyliklarga barchaning teng ega bo‘lish imkoniyatini, ma’naviy ma’noda ‒ inson va jamiyatning turli tazyiqlardan xolisligi, fikr, e’tiqod va so‘z erkinligini anglatadi.
Ozodlik g‘oyasi insoniyat tarixida o‘chmas nom qoldirgan ko‘pgina alloma-lar, mutafakkirlar hayoti va ijodining mazmunini tashkil etadi. Alisher Navoiyning quyidagi ruboiysi bu g‘oyaning asl mohiyatini aks ettiradi:

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling