Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


 Ijtimoiy soha, shu jumladan sog’liqni saqlash va ta’lim tizimiga innovasion texnologiyalarni keng jalb qilish bo’yicha


Download 0.71 Mb.
bet61/104
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1533885
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Bog'liq
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

6. Ijtimoiy soha, shu jumladan sog’liqni saqlash va ta’lim tizimiga innovasion texnologiyalarni keng jalb qilish bo’yicha
Surxondaryo viloyati davlat tashkilotlari, tadbirkorlar va OTMlar uchun “Innovasion menejment” seminar-treningining o’quv dasturi ishlab chiqildi. O’quv dasturi Surxondaryo viloyati xokimligi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan kelishildi. 2020 yilning 8-9 oktyabr kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasi, Surxondaryo viloyati xokimligi bilan hamkorlikda “innovasion menejment” o’quv kurslari o’tkazildi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyatidagi 400 ga yaqin Oliy ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etishdi.
BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida vazirlik yangi binosida “Innovasiyalar va boshqaruvda yechimlar Laboratoriyasi” xonasi tashkil etildi. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan mazkur Laboratoriya xonasini ta’mirlash va jihozlash ishlariga 70 ming AQSh dollarga yaqin mablag’ yo’naltirildi.
Xitoy Fanlar akademiyasidan 2020 yilning 9 aprel kuni maxsus reys orqali COVID-19 koronavirusiga chalingan bemorlarni davolash va profilaktika qilishda ishlatish uchun insonparvarlik yuki qabul qilib olindi. Bunda Xitoydan keltirilgan 20 ming qadoq “FenLe” dori vositasi va 30 ming qadoq o’tkir respirator kasalliklarga qarshi dori vositalari bemorlarni davolash uchun yetkazib berildi.
Xalqaro standartlarga muvofiq yangi turdagi oksigenasiya niqobi va unga moslashtirilgan “Venturi” klapanining mahalliylashtirilgan prototiplari yaratildi. Ushbu niqob va klapan shu kunga qadar O’zbekistonda ishlab chiqarilmagan, jahon bozorlarida ham unga bo’lgan talab ayniqsa hozir juda yuqoridir.
Mahalliy olimlarimiz tomonidan yaratilgan “Rutan” dori vositasi Xitoy ilmiy tekshirish institutlarining laboratoriyalaridan o’tkazildi va gripp virusini 78,3 foizga pasaytirishini ko’rsatdi. 2020 yil 9 iyunda 19 500 dona «Rutan» dori vositasi Sog’liqni saqlash vazirligiga beg’araz taqdim etildi.
Mahalliy olimlarimiz tomonidan yaratilgan virusga qarshi faollikka ega 30 ta yangi biologik faol birikmalar Xitoyda COVID-19 virusiga ta’siri sinovdan o’tkazib kelindi. Bu esa tez mutasiyaga uchrovchi koronavirusga qarshi samarali dori vositalarini yaratish uchun “preparatlar arsenali”ni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xitoyning Xalqaro ilm-fan birlashmasi hamkorligida “Real-time PCR system” koronavirus infeksiyasini aniqlash mobil uskunasi va unga 1400 ta test tizimi beg’araz yordam sifatida keltirildi.
Ilg’or texnologiyalar markazida koronavirus infeksiyasiga chalinganlikni aniqlash bo’yicha test o’tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli o’zlashtirildi. Buning uchun Markazda SARS-Cov-2 virusini aniqlash bo’yicha maxsus laboratoriya tashkil etildi. Markaz tadqiqotchilari birinchi marta O’zbekistonda keng tarqalgan koronavirus genomining genetik ketma-ketligini o’rganib, xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritdilar. Koronavirusni aniqlash uchun 2830 ta test o’tkazildi.
Sog’liqni saqlash vazirligidan vaqtincha farmakopeya maqolasi uchun ro’yxatdan o’tganlik guvohnomasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Test tizimi Farmasevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligida rasmiy ravishda ro’yxatdan o’tkazildi (2020 yil 7 maydagi № TB/IVI 00395/05/2CYu ro’yxatga olish guvohnomasi). To’plamlarning birinchi partiyasi ishlab chiqarildi (500 to’plam). Hozirda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ro’yxatga olish davom etmoqda.
Markaz tomonidan koronavirusga qarshi genetik jihatdan yaratilgan vaksinani yaratish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Kindik qon hujayralarini kriokonservlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan bo’lib, uni transplantologiya va regenerativ tibbiyotda qo’llash imkoniyati mavjud, o’zak hujayralari banki yaratilmoqda. Inson terisidagi turli nuqsonlarni davolash va tiklash uchun to’qima-muhandislik inshootlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda.
COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun joriy yil may oyiga qadar 200 ming AQSh dollar qiymatida o’pkani sun’iy nafas oldirish uskunasi, mobil biokamera, bioboks va boshqa tibbiy uskuna hamda preparatlar beg’araz foydalanish uchun topshiriladi. Buning uchun “The Coca Cola Foundation” kompaniyasi bilan donorlik mablag’lari ajratish va BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) O’zbekistondagi vakolatxonasi orqali zarur uskunalar yetkazildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “DMC klinikasi”ning filiali tashkil etildi, unga 200,0 ming AQSh dollari investisiya kiritildi. Mazkur klinikada 5000 nafar bemor davolanishi, 800 nafar bemorda jarrohlik amaliyotini amalga oshirish va 18 nafar mutaxassislarni ish bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi.
Yurtimizda birinchi marta Qoraqalpog’istonning Mo’ynoq tumanida telemedisinaga asoslangan “Muynoq telemedicine clinic” zamonaviy innovasion klinikasi tashkil etildi. Innovasion telemedisina klinikasi barpo etishga 2,3 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirildi va 12 ta yangi ish joyi yaratildi. Klinika AQShning ilg’or kompaniyalari asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Natijada tumandagi 35 000 aholi va qo’shni tumanlardagi aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda telemedisinaga asoslangan ilk innovasion klinikada bemorlarni masofadan turib davolash va tashxis qo’yish imkoniyati yaratildi.
Xalqaro molekulyar allergologiya markazida 282 dan ortiq allergenlarni DNK-chip texnologiyasi yordamida tahlil qilish tizimi yo’lga qo’yildi. Allergenlarni aerobiologik monitoring tizimi texnologiyasining transferi amalga oshirildi.
“Anatomik atamalar elektron lug’ati” mobil ilovasi yaratilib, 10 dan ortiq oliy tibbiy ta’lim muassasalarining 20 mingdan ortiq talabalariga qo’llanma sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi.
2020 yil 18 fevral kuni Sog’liqni saqlash vazirligi, va “Dentals Pharma” hamkorligida 100 mln. so’m miqdoridagi stomatologik mahsulotlar beg’araz taqdim etildi. Beg’araz yordam miqdori 2020 yil yakuniga ko’ra 500 mln so’mgacha oshiriladi.
“Medical Manufacture Center” MChJ QK tashkil etildi. Korxona Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib O’zbekistonda 10 turdagi innovasion tibbiy buyumlar va implantlarni ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. Korxonaga 5,5 mlrd. so’mlik investisiya kiritildi.
Nukus shahrida Davlat-xususiy sherikchilik asosida Nukus startap-innovasiya markazi tashkil etildi va uni barpo etishga “Startap innovation Company” MChJ tomonidan 1,18 mlrd. so’m investisiya kiritildi. Markazda “Coworking”, robototexnikaga va xorijiy tillarni o’rgatish yo’nalishlari tashkil etildi va uskunalar bilan jihozlandi, 10 ta ish o’rni yaratildi.
Shuningdek, Vazirlik tomonidan COVID-19ga chalingan bemor bilan oxirgi 14 kun ichida aloqada bo’lgan shaxslarni tezkor aniqlash va karantinga olishni samarali tashkil etish uchun “Birga Yengamiz” mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Innovasiya vazirligi, Avtomobil yo’llar ilmiy tadqiqot instituti, “Mahalla yo`llari-xizmati-KP” MChJ, “Eko sintez sistem” QK o’zaro hamkorlikda Toshkent shahri Sergeli tumanining 1 km avtomobil yo’lini modifikasiyalangan seroasfaltbeton yotqizib, tajriba sinov o’tkazildi.
Innovasiya vazirligi “NazzAR” qo’shimcha reallik dasturining onlayn namoyishi o’tkazildi. AKT vazirligi, “O’zipaksanoat” uyushmasi va hususiy sektor bilan kelishgan holda gilamchilik tarixi va to’qish jarayonlarini o’z ichiga olgan ma’lumotlar ushbu dasturga joylashtirildi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling