Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet177/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   195
1. Oilaviy hayotning axloqiy sohasi. Bola o‘zidan kattalarni, ayniqsa, ota-onani, buvi va buvalarni, o‘zidan katta yoshli yaqin va uzoq qarindoshlarni hurmat qilishi; aka-uka va opa-singillari bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, ularni izzat qilishi; namunali er va xotin tushunchasini to‘g‘ri tushunish va talqin etishi, xis-tuyg‘ularni ifodalash madaniyatiga ega bo‘lishi; ma’suliyatli farzand va ma’suliyatli ota-onalik bilim hamda tasavvurlari; halollik, odillik, vazminlik, yon berish kabi fazilatlarga o‘rganishi; oilaviy munosabatlarning axloqiy asoslarini anglashi lozimdir.
2. Oilaviy hayotning qonuniy sohasi. Bolani albatta, oilaviy hayotning, xususan nikoh va oilaning qonunchilik asoslari, oilaviy huquqning muhim jihatlari, er-xotinlarning bir-birlari, farzandlari, jamiyat oldidagi majburiyatlari borasidagi bilimlardan xabardor etish lozim.
3. Oilaviy hayotning psixologik sohasi. Bola nikoh va oilaning asoslarini, boshqa insonlar psixologiyasini, xis-tuyg‘ular rivojlanishi qonuniyatlarini inobatga olishi, muomala qilish madaniyati ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Oilaviy ahillik (barqarorlik)ni ta’minlovchi omillar, oilaviy qadriyatlar, ustanovkalar, ota-onalik, er-xotin, farzand tizimlarining o‘zaro hamjihatligiga erishish qoidalari borasidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozim.
4. Oilaviy hayotning jismoniy-gigiyenik sohasi. Bola erkak va ayol jinsidagi inson organizmining o‘ziga xos fiziologik xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; jinsiy munosabatlar borasidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni yoshiga munosib ravishda olish imkoniyatiga ega bo‘lishi; bolada shuningdek, mustahkam gigiyenik ko‘nikmalarni (tanani, jumladan, jinsiy organlarni ozoda saqlash, har kuni kechqurun chayinish) shakllantirishga erishish lozim. Bola o‘zida oliy axloqiy qoidalar, jumladan, odamlar orasida baland ovoz bilan xojatga chiqishi haqida gapirishning, o‘zgalarning oldida yechinib-kiyinishning uyat bo‘lishi borasidagi axloqiy tasavvur va odatlarni shakllantirgan bo‘lishi lozim.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling