Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish
Yosh avlodlarda innovasion taffakkurni rivojlantirish va yosh olimlar malakasini oshirish borasida
Download 0.71 Mb.
|
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar akademiyasi
- 230 nafar
- 1 173,7 ming AQSh dollari
- “Covid-19 Challenge 2020”
- “Technoways”
- 210 mln.so’m
5. Yosh avlodlarda innovasion taffakkurni rivojlantirish va yosh olimlar malakasini oshirish borasida
2020-2023 yillarda Respublikamizning 13 ta hududida bosqichma-bosqich “Yoshlar texnoparki”ni tashkil etish belgilandi. Shuningdek, Navoiy va Buxoro, Samarqand viloyatlarida faol yoshlar ishtirokida Yoshlar akademiyasining uchrashuvlari o’tkazildi. Vazirlik huzurida Yoshlar akademiyasi a’zolari soni 1500 nafarga yetdi. 2020 yilga eng yaxshi 20 ta “Startap loyihalar” tanlovi e’lon qilindi. Respublikamiz viloyatlarida 15 nafar liderlar tanlab olindi, 40 ta tadbir o’tkazildi, Jamg’armaga 3,8 mlrd. so’m mablag’lar shakllantirildi, 83 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Yoshlar akademiyasining 200 nafarga yaqin a’zolarining iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish bo’yicha mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan. Koronavirus pandemiyasi sharoitida yoshlarni bilim olish ko’nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni robototexnikaga qiziqtirish maqsadida vazirlik va “Transformers education” o’quv markazi hamkorligida Onlayn bepul robototexnika kurslari tashkil etildi. Hozirda onlayn kurslarning telegram guruhida respublikamizning 523 nafarga yaqin o’quvchi yoshlari elektron darslarga a’zo bo’lishdi. Shu bilan birga, robototexnika sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun “Techday” seminar-trening o’tkazildi va unda respublikaning barcha hududlaridan jami 200 nafar yosh ishtirokchilar qatnashdi. Yosh olimlarni yetakchi xorijiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish maqsadida 2020 yilning birinchi yarim yilligida 5 ta tanlov e’lon qilindi va natijalari ko’ra vazirlik va idoralardan tavsiya etilgan 488 nafar nomzodlar ro’yxati shakllantirildi. Shundan, 52 nafari ekspertlar tomonidan ma’qullandi, 27 nafar nomzodlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish rad etildi, 409 nafar nomzodlar saralash tanlovlari davom etmoqda. Vazirlik tomonidan e’lon qilingan maqsadli tanlovlar bo’yicha jami 230 nafar nomzodlar ro’yxati shakllantirildi. Ushbu nomzodlarning 119 nafari Rossiya Fanlar Akademiyasi va Innovasiya vazirligi o’rtasidagi kelishuvga asosan, 51 nafari fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Belarus kelishuviga asosan tanlab olindi. Shuningdek, vazirlikning geologiya ilm-fanini rivojlantirish yuzasidan e’lon qilgan tanlov bo’yicha 60 nafar nomzodlar ro’yxati shakllantirildi va ekspertlar tomonidan nomzodlar saralanmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm, Surxondaryo viloyatlariga tashrifi davomida va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga asosan Xorazm Ma’mun akademiyasi, Surxondaryo OTMlari va Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazining 67 nafar ilmiy xodimini qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish bo’yicha ro’yxat shakllantirildi. Innovasiya vazirining hududlarga (Sirdaryo, Andijon va Xorazm viloyatlari) tashriflari doirasida sayyor uchrashuvlar yuzasidan 20 nafar nomzodlar ro’yxati shakllantirildi. Hozirgi kunda, mazkur nomzodlar bo’yicha ma’lumot (hujjat)lar umumlashtirilmoqda. Qisqa muddatli stajirovkalar bilan bog’liq harajatlarga vazirlik jamg’armasidan 1 173,7 ming AQSh dollari yo’naltiriladi. Ilg’or texnologiyalar Markazi bazasida 4 ta yosh olimlar ilmiy loyihalari amalga oshirildi. Bundan tashqari, ITM bazasida 1-3 kurs talabalari uchun yozgi maktablar o’tkazish, yozgi ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etish, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalarning tajriba qismini bajarishga ko’maklashish amaliyoti joriy etildi. Curiosity Maker Space&Maker Space Almaty tomonidan interfaol vorkshoplar (master-klasslar) sessiyasi o’tkazildi, shu jumladan Arduino asoslari, elektronika va platalar bilan ishlari bo’yicha jami 42 ta, shu jumladan, 10 yoshdan 20 nafar maktab o’quvchilari, 14 yoshdan katta va 15-18 yoshdagi 15 ta maktab o’quvchilari ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida Innovasion rivojlanish vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2020 yilning aprel-may oylarida uch bosqichli “Covid-19 Challenge 2020” innovasion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlov 6 ta yo’nalishda tashkil etilib, unga 600 dan ortiq loyihalar qabul qilindi. Maxsus komissiya tomonidan tanlovning yakuniy bosqichida 6 ta eng istiqbolli loyihalar tanlab olinib, har biriga qaytarilmaslik sharti bilan 100 mln so’m grant mablag’lari ajratildi. 2020 yilning 17 sentyabr kuni o’quvchi, talabalar, tadqiqotchilar hamda ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni innovasiya, startap, texnologiya, dasturlash bo’yicha bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni start oldi. Marafonda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalar soni 500 tani tashkil etib, shulardan 50 nafar ishtirokchi saralab olindi. Respublikamizning chekka hududlarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun muhim bo’lgan sohalarga qiziquvchi yoshlarga ushbu yo’nalishlar bo’yicha ta’lim berishga mo’ljallangan “TexnoBus” texnologik mobil ta’lim platformasining konsepsiyasi, jihozlar ro’yxati va o’quv dasturlari ishlab chiqildi hamda 30 iyun – Yoshlar kunida start berildi. Hozirgi kunga qadar “TexnoBus” platformasi Ohangaron shahri, Olmazor, Qibray va Sardoba tumaniga tashrif buyurib, ushbu hududlardagi iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, yoshlarni kreativ fikrlashga o’rgatish hamda iqtidorli yoshlarni rag’batlantirish maqsadida Innovasiya vazirligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda umumiy mukofot jamg’armasi 210 mln.so’m bo’lgan “Yoshlar ilm-fan uchun!” kreativ videoroliklar tanlovi tashkil etildi. Tanlov doirasida qabul qilingan 1 400 ta videoroliklardan “Buyuk ajdodlar merosi” nominasiyasi bo’yicha 109 ta, “Eng yaxshi animasion rolik” nominasiyasi bo’yicha 51 ta, “Zamonaviy texnologiyalar” nominasiyasi bo’yicha 47 ta videorolik saralab olindi. Har bir yo’nalish bo’yicha 5 nafardan g’olib tanlab olindi va esdalik sovg’alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g’oliblar Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling