Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Hayotiy muhim bo‘lgan vazifalarni


Download 1.06 Mb.
bet179/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195
1. Hayotiy muhim bo‘lgan vazifalarni hal qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Mazkur mezon shaxsning kundalik hayotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan minimal qiyinchilik va muammolarni hal qilish bo‘yicha tasavvur, bilim va ko‘nikmalarning shakllanganligini nazarda tutadi.
1) hissiy qiyinchilik va muammolarni hal qila olish;
2) shaxslararo munosabatlarga kirisha olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar va muammolarni hal qila olish;
3) yuridik shaxs va tashkilotlar: ta’lim muassasalari, tibbiy muassasalar, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa masalalar bo‘yicha kompetent davlat va nodavlat tashkilot hamda idoralar bilan muammolarni hal qila olish;
4) ishga joylashish, mehnat faoliyatida ishtirok etish, ish beruvchi bilan munosabat o‘rnatish ko‘nikmalari;
5) maishiy-xo‘jalik muammolarini hal qila olish;
6) elementar tibbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, ya’ni davolash, birinchi yordam ko‘rsatish va h.z.
2. Kasbga yo‘naltirish ishlari. Kasbga yo‘naltirish muassasa tarbiyalanuvchisida zarur kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirilishini nazarda tutadi.
1) individual psixologik xususiyatlar va imkoniyatlarning erta aniqlanilishi:
- ma’lum bir faoliyat turiga qiziqishi, moyilliklari, qobiliyatlarini birlamchi aniqlash;
- kasbiy tasavvurlar, dunyoqarash,
2) ish faoliyati sohasiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish:
- qiziqish, intilish, tashabbuskorlik, manfaatdorlik tuyg‘usini, ma’suliyat hissini shakllantirish, o‘zini boshqarish va nazorat qilish;
- mustaqil tanlash ko‘nikmalari, o‘ziga ishonch, g‘urur, faoliyatni rejalashtirish;
3) minimal kasbiy amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish:
- bolaning qiziqish va qobiliyatlari bo‘yicha;
- qo‘shimcha kasbiy ta’lim, ya’ni qo‘shimcha hunarlarni egallash (to‘garaklar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, ekskursiyalar) va h.z.;
4) kasbiy o‘zligini belgilashga ongli munosabatni shakllantirish:
- qiziqish, qadriyatlari tizimi va kasbiy faoliyatga nisbatan ongli yo‘nalganligini rivojlantirish;
- muayyan kasb turini tanlaganlik, qo‘shimcha kasb-hunarga egalik;
- muayyan kasb sohasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga zarur bo‘ladigan barcha ma’lumot va amaliy tasavvurlarga ega bo‘la olish va h.z.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling