Temperament reja


Download 12.2 Kb.
bet1/5
Sana10.02.2023
Hajmi12.2 Kb.
#1184432
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Temperament

TEMPERAMENT

REJA:


1. Temperament haqida tushuncha.
2. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament.
3. Temperament xususiyatlari.
4. Temperament tiplari.
5. Faoliyatning individual uslubi va temperament.
6. Temperamentni tarbiyalash.

MAVZU YUZASIDAN TAYANCH TUSHUNCHALAR:


Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan tushuncha bo`lib, kamgaplik, odamovilik, boshqalarga e`tiborsizlik, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo`llaniladi.
Melanholik - temperament tipi, tez ta`sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida, chuqur qayg`uradigan kishilar.
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi, harakatchanligi, muvozanati) barqaror yig`indisi.
Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o`zgarishga moyil, muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.
Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig`indisi.
Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari kuchsiz ifodalanadigan, barqaror, sekin harakat qiladigan kishilar.
Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o`zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.

1. TEMPERAMENT HAQIDA TUSHUNCHA


Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:
1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.

Download 12.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling