O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishtizimini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoli-yatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-sonli “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbir-korlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-sonli “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida“gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3827-sonli “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-sonli “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori va b.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari shular jumlasidandir.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar xulq-atvorining tahlili natijasida uning quyidagi xususiyatlarga ega ekanligi:
jabrlanuvchiga odamovilik, kamgaplik xos bo‘lib, oila a’zolari va yaqinlari bilan muloqot qilishni istamasligi;
o‘ziga past baho berish, sha’ni, qadr-qimmati kamsitilganligi yuzasidan chu-qur iztirobga berilishi;
qo‘rquv va xavotirdaligi sababli noilojsizlik hissiyotlarini namoyon etishi;
o‘zining tashqi ko‘rinishi, tabiiy ehtiyojlariga beparvo bo‘lib, tez-tez o‘z joni-ga qasd qilish to‘g‘risida fikrlashi yoki o‘z hayotiga suiqasd qilishga harakat qilishi;
ovqat yemasligi yoki haddan ziyod iste’mol qilishi, spirtli ichimliklar, giyoh-vand/zaharvand moddalar iste’mol qilishni xohlashi;
muloqot paytida ko‘zlarini olib qochishi, ko‘z yosh to‘kishi, odamlarga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lishi;
o‘z farzandlariga nisbatan loqayd yoki tajovuzkor munosabatda bo‘lishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |