Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Download 1.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Husayn Voiz Koshifiy
Yaxshiliklar bir xonada jam,
Kamtarlikdir uning kaliti Yomonliklar boshqa xonada Uni ochar manmanlik iti.185 Jomiy mamlakatni boshqarishda din yoki dinsizlikning ahamiyati u qadar katta emas, muhimi, xalqning farovon va erkin yashashini ta’minlashda deb biladi. Shu bois xalqqa zulm qilgan, musulmonman deydigan munofiq va zolim hukmdor-dan adolatli kofir podsho afzaldir, zero aqlu insof bilan hukm yurgizgan hukm-dorgina o‘z mamlakatida ham farovonlikni, ham axloqiylikni ta’minlay oladi. Jomiy axloqiy tarbiya masalasiga ham alohida to‘xtaladi: Xudo bergan ne’matni – inson mohiyatidagi axloqni o‘z vaqtida parvarish qilib borilmasa, kishi fazilat egasi bo‘lolmaydi, tarbiyasi sust odamning axloqi tez so‘nib qolgan olovga o‘xshaydi, boshida axloqiy darajasi past kishi esa tarbiya tufayli qalbi gurillab yonib yuksak axloq egasiga aylanishi mumkin. Temuriylar davri axloqshunosligida Navoiyning nazari tushgan alloma, uning zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning (1440-1505) siymosi alohida diqqatga sazovor. Xondamirning ta’rifiga ko‘ra, u “ma’qul va maxsus ilmlarning barchasidan to‘la naflangan va bahramand bo‘lgan kishi”. Koshifiyning axloqshunoslikka doir eng mashhur asari “Axloqi Muhsiniy”dir. Husayn Boyqaroning o‘g‘li, Marv hokimi shahzoda Muhsin Mirzoga bag‘ishlangan bu kitobda Koshifiy axloqshunoslikning juda ko‘p tushunchalariga sharh beradi, ularni jonli va hayotiy misollar, shuningdek, qadimgi hikoyatlar asosida talqin etadi. U yaxshilik va yomonlik haqida fikr yuritar ekan, yaxshilikni asosan ezgulik ma’nosida tushunadi. Ezgulikning ibtidosini Koshifiy xushxulqlilikda ko‘radi. Insoniy fazilatlarni u tarbiya, bilim, tajriba orqali tarkib topadi deb hisoblaydi. Halollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, insonparvarlik singari axloqiy me’yorlar va tamoyillar ezgulikning poydevori sifatida olib qaraladi. Koshifiy adolat tushunchasiga, ayniqsa, batafsil to‘xtaladi va uni o‘ziga xos sharhlaydi. Mutafakkir adolatni insonning eng yaxshi fazilati, adolatsizlikni esa yomon odamlardagi eng yomon illat tarzida taqdim qiladi. Shuningdek, Koshifiy adolatning ijtimoiylik xususiyatini ham nazardan qochirmaydi: adolat natijasida mulk boqiy, mamlakat boy-badavlat, kentlaru shaharlar obod bo‘ladi. Zulm esa mamlakatni tanazzulga olib keladi. Koshifiyning fikriga ko‘ra, jamiyat tabaqalari bir-biri bilan mustahkam ijtimoiy bog‘liqlikka ega: agar jamiyatda adolat hukm surmasa, zaiflar yo‘qoladi, zaiflarsiz esa zo‘ravonlarning ham bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni adolatsiz tuzumda jamiyat inqirozga uchraydi. Adolat ‒ insoniy jamiyatni baxt-saodatga olib boruvchi yo‘l. Buyuk axloqshunosning burch haqidagi qarashlari ham e’tiborga molik. U burchni Tangri oldidagi o‘z qarzini bajarish, ilohiy mas’uliyat deb tushunadi. Lekin bu mas’uliyat, ayni paytda, muhtojlarga xayr-ehsonni, Yaratgan va banda oldidagi pokizalikni ham o‘z ichiga oladi. Burchni anglab yetish esa faqat bilim (bilish) orqali ro‘y beradi. Shuningdek, Koshifiy an’anaviy sharqona fazilatlarga bafurja to‘xtaladi. Sabr, hayo, afv, saxiylik, rostgo‘ylik, farosat, tavoze singari fazilatlarning mohiyatini ochib beradi, ularni nasriy va she’riy misollar bilan isbotlaydi. Ayni paytda, ularning ziddi bo‘lmish illatlar ham mutafakkirning diqqat markazidan chetda qolmaydi. “Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘zlasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi”, ‒ deb yozadi mutafakkir186. Koshifiy yozadi: “Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasbni obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To‘rtinchidan, moli harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...”187. Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, mad-dohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Gar-chand, “Futuvvatnomai Sultoniy” javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umum-mintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pah-lavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar sulukidir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling