Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Download 1.06 Mb.
bet182/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   195
1. Biz yashayotgan davlat
- timsollar;
- O‘zbekiston faxri;
- Vatan;
- an’analar;
- hokimiyat organlari tuzilmasi;
- siyosiy partiyalarni bilish;
- mamlakat va jahonda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat.
2. Huquq va majburiyatlar:
1) odamlarga qonunlar nima uchun kerak;
2) huquq va majburiyatlar nima;
3) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, O‘zR Konstitutsiyasi, Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi Qonun va boshqa hujjatlar bilan tanishganlik;
4) fuqarolik huquqlari;
5) jinoyat va jazolar;
6) voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi;
7) xat yozish, kvitansiyalar va blankalarni to‘ldirish;
8) Mehribonlik uyidan chiqishda nimalarni bilish lozim?
9) Muassasa bitiruvchisining huquqlarini himoya qilishda kim yordam berishi mumkin; Mehribonlik uyining bitiruvchisi qiyinchilik paydo bo‘lganida qaerga murojaat qilishi mumkin? Hayotiy muammolarni qanday hal qilish mumkin?
10) Mehribonlik uyining bitiruvchisi qanday imtiyozlarga ega?
11) Mehnat va ma’muriy javobgarlik.
Shuningdek, ijtimoiy ishchi deviant va delikvent xulq-atvor profilaktikasi ishlarini ham olib borishini e’tiborga olsak, bunda asosiy vazifa – muassasa tarbiyalanuvchisida ijtimoiy me’yorlarga rioya qiladigan hamda jamiyatga o‘z ijobiy ulushini qo‘sha oladigan shaxsni shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim. Shu boisdan ham quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
1) Tarbiyasi og‘ishganlikka moyillik va “muammoli” bolalarni aniqlash;
2) Bolalarda huquqiy savodxonlikni shakllantirish;
3) Tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini ularning qiziqishlari, qobiliyat-lari va intilishlarini inobatga olgan holda to‘g‘ri taqsimlash, zarur ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarga (kasb-hunarni egallashga qaratilgan to‘garaklar, qo‘shim-cha ta’limiy/intellektual mashg‘ulotlar) jalb etish. Bunda albattta kasbga yo‘naltirish mezoni uzviyligi ta’minlanishi lozim;
4) Tarbiyalanuvchilarning muassasadagi yoshi kattaroq bolalar, yoshi katta xodimlar, ya’ni ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar (tarbiyachi, pedagog, ma’muriyat xodimlari, rahbariyat) bilan ijobiy shaxslararo munosabat o‘rnatilishi; ma’lum bir avtoritetga nisbatan hissiy mustahkam bog‘langanlikning shakllanganligi;
5) Bolalar mustahkam shaxsining shakllantirilganligi: uning individual psixologik shaxsiy xususiyatlari/ichki resurslari, ya’ni qiziqishi, xarakteri, qobiliyatlari, temperament, dunyoqarash, e’tiqod va shaxsiy mansublikning rivojlantirilganligi va h.z.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling