Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Download 0.71 Mb.
bet70/104
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1533885
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104
Bog'liq
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

3 ming nafar mahalliy olimlar uchun Springer Nature ilmiy axborotlar resurs bazasiga ulangan 100 ta mahalliy tashkilot hamda Elsevier kompaniyasining Clinical Key elektron portalidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.
Springer Nature kompaniyasining 300 ming AQSh dollariga teng elektron resurslaridan 1 yil bepul foydalanish imkoniyati 100 ta oliy ta’lim va ilmiy tashkilot institutlariga taqdim etildi. Joriy yil
16 yanvar kuni kompaniya vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi. Hozirda doimiy ravishda onlayn vebinarlar o’tkazilmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro ilmiy nashriyot John Wiley & Sons, Inc. o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. Ilmiy tashkilotlar uchun joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Wiley axborot resurslariga sinov muddatli ulanishni ta’minlash to’g’risida kelishuvlarga erishildi.
Surxondaryo viloyatida uzumchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida moliyalashtirish maqsadida qiymati 3,0 mlrd.so’m bo’lgan ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilindi.
13. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishiga asosan ilk marotaba respublikaning har bir hududida hududning ilmiy va innovasion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan respublika miqyosidagi anjumanlarni tashkil etish amaliyoti joriy etildi. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Buxoro va Samarqand viloyatlarida ilmiy-anjuman tashkil etildi.
6 ta OTM (Qoraqalpoq tibbiyot instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti, Farg’ona politexnika instituti)larga ilmiy ishlar va innovasiyalar buyicha prorektor o’rnatilgan tartibda lavozimga tayinlandi.
2020 yil 25 martda Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Doktorantlarning ilmiy rahbar va maslahatchilarini xorijiy yetakchi universitetlar va ilmiy markazlardan tayinlash amaliyotini kengaytirish chora-tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi.
Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kesimida tayanch doktorantura va doktorantura samaradorligini oshirishning 2020-2023 yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida" 2020 yil 3 apreldagi 6-sonli qo’shma-qarori qabul qilindi.
Surxondaryo viloyati oliy ta’lim muassasalarining 2021 yil uchun maqsadli doktoranturaga jami 63 ta kvotaga ehtiyoji, shuningdek, 78 nafar stajyor-tadqiqotchilikka, 114 nafar tayanch doktoranturaga40 nafar doktoranturaga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.
Ilg’or texnologiyalar markazi laboratoriyasida OTM talabalarining bitiruv malakaviy ishlari (30 talaba) va magistrlik dissertasiyalari (23) bajarildi. Doktorantlarning ilmiy izlanishlari bepul o’tkazish uchun sharoitlar yaratildi.
Yozgi ta’til davrida zamonaviy usullarni o’zlashtirish maqsadida birinchi uch yilllik bakalavr-talabalar uchun ITMning barcha yo’nalishlari bo’yicha tematik maktab-seminarlar o’tkaziladi.
Oliy o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021 yil uchun ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj yuborildi. Unga ko’ra Oliy ta’lim vazirligidan jami 2172 nafar o’ringa doktoranturaga qabul kvota ajratishga taklif kelib tushgan.
Moliya vazirligi tomonidan kelgan kvota bo’yicha takliflar asosida Oliy ta’lim vazirligi tasarrufida ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga 2021 yil uchun ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashga jami 1 015 nafar o’ringa qabul kvotasi taqsimlandi.
Ilmiy darajaga ega xodimlarga qo’shimcha haq belgilash tizimini samarali muvofiqlashtirish, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash hamda davlat byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish uchun buyurtmanomani to’g’ri va tezkor shakllantirilishini ta’minlash maqsadida ustama.mininnovation.uz maxsus elektron platforma ishlab chiqildi hamda joriy yil 1 oktyabr sanasidan test rejimida faoliyatini boshladi.
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektorlarning hisobotlarini qabul qilish tartibi, faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga ilmiy-innovasion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirishga uslubiy yordam ko’rsatish hamda ular faoliyatini natijadorligini baholab borishning iprorektor.uz avtomatik tizimi ishlab chiqildi hamda joriy yil 1 oktyabr sanasidan test rejimida ishlay boshladi.
Vazirlik tomonidan ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlari rahbarlari uchun bugungi kunga qadar 12 ta seminar-treninglar tashkil etildi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling