Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
G‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emish
Download 1.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gegel Georg Vilhelm Fridrix
G‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish. Ozodlik g‘oyasini umuminsoniy, milliy va shaxsiy nuqtayi nazarlardan ham talqin qilish mumkin. Umuminsoniy jihatdan, bu g‘oya butun Yer yuzida taraqqiyot va erkinlik uchun kurashayotgan kishilarning muzaffar bayrog‘i, demokratik jamiyat va davlatlar hayotining ustuvor tamoyillaridan birini ifodalaydi. Milliy jihatdan, u har bir millat va xalqning o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘li, o‘z taqdirini o‘zi belgilay olishi, milliy davlatchiligiga ega bo‘lishini anglatadi, Shaxsiy darajada ozodlik ‒inson haq-huquqlarining ro‘yobga chiqishi, uning ijtimoiy-ma’naviy jihatdan erkinligini bildiradi. “Falsafa qomusiy lug‘ati”da zaruriyatga quyidagicha ta’rif berilgan: “Ma’lum sharoit mavjud bo‘lgan taqdirda, albatta, yuz beradigan hodisa yoki voqea zaruriyat deb ataladi. Zaruriyat rivojlanuvchi hodisaning mohiyatidan, ichki tabiatidan kelib chiqadi. Zaruriyat muayyan hodisa uchun doimiy va barqarordir”256. Zaruriyatdan farqli ravishda, tasodifning sodir bo‘lishi shart emas. U muayyan predmetning mohiyatidan kelib chiqmaydi. Tasodif beqaror va vaqtinchadir, ammo u sababsiz yuz bermaydi. Zaruriyat va tasodif dialektik tarzda o‘zaro bog‘liqdir: voqea bir jihatdan zaruriyat bo‘lsa, boshka jihatdan tasodif ham bo‘ladi. Ilmiy va amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodifning obyektiv dialektikasini nazarda tutish kerak. Fanning vazifasi tasodifiy voqealar orasida yashirinib yotgan ichki zaruriyatni bilishdan iboratdir. Lekin fan tasodiflarni ham inkor qila olmaydi. Tasodiflar mavjud bo‘lib, voqealik jarayonlarining oqimiga qandaydir ta’sir ko‘rsatar ekan, fan ularning ham taraqqiyotdagi rolini hisobga olishi, insonni ko‘ngilsiz tasodiflar ta’siridan himoya qilishi lozim. Zaruriyat bu hodisa ichki elementlarining mohiyati bilan bog‘liq, sababi va zamini o‘zida bo‘lgan voqealar rivoji jarayonida qonuniy va muqarrar tarzda ro‘y beradigan hodisadir. “Zaruriylik” tushunchasini ishlab chiqishda muhim fikrlarni bayon qilgan yirik nemis olimi, faylasufi, matematik, fizik, huquqshunos, tarixchi, tilshunos va ixtirochi Leybnits (leibniz) Gotfrid Vilgelmdir (1646-1716)257. Zaruriyatni Leybnits tasodifga qarama-qarshi qo‘ydi. Zaruriyat subyektiv ko‘rinishga ega bo‘lmay, hodisalarni obyektiv aloqasidir. Leybnits ijtimoiy masalalarga oid tugallangan bir tizimga solingan asarlar yozgan emas. Bu masalaga oid uning fikrlari “Teoditsiya” (Xudoni oqlash) nomli risolasida bayon qilingan. Unda o‘zining mashhur optimistik nazariyasini bayon qiladi. U aytadiki, garchi dunyomiz ko‘p nuqsonlarga, yovuzliklarga ega bo‘lsa ham, baribir boshqa dunyolar ichida afzali va takomillashgani. Demak, ozodlik tushunchasi inson, millat, jamiyat, davlat miqyosidagi tushuncha bo‘lib, u zaruriyat tufayli kelib chiqadi va bir-birini taqozo etadi. Yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining mashhur vakili Gegel Georg Vilhelm Fridrix (1770-1831) – “ozodlikning anglashdagi taraqqiyoti” sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan iboratki, inson o‘zining “Mutlaq g‘oya” bilan mohiyatan birligini biladi va o‘zini obyektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) bilan tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard natijada “Mutlaq ruh” tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro o‘zining umumozodlik bilan jiddiy o‘xshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa o‘xshab ko‘rinishini uning o‘zi biladi”258 ‒ deb yozadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling